“Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi. Asosiy sovrinlar– Iphone 15 pro max, HP Notebook, Galaxy Tab S9.

“Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi. Asosiy sovrinlar– Iphone 15 pro max, HP Notebook, Galaxy Tab S9.

  • 01/05/2024 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 20/05/2024 18:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” “Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi. Tanlovga insonparvarlik va bagʻrikenglik, erkinlik va masʼuliyat, vatanparvarlik, huquqiy madaniyat (qonunga itoatkorlik), milliy oʻzlik, maʼrifatparvarlik, mehnatsevarlik va intizom, innovatsiya va tadbirkorlik mavzulari boʻyicha yangidan yaratilgan, 3 daqiqadan oshmaydigan ijtimoiy videoroliklar qabul qilinadi. Tanlov gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining diplomi bilan taqdirlanadi.

Videorolik va ishtirokchi haqidagi maʼlumotlar, bogʻlanish uchun telefon raqamlari bilan birga 2024-yil 20-may soat 18:00 gacha “Oyina.uz” portalining telegramdagi @oyinauz_bot manziliga yuborilishi lozim.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Gʻoliblar quyidagi mezonlarga koʻra aniqlanadi:

  • Tanlovga insonparvarlik va bagʻrikenglik, erkinlik va masʼuliyat, vatanparvarlik, huquqiy madaniyat (qonunga itoatkorlik), milliy oʻzlik, maʼrifatparvarlik, mehnatsevarlik va intizom, innovatsiya va tadbirkorlik mavzulari boʻyicha yangidan yaratilgan, 3 daqiqadan oshmaydigan ijtimoiy videoroliklar qabul qilinadi;
  • Videorolikda mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilgan boʻlishi kerak;
  • Videorolikda tasvir, ovoz va montaj ishining sifati muhim;
  • Muallifning videorolikni yaratishdagi oʻziga xos ijodiy yondashuvi, ishning plagiat emasligiga eʼtibor berish lozim;
  • Videorolik barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun moʻljallangan boʻlishi kerak;
  • Videorolikda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarimizga zid boʻlgan tasvir yoki mazmun aks ettirilmasligi lozim.

Eslatma! Tanlov shartlariga javob bermaydigan ishlar qabul qilinmaydi. Mualliflik huquqi buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, plagiat va ovoz yigʻish jarayonlarini soxtalashtirishga urinilgan holatlar aniqlanganda ishtirokchi tanlovdan chetlatiladi.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Tanlov gʻoliblarini taqdirlash jarayoni quyidagicha:

  • Dastur gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar hamda respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi”ning diplomi bilan taqdirlanadi;
  • Tanlovda gʻolib deb topilgan ijtimoiy videoroliklar respublikadagi telekanallar, ijtimoiy tarmoqlar va tashqi reklama vositalari (LED ekranlar) orqali namoyish etib boriladi;
  • Dastur gʻoliblari haqidagi maʼlumotlar Oyina.uz portali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eʼlon qilinadi;
  • Shuningdek, nomzodlarga hakamlar eʼtirofi hamda muxlislar ovoziga tayangan holda quyidagi sovgʻalar taqdim etiladi:

Hakamlar eʼtirofi boʻyicha:

  • 1-oʻrin – Iphone 15 pro max (256 GB);
  • 2-oʻrin – HP Victus;
  • 3-oʻrin – Samsung Galaxy Tab S9.

Muxlislar ovozi boʻyicha:

  • 1-oʻrin – Iphone 15 pro max (256 GB);
  • 2-oʻrin – HP Victus;
  • 3-oʻrin – Samsung Galaxy Tab S9.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashish va nomzodlarni saralab olish jarayoni quyidagicha:

  • Videorolik va ishtirokchi haqidagi maʼlumotlar, bogʻlanish uchun telefon raqamlari bilan birga 2024-yil 20-may soat 18:00 gacha “Oyina.uz” portalining telegramdagi @oyinauz_bot manziliga yuborilishi lozim;
  • Hakamlar hayʼati qarori bilan tanlovga kelgan videoroliklar taʼsirchanlik darajasi, sifati, mazmuni, dolzarbligi, tarbiyaviy ahamiyati, qoʻyilgan talablarga mosligi eʼtiborga olingan holda qoʻshimcha oʻrinlar, ragʻbatlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanishi mumkin;
  • Eng yaxshi deb topilgan 10 ta (kelib tushgan ijodiy ishlarning soni va sifati inobatga olingan holda mazkur raqam oʻzgarishi mumkin) videorolik Oyina.uz portali telegram kanalida eʼlon qilinadi va maxsus bot orqali ovoz yigʻish jarayoni tashkil etiladi;
  • Yakuniy natijalarga koʻra ovozlar soni tartibida 1, 2 va 3-oʻrinlar aniqlanadi;
  • Hakamlar hayʼati eʼtirofi boʻyicha ham 1, 2, 3-oʻrinlar taqdirlanadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham maʼlumot olish mumkin:

-Telegram;

-Twitter;

-Facebook.

Oʻzbekiston
“Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi. Asosiy sovrinlar– Iphone 15 pro max, HP Notebook, Galaxy Tab S9.

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar