AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan 13 yoshdan katta ayol-qizlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi bepul oflayn mashgʻulotlar

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan 13 yoshdan katta ayol-qizlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi bepul oflayn mashgʻulotlar

  • 05/12/2022 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 12.12.2022 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi Fudokan Karate-Do boʻyicha professional instruktorlar, Amerika psixologlar assotsiatsiyasi aʼzosi boʻlgan professional psixolog – AQSh xalqaro almashinuvi dasturlarining bitiruvchilari – bilan hamkorlikda qizlar va ayollar oʻzlarini himoya qilishlari uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan oʻz-oʻzini himoya qilish boʻyicha oʻquv dasturining 2023-yildagi navbatdagi raundini Toshkent shahrida boshlamoqda.

Mazkur loyihaning oʻtgan yilgi muvaffaqiyati, ishtirokchilarning ijobiy fikr-mulohazalari, mahalliy hamjamiyatga koʻrsatgan foydasiga tayangan holda hamda oʻz-oʻzini himoya qilish dasturlariga boʻlgan katta talabni inobatga olib, tashkilotchilar mazkur loyihani 2022-yilda ham davom ettirishga qaror qildi.

Mashgʻulotlar 2023-yil yanvar oyidan boshlab BeFit Box zamonaviy sport zalida uch oy davomida oʻtkaziladi. Mashgʻulotlarning aniq boshlanish sanasi boʻyicha maʼlumot tanlab olingan barcha ishtirokchilarga qoʻshimcha ravishda yetkaziladi. Ikkita yosh toifasida guruhlar tashkil etiladi:

  • A guruhi: 13 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan qizlar – dushanba, chorshanba va juma soat 15:00 dan 16:00 gacha.
  • B guruhi: 18 yoshdan oshgan ayollar – dushanba, chorshanba va juma soat 20:00 dan 21:00 gacha.

Har bir guruh ishtirokchilari soni 30 kishidan oshmaydi.

Maqbullik shartlari

Mashgʻulotda qatnashish uchun ishtirokchilar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Mashgʻulotlar jismoniy tayyorgarlik darajasidan yoki oldingi mashgʻulot tajribasidan qatʼi nazar, 13 yoshdan oshgan qizlar va ayollar uchun moʻljallangan;
  • Nomzod ayol-qizlar 2023-yil yanvar oyidan boshlab 3 oy davomida Toshkent shahrida boʻlishi kerak.

Foydali tomonlari

Mashgʻulotga qabul qilingan ayol-qizlar quyidagi imtiyozlarga boʻladi:

  • Mashgʻulotda bepul ishtirok etadilar;
  • Oʻzlarini jismoniy zoʻravonlikdan himoya qilish, yaxshi jismoniy holat va osoyishtalikni saqlash uchun bir qator texnika va mashqlarni oʻrganadilar;
  • Nizolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish usullari haqida maʼlumotga ega boʻladilar;
  • Fudokan Karate-Do boʻyicha professional instruktorlar, Amerika psixologlar assotsiatsiyasi aʼzosi boʻlgan professional psixolog – AQSh xalqaro almashinuvi dasturlarining bitiruvchilari – bilan hamkorlikda qizlar va ayollar oʻzlarini himoya qilishlari uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchni rivojlantirish imkoniga ega boʻladi.

Hujjat topshirish

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2022-yil 12-dekabr, dushanba.

Faqatgina 500 ta ariza ro’yxatga olinadi. Arizalar belgilangan muddat yoki 500 ta ariza kelib tushgunga qadar qabul qilinadi va ko’rib chiqiladi.

Mashgʻulotda ishtirok etish uchun ayol-qizlar ushbu ariza shaklini toʻldirishlari kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim eslatmalar:

  • Ushbu loyiha faqat qizlar va ayollar uchun moʻljallangan;
  • Mashgʻulotlar bepul;
  • Ishtirokchilar qatnashish uchun taqdim etilgan arizalar asosida tanlanadi;
  • Darslar Toshkentdagi BeFit Box fitness-klubida oʻtkaziladi.

Murojaatlar uchun:

Tel.: +998 781205450.

Oʻzbekiston
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan 13 yoshdan katta ayol-qizlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi bepul oflayn mashgʻulotlar

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar