Global Schools Program — butun dunyo faol oʻqituvchilari uchun bir oylik onlayn trening dasturi. Ishtirok etish bepul.

Global Schools Program — butun dunyo faol oʻqituvchilari uchun bir oylik onlayn trening dasturi. Ishtirok etish bepul.

  • 15/04/2024 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Yevropa Davlat
  • 16.05.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

The Global Schools Program dasturi butunjahon taʼlim sohasidagi liderlar hamda oʻqituvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, the Global Schools Advocates Program dasturi uchun onlayn darslarni eʼlon qiladi. Ushbu dastur Sustainable Development Goals (Barqaror rivojlanish gʻoyalari) dasturi yordamida darslar surʼatida keskin oʻzgarish va rivojlanishga erishish hamda oʻqituvchilar va oʻquvchilarning salohiyatini oshirish maqsadida tashkillashtirilgan.

Dastur uchun tanlab olingan nomzodlarga the Sustainable Development Goals (SDGs) hamda Education for Sustainable Devlopment (ESD) boʻyicha treninglar oʻtkaziladi.

Darslar onlayn oʻtkaziladi va ushbu jarayonda ishtirokchilarda dunyo miqyosidagi faol oʻqituvchi va taʼlim liderlari bilan muloqot qilish imkoniyati mavjud. Darslar mutlaqo bepul. Ishtirokchilarga dastur soʻngida sertifikat taqdim etiladi.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Nomzod hozirda maktabda ishlayotgan boʻlishi kerak. UN, Fullbright, Teach for All va boshqa dasturlarda volontyorlik qilayotganlar ham hujjat topshirishi mumkin;
  • Advocates Training dasturini tamomlash uchun ingliz tilini yuqori darajada bilish va bemalol muloqot qila olish talab etiladi;
  • Ishtirokchilar bir haftada kamida 5 soat ushbu dastur uchun vaqt sarflay olishlari kerak. Shugʻullanish uchun majburiy vaqt belgilab bermaydi. Ishtirokchilardan haftada 5-10 soatni izlanish, boshqa oʻqituvchilar bilan fikr almashish uchun sarflash hamda dars rejalarida Barqaror rivojlanish gʻoyalari (Sustainable Development Goals)ni olgʻa surish va uni oʻz maktablarida targʻib etishlari soʻraladi;
  • Nomzodlardan Sustainable Development Goals (SDGs) hamda The Paris Climate Agreement (Atrof-muhit muhofazasi boʻyicha Parij bitimi) faoliyatiga qiziqish talab etiladi. Shunga qaramay, ushbu yoʻnalish boʻyicha hech qanday tajriba shart emas;
  • Ishtirokchilar dunyo boʻylab koʻp sonli oʻqtuvchilar bilan birgalikda izlanish va muloqotda boʻlishga tayyor boʻlishlari kerak;
  • Dastur ishtirokchilarida boshqa hamkasblarini ham ushbu dasturda qatnashish uchun jalb qilish va undash qobiliyati boʻlishi lozim.

Dastur haqida ushbu havola orqali barafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturda qatnashganlar quyidagi imkoniyatlarni qoʻlga kiritishadi:

  • Ishtirokchilar uchun Global Schools jamoasi tomonidan barqaror rivojlanish salohiyatini oshirish hamda oʻqituvchilarning darsda yangi va samarali strategiyalarni qoʻllashiga koʻmaklashuvchi bepul onlayn treninglar oʻtkaziladi;
  • Nomzodlarga dastur davomida taʼlim sohasidagi va barqaror rivojlanish gʻoyasi boʻyicha liderlar bilan suhbat olib borish uchun onlayn seminarlar tashkillashtiriladi;
  • Global muammolarni oʻzlari kabi darslarida va ishlarida targʻib qiluvchi hamkasblari bilan fikr almashish imkoniyati mavjud;
  • Konferensiyalarda ishtirok etish va imkoniyatlarini koʻrsata olishlariga qarab ishtirokchilarga oʻzlarining ushbu sohalardagi salohiyatlarini: International Conference on Sustainable Development, The Vatikan Youth Symposium, the ECOSOC Youth Forum va Global Schools Case-Study Guideda namoyish etish imkoniyati yaratib beriladi;
  • Global Schools Advocates Program dasturini allaqachon tamomlagan tajribali pedagog bilan mentorlik dasturi tashkillashtiriladi;
  • Advocates Toolkit hujjati maktablarda faoliyat olib borishda ko'rsatma beradi;
  • Kursni tamomlaganlik haqida rasmiy sertifikat taqdim etiladi.

Dastur imtiyozlari haqida ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Belgilangan talablarga javob beradigan nomzodlar 2024-yil 16-mayga qadar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak;

Roʻyxatdan oʻtishdan oldin nomzodlardan quyidagi hujjatlarni oʻqib chiqishlari soʻraladi:

Global Schools Advocates Terms of Reference

Global Schools Advocates FAQ

Qoʻshimcha maʻlumotlar

The Global Schools Advocates Program haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Global Schoolsni Facebook, Twitter va Instagramda kuzatib borish mumkin.

Qоʼshimcha maʼlumоt оlish uchun email: globalschools@unsdsn.org

Telefon: +1 (212) 870-3920, +33 (0) 1 84 86 06 60

Yevropa
Global Schools Program — butun dunyo faol oʻqituvchilari uchun bir oylik onlayn trening dasturi. Ishtirok etish bepul.

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar