2024-yil Parijda oʻtkaziladigan yozgi Olimpiya oʻyinlarida volontyorlik

2024-yil Parijda oʻtkaziladigan yozgi Olimpiya oʻyinlarida volontyorlik

  • 22/03/2023 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Fransiya Davlat
  • 03.05.2023 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Fransuz tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Fransiya, Parijda oʻtkaziladigan 2024-yil yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun butun dunyodan volontyorlar qabul qilinmoqda. Volontyorlik dasturiga 2023-yil 3-mayga qadar onlayn ravishda ariza berilishi lozim.

Volontyorlar 18 yoshdan katta boʻlishi, fransuz va/yoki ingliz tillarida muloqot qila olishi va belgilangan vaqt davomida tadbirda ishtirok eta olishi lozim.

Qabul qilingan volontyorlar 2024-yil 2-choragidan boshlab, onlayn trening dasturlarida va keyinchalik amaliy tayyorgarliklarda ishtirok etadi.

Volontyorlar arizada bergan maʼlumotlariga qarab turli rol va lavozimlarga tayinlanadi. 

Tadbir nizomi orqali volontyorlik lavozimlari, rollari va vazifalari haqida batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Maqbullik shartlari

Volontyorlarga qoʻyiladigan talablar:

  • 2024-yil 1-yanvar holatida 18 yoshga toʻlgan boʻlishi;
  • Fransuz va/yoki ingliz tillarida muloqot qila olishi kerak; 
  • Athletes Village ochilishidan kamida 10 kun va Paralimpiya oʻyinlari tugaganidan keyin ikki kun davomida volontyor sifatida ishtirok eta olishi lozim.

Dastur talablari va shartlari bilan batafsil tadbir nizomi orqali tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturda ishtirok etishning imtiyozli jihatlari:

  • Oʻyinlarning oʻziga xos muhitini his qilish;
  • Xalqaro darajadagi tadbirda ishlash orqali jamoada ishlash va muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirish;
  • Turli mamlakatlardan boʻlgan insonlar bilan tanishish va ular bilan birga ishlash imkoniyati;
  • Shuningdek, volontyorlar butun dunyodan ishtirok etuvchi sportchilar va tomoshabinlarni birinchi boʻlib qarshi oluvchilar hisoblanadi va tadbir davomida hamrohlik qiladilar.

Hujjat topshirish

Volontyorlik dasturida ishtirok etish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish va ariza berish lozim. 

Onlayn arizada quyidagi maʼlumotlar soʻraladi:

  1. Ayrim shaxsiy maʼlumotlar;
  2. Nomzodning qanday koʻnikmalarga egaligi, qanday vazifalarni bajara olishi, qanday lavozimda volontyorlik qilishi boʻyicha maʼlumotlar.

Saralangan volontyorlar unga mos deb topilgan rol va lavozimga qarab intervyu qilinishi va til bilish darajasini tekshiruvchi testdan oʻtkazilishi mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Tez-tez soʻraladigan savollar boʻlimi — FAQs.
  • Natijalar 2023-yil kuzda eʼlon qilinadi.
Fransiya
2024-yil Parijda oʻtkaziladigan yozgi Olimpiya oʻyinlarida volontyorlik

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar