Fotograf va talabalar uchun Canon Student Development dasturi. Mukofotlar — yirik pul, Canon firmasi mahsulotlari hamda sayohat

Fotograf va talabalar uchun Canon Student Development dasturi. Mukofotlar — yirik pul, Canon firmasi mahsulotlari hamda sayohat

  • 12/02/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Yevropa Davlat
  • 08/03/2024 04:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Canon kompaniyasi oʻzining Canon Student Development dasturini eʼlon qiladi.

Ushbu dasturda 18 yoshdan katta boʻlgan, 2023-2024 oʻquv yilida taʼlim dasturini boshlagan yoki tamomlagan hamda agentlik/jurnallarda amaliyot oʻtayotgan shaxslar qatnashishi mumkin.

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar oʻzlarining maksimal 20 ta fotosuratdan iborat boʻlgan portfoliolarini hamda ushbu portfolio tavsifnomasini topshirishlari lozim. Surʼatlar hikoyaviy yoʻnalishda boʻlishi kerak.

Tadqiqot ishi uch modulda olib borilib, birinchi modulda 100 nafar ishtirokchi saralab olinadi va 3 ta seminarda bepul qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi. Seminarlar onlayn olib boriladi. Ikkinchi modulda 25 nafar ishtirokchilar saralab olinadi va Fransiyaning Perpignan shahrida boʻlib oʻtadigan 5 kunlik seminarida qatnashadi. Uchinchi modulda 3 nafar nomzod saralab olinadi va 2000 yevro pul mukofoti hamda Canon mahsuloti bilan taqdirlanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Ishtirokchi 2024-yilning 7-martiga qadar 18 yosh va undan katta boʻlishi lozim;
  • Nomzod 2023-2024-oʻquv yilida taʼlim dasturini boshlagan yoki o'qiyotgan, tamomlagan boʻlishi yoki shu muddat ichida agentlik/jurnallarda amaliyot oʻtayotgan boʻlishi kerak. Fotografiya sanoati mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan nomzodlar ham ushbu tadqiqotda qatnashishlari mumkin;
  • Nomzod dastur tomonidan belgilangan roʻyxatdagi davlat fuqarosi boʻlishi lozim (Oʻzbekiston bu roʻyxatda bor);
  • Dasturda qatnashish uchun nomzodning pasport/ID nusxasi va malakaviy kurs/stajirovka/agentlik boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjati tashkilot tomonidan soʻralishi mumkin. Shuningdek, fotografiya sohasi mutaxassislari tavsiyasi boʻyicha dasturga topshirganlar uchun maʼqullovchining tavsiyanomasini soʻrash orqali nomzodning dasturga muvofiqligi tekshiriladi;
  • Tashkilotchining xodimlari, uning shoʻba kompaniyalari, ularning oila aʼzolari, agentlari va ushbu dastur hamda homiylik bilan bevosita aloqador boʻlgan boshqa shaxslar dasturda ishtirok etishlari mumkin emas;
  • Dasturda qatnashish uchun til sertifikati soʻralmaydi. Ammo tadqiqot ingliz tilida boʻlganligi sababli, ishtirokchilardan ingliz tilini yaxshi bilishlari talab qilinadi.

Portfolioga qoʻyilgan talablar:

  • Ishtirokchilar bitta hikoya haqida koʻpi bilan yigirma (20) ta fotosurat;
  • Oʻz loyihasining 200 yoki undan kam soʻzdan iborat tavsifi;
  • Bio va rasm sarlavhalari bilan birga portfelini taqdim etishlari kerak.
  • Rasm fayllari JPEGS, maksimal 1500 DPI, 2000 piksel boʻlishi kerak.
  • Barcha fotosuratlar original va ishtirokchi tomonidan olingan boʻlishi kerak;
  • Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan fotosuratlarda noqonuniy deb topilishi mumkin boʻlgan yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini, shu jumladan intellektual mulk, maʼnaviy yoki shaxsiy daxlsizlik huquqlarini buzadigan hech narsa boʻlmasligi kerak.

Bundan tashqari nomzodlardan quyidagi qoʻshimcha tasdiqlovchi hujjatlar ham soʻralishi mumkin:

  • Dasturda qatnashish uchun motivatsiya bayonoti;
  • Oʻqituvchi/maktab/agentlik/jurnal/sanoat mutaxassisidan tavsiyanoma;
  • Toʻliq boʻlmagan, oʻqib boʻlmaydigan yoki yuqoridagi talablarga javob bermaydigan arizalar dasturdan chetlashtiriladi.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:

  • Birinchi modul boʻyicha 100 nafar qatnashchilar qabul qilinadi. Ushbu ishtirokchilar oʻz portfelini qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish uchun 22-31-aрrel kunlari orasida professional murabbiy bilan hamkorlik qiladi. Har bir ishtirokchi davomiyligi bir soatgacha boʻlgan 3 ta seminarda qatnashish huquqiga ega boʻladi. Barcha mashgʻulotlar virtual tarzda oʻtkaziladi;
  • Ikkinchi modulga iyul oyida 100 nafar ishtirokchi orasidan 30 nafari Visa pour lʼimage festivalining 2024-yilgi nashri oldidan 2024-yil 31-avgust 4-sentyabr kunlari Fransiyaning Perpignan shahrida boʻlib oʻtadigan 5 kunlik seminarida qatnashish uchun tanlab olinadi. Seminarlar davomida ishtirokchilar maxsus maʼruzalarda, guruh portfoliolarini koʻrib chiqishda, amaliy mashgʻulotlarda qatnashadilar. Koʻrgazmalarga kirishadi hamda Tasvir va Media sanoati — Imaging and Media industry vakillari bilan tarmoq imkoniyatlaridan foydalanadilar;
  • Uchinchi modulda 3 nafar ishtirokchi sentyabr oyida tanlab оlinib, ushbu modul qatnashchilariga 2 ming yevro pul mukofoti hamda Canon mahsuloti beriladi;
  • Barcha ishtirokchilar tegishli mahalliy Canon tashkiloti bilan tanishadilar;
  • Ikkinchi modul qatnashchilarining sayohat, oziq-ovqat, turar-joy hamda sugʻurta xarajatlari tashkilot tomonidan toʻliq qoplanadi;
  • Qatnashchilarning viza xarajatlari oʻzlari tomonidan qoplanishi lozim.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashish bepul. Ishtirok etish uchun nomzodlar oʻz portfoliolarini belgilangan muddat ichida ushbu havola orqali joʻnatishlari mumkin.

Toʻliq boʻlmagan yoki nomuvofiq portfoliolar dasturdan chetlatiladi.

Dasturga qabul qilingan nomzodlardan 29-martdan 7-aрrel oraligʻida quyidagi hujjatlarni joʻnatishlari soʻraladi:

  • Dasturga qabul qilinganlik tasdiqnomasi;
  • Pasport/ID karta nusxasi;
  • 2023-2024-yillarda universitetda oʻqiyotganlik haqida talabalik yoki agentlik/jurnallarda amaliyot oʻtayotganligi haqida guvohnoma nusxasi.

Ushbu hujjatlarni berilgan muddat ichida topshirmagan ishtirokchilar dasturdan chetlashtiriladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dasturga qabulning soʻngi muddati 2024-yil 8-mart, 04:59

Ushbu yilning 29-martiga qadar birinchi modulga qabul qilingan ishtirokchilar eʼlon qilinishi koʻzda tutilgan.

Yevropa
Fotograf va talabalar uchun Canon Student Development dasturi. Mukofotlar — yirik pul, Canon firmasi mahsulotlari hamda sayohat

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar