IT Park tomonidan ayol-qizlar uchun Tumaris.Tech loyihasining Markaziy Osiyo inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari

IT Park tomonidan ayol-qizlar uchun Tumaris.Tech loyihasining Markaziy Osiyo inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari

  • 01/11/2022 Qabul boshlanishi
  • Bepul ta'lim Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 05.12.2022 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Rus tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

IT Park USAID ning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi, Beeline Uzbekistan raqamli operatori, TBC Bank va Wonder Women hamjamiyati koʻmagida Tumaris.Tech loyihasining Markaziy Osiyo inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari uchun arizalar qabul qilish boshlanganini eʼlon qiladi.

Dasturda oʻz biznesini rivojlantirishni niyat qilgan barcha ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin. Ushbu loyiha 12-dekabrdan 25-fevralgacha qadar onlayn tarzda boʻlib oʻtadi.

Loyiha 2 alohida dasturdan iborat:

  • Inkubatsiya dasturi. Bunda ishtirokchilar biznes boʻyicha bir gʻoyani rivojlantirib, uning prototipini yaratish uchun kerakli koʻniklamalarga ega boʻladi;
  • Akseleratsiya dasturi. Bunda allaqachon gʻoya prototipiga ega boʻlgan biznesni rivojlantirish uchun moʻljallangan. 

Ishtirokchi ayol-qizlar quyidagi 12 sohadan birida oʻz gʻoyasini rivojlantirishlari mumkin boʻladi:

  • AgroTech;
  • FinTech;
  • MedTech;
  • E-commerce;
  • IoT;
  • EdTech;
  • Logistics;
  • E-Government;
  • MedTech;
  • FoodTech;
  • Lifestyle services;
  • Creative.

Avvalgi mavsum ishtirokchilari gʻoyalari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun talablar:

  • Inkubatsiya dasturida ishtirok etish uchun ishtirokchilar aniq biznes gʻoya va uni rivojlantirish uchun rejalarga ega boʻlishi kerak;
  • Akseleratorlik dasturida ishtirok etish uchun gʻoya prototipi yoki sotishga tayyor mahsulot, shu bilan birga, ishlash uchun doimiy jamoaga ega boʻlish talab etiladi;
  • Dastur rus tilida olib borilgani sabab rus tilini mukammal bilish lozim.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dastur imkoniyatlari:

  • 2,5 oylik ushbu dasturda bepul ishtirok etish;
  • Xalqaro ekspertlar bilan oʻquv va strategik sessiyalar va trekerlik;
  • Moliyaviy savodxonlik kurslari, vorkshoplar;
  • Investorlar oldida loyihani namoyish etish;
  • Networkingni (oʻzaro aloqalar) rivojlantirish;
  • Eng yaxshi loyihalar Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan xalqaro startap loyihalar koʻrgazmasiga tashrif buyurish.

Qolaversa, dastur davomida:

  • Biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun zarur bilimlarga ega boʻladilar;
  • Vaqtni boshqarish va notiqlik mahoratini takomillashtiradilar;
  • Moliyaviy savodxonligini oshiradilar;
  • Muvaffaqiyatli tadbirkorlar va loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan aloqa oʻrnatishadi;
  • Eng muvaffaqiyatli gʻoyalar investitsiya platformasiga kirish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Inkubatordagi loyihalar oʻz loyihalarining prototiplarini yaratadi;
  • Akseleratordagi loyihalar oʻz loyihalarini bozorga olib chiqadi.

Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

  • Inkubatsiya dasturi uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish lozim;
  • Akseleratsiya dasturi uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: 
Telegram: +998991109147 (@elvira_sl)

- WhatsApp: +998979977079

Oʻzbekiston
IT Park tomonidan ayol-qizlar uchun Tumaris.Tech loyihasining Markaziy Osiyo inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar