Tavsif
Dasturchilar uchun mentorlik oʻtiladigan xalqaro dastur — GSoC 2026 (Google Summer Code) taqdim etiladi.
Dastur soha boʻyicha haqiqiy tajriba orttirish va yangi koʻnikmalarni rivojlantirish uchun noyob imkoniyat beradi. Dastur davomida ishtirokchilar mentorlar rahbarligida kod yozadilar va loyiha ustida ishlaydilar.
Xalqaro dasturning asosiy maqsadlari:
- Yangi dasturchilarni loyihalarda qatnashishga ragʻbatlantirish;
- Yangi dasturchilarni topish va ularni jalb qilish;
- Dasturiy taʼminot ishlab chiqarishni koʻpaytirish;
- Yangi dasturchilarni haqiqiy tajribaga oʻrgatish.
Dasturga 2026-yil 25-may kuni start beriladi va toʻliq onlayn shaklda oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun: Google Summer of Code (GSoC) — bu global va onlayn dastur boʻlib, maqsadi yangi ishtirokchilarni ochiq kodli dasturiy taʼminot ishlab chiqishga jalb qilishdir. Ushbu dastur davomida ishtirokchilar tashkilot bilan mentorlar rahbarligi ostida 12 haftalik yoki undan ortiq muddatdagi dasturlash loyihasi ustida ishlaydi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.