Tavsif
Gates Cambridge Scholarship — Geyts Kembrij stipendiya dasturi har yili Buyuk Britaniyadan tashqari barcha mamlakat fuqarolaridan 80 kishi uchun xarajatlari toʻliq qoplanuvchi stipendiya dasturini taklif etadi. Ushbu kvotaning taxminan, ⅔ qismi PhD talabalari uchun boʻladi. Stipendiya dasturida AQShdan 25 ta va qolgan barcha davlatlardan 55 kishi uchun oʻrin moʻljallangan,
Tanlov mezonlari quyidagilardan iborat:
- Yuqor intellektual salohiyat;
- Kurs tanlovidagi sabablarning asosli ekanligi;
- Oʻzgalarning hayotini yaxshilash hissi;
- Yetakchilik salohiyati.
Dasturning maqsadi dunyo boʻylab oʻzgalarning hayotini yaxshilashga intiluvchan hamda yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlgan shaxslarni bir nuqtaga toʻplashdan iborat.
Kembrij universitetida quyidagi kurslardan birini oʻtash uchun ariza berish mumkin:
- PhD (full-time yoki part-time)
- Mlitt — The Master of Letters — Ixtisoslashgan magistratura (full-time)
- Bir yillik magistratura (full-time)
Eslatma: Ushbu havola orqali berilgan kurslar uchun stipendiya ajratilmaydi.
Dastur stipendiyaga tayinlangan nomzodning xarajatlarini toʻliq qoplaydi hamda zarur boʻlgan taqdirda qoʻshimcha yordam mablagʻi ham ajratiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.