AQShning Kolumbiya universitetida bir yil davomida tadqiqot oʻtash imkoniyatini taqdim etuvchi Obama Foundation Scholars Program dasturi. Barcha xarajatlar toʻliq moliyalashtiriladi

AQShning Kolumbiya universitetida bir yil davomida tadqiqot oʻtash imkoniyatini taqdim etuvchi Obama Foundation Scholars Program dasturi. Barcha xarajatlar toʻliq moliyalashtiriladi

  • 11/11/2021 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 23/12/2021 03:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (magistr), Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan
  • IELTS talabi
    minimum 7

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

AQShning eng nufuzli universitetlaridan biri Kolumbiya universiteti tomonidan Obama Foundation Scholars Program dasturi tashkil etilgan boʻlib, bunda oʻz sohasi rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan, ijtimoiy va akademik jihatdan faol boʻlgan barcha yetakchilar ishtirok etishi mumkin.

Dasturga qabul qilingan nomzodlar bir yil davomida Nyu-York shahrida joylashgan Kolumbiya universitetida tadqiqot olib borish oʻz bilim va tajribalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Tadqiqotchilar Obama jamgʻarmasi bilan kelishgan holda Kolumbiya universiteti tomonidan ishlab chiqilgan akademik, koʻnikmalarga asoslangan va tajribaviy taʼlimni birlashtirgan immersiv dasturda ishtirok etadilar.

Shu bilan birga, ishtirokchilar Nyu-Yorkda yashash uchun bepul turar joy va oylik stipendiya bilan taʼminlanadi. Safar va sugʻurta xarajatlari tashkilot tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.

Dasturning avvali mavsumlarida ishtirok etgan tadqiqotchilar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod oʻz sohasi rivojiga katta hissa qoʻshgan yetakchilardan biri boʻlishi lozim;
  • Jamiyatda, mintaqa yoki mamlakatda xizmat koʻrsatish va yetakchilik qilish boʻyicha tasdiqlangan majburiyatlarga ega boʻlishi, shuningdek, dasturni tugatgandan soʻng ushbu jamoalarga qaytishi va ushbu jamoaga oʻrgangan tajribalarini joriy etishi kerak;
  • Ingliz tilida ravon soʻzlash va yozish qobiliyatiga ega boʻlishi shart;
  • Oʻz jamiyatining kelajagini rivojlantirishga harakat qilishi, xalqparvarlik, umid, jasorat, kuchli tasavvur, strategiya, masʼuliyat, halollik va qatʼiyatlilik kabi sifatlarni oʻzida namoyon eta olishi kerak.

Tanlov shartlari haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • AQShga borish-kelish va dastur davomidagi safar xarajatlari toʻliq qoplanadi;
  • Nyu-Yorkda yashash xarajatlari uchun oylik stipendiyaga ega boʻladi;
  • Kolumbiya universitetiga piyoda borish mumkin boʻlgan masofada yashi jihozlangan turar joy bilan taʼminlanadi;
  • Kolumbiya universitetining 4 tagacha kursida bepul ishtirok etish imkoniyati beriladi;
  • Dasturning davomida asosiy tibbiy, stomatologik va hayot sugʻurtasi xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi.

Muhim! Dasturda nomzodning yaqin oila aʼzolari hamrohlik qilishlari mumkin, ammo dastur yaqin qarindoshlarning xarajatlarini moliyalashtirmaydi.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish va kerakli hujjatlarni taqdim etish lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • CV/Rezyume;
  • Personal video statement, yaʼni qisqa shaxsiy video bayonot. Shaxsiy videobayonot nomzodni va uning ishini tanlov komissiyasiga tanishtiruvchi qisqa video (uzunligi uch daqiqadan koʻp boʻlmagan) boʻlishi kerak. Ariza beruvchilar oʻz videobayonotlarini YouTube yoki Vimeo kabi videoxosting xizmatiga yuklaydi va onlayn ilovaga oʻz videosiga havolani qoʻshadi. Shaxsiy video bayonotga qoʻyiladigan talablar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotni onlayn arizada topishingiz mumkin.
  • Qisqa insholar. Qisqa insho savollari tanlov komissiyasiga nomzodning ishi, uning motivatsiyasini va dasturga qay darajada mos kelishini aniqlashga yordam beradi;
  • Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat. Kamida IELTS 7, TOEFL-iBT 100 va boshqa ekvivalent). Eslatma! Ushbu darajadan pastroq natija koʻrsatganlar ham ariza topshirish imkoniyatiga ega;
  • 2 ta tavsiyanoma.

Ariza topshirish va kerakli hujjatlar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur uchun biror shaxsni tavsiya etish mumkin. Ovoz berish haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin. Nomzodni tavsiya qilish ushbu havola orqali amalga oshiriladi.

Koʻp beriladigan savollar va uning javoblari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha murojaatlar uchun: columbiaworldprojects@columbia.edu

AQSh
AQShning Kolumbiya universitetida bir yil davomida tadqiqot oʻtash imkoniyatini taqdim etuvchi Obama Foundation Scholars Program dasturi. Barcha xarajatlar toʻliq moliyalashtiriladi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar