Barcha bosqich talabalari uchun dunyoning eng nufuzli kompaniyalaridan biri — Microsoftda haq to‘lanadigan amaliyot dasturi

Barcha bosqich talabalari uchun dunyoning eng nufuzli kompaniyalaridan biri — Microsoftda haq to‘lanadigan amaliyot dasturi

  • 01/01/2022 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • Doimiy Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Dunyoning eng nufuzli kompaniyalaridan biri — Microsoftda barcha bosqich talabalari: bakalavr, magistratura, PhD uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturi.

Dasturga barcha yoʻnalishlar boʻyicha, asosan, quyidagi yoʻnalishlarni tanlab ariza yuborish mumkin:

  • Muhandislik (dasturiy taʼminot muhandisi, dastur menejeri, mahsulotni rejalashtirish, dasturchi yozuvchi, texnik yozuvchi, xizmatlar muhandisligi);
  • Uskuna muhandisligi;
  • UX dizayni;
  • Yetkazib berish tizimi;
  • Maʼlumotlar va amaliy fanlar;
  • IT operatsiyalari;
  • Moliya;
  • Marketing;
  • Sotish;
  • Xizmatlar (maslahatchi, yordamchi muhandis, texnik hisob menejeri, texnik evangelist).

Amaliyot Redmond, Vashington, Bay Area, Kaliforniya, shuningdek, Kembridj, Massachusets, Kanada, Vankuver, Britaniya Kolumbiyada boʻlib oʻtadi.

Amaliyot dasturi haqida ushbu linkdan batafsil bilib olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturga bakalavr, magistratura, PhD talabalari ariza yuborishlari mumkin;
  • Nomzodlar topshirayotgan yoʻnalishlari boʻyicha toʻliq stavkada (full-time) ishtirok etishlari kerak;
  • Shuningdek, amaliyot tugaganidan soʻng, oʻqiyotgan joylariga 1 semestr yoki uch oy mobaynida qaytib kelishlari so‘raladi.

Talablar haqida ushbu linkdan batafsil bilib olish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Nomzodlarga yetarli ish haqqi, koʻchib oʻtishda (relocation) kerakli yordam va boshqa imkoniyatlar taqdim etiladi;
  • Dasturda qatnashish orqali tanlagan yoʻnalish boʻyicha tajriba orttirish va butun dunyodan kelgan yoshlar bilan netvorking qilish;
  • Shuningdek. Amerika madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlish mumkin.

Dastur imkoniyatlari haqida ushbu linkdan batafsil bilib olish mumkin. 

Hujjat topshirish

  • Dasturga hujjat topshirish ushbu link orqali amalga oshiriladi;
  • Keyin esa Search Student Jobs tugmasi ustiga bosilsa, barcha yoʻnalishlar va ularga kerakli nomzodlar soni haqida maʼlumot berilgan;
  • Tanlagan yoʻnalish ustiga bosib, qayerda amaliyot oʻtashni ixtiyoriy ravishda tanlash mumkin (masalan: Kaliforniya yoki Vashington);
  • Har bir yoʻnalish va bu yoʻnalish boʻyicha amaliyot oʻtash mumkin boʻlgan joylar va kompaniyalar joylashuvi haqida tanlagandan soʻng batafsil koʻrib chiqish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumotlar:

  • Amaliyot uchun bir yoki undan ortiq yoʻnalish tanlash mumkin;
  • Nomzodlar Resume yoki CV larini Microsoft Careers Site ga joylashlari soʻraladi (bunda nomzodlar ishlagan joylari, qilgan loyihalaridagi oʻziga xos muvaffaqiyatlarini alohida taʼkidlab oʻtishlari maqsadga muvofiq);
  • CV yoki Resume bir yoki ikki betdan iborat boʻlishi mumkin;
  • Volontyorlik ishlari haqida ham aytib oʻtish soʻraladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dastur boʻyicha eng koʻp soʻraladigan savollarga javoblar bilan (FAQ) bu yerda batafsil tanishib chiqish mumkin;
  • Intervyu bosqichidan qanday oʻtish boʻyicha tavsiyalar bilan bu yerda batafsil tanishib chiqish mumkin;
  • Dasturning 2019-yildagi qatnashuvchilarining taassurotlari bilan ushbu link orqali tanishib chiqish mumkin.
AQSh
Barcha bosqich talabalari uchun dunyoning eng nufuzli kompaniyalaridan biri — Microsoftda haq to‘lanadigan amaliyot dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar