Italiyada magistratura bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqishni xohlovchi oʻzbekistonlik talabalar uchun maxsus grant

Italiyada magistratura bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqishni xohlovchi oʻzbekistonlik talabalar uchun maxsus grant

  • 25/04/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Italiya Davlat
  • 24.05.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) magistratura bosqichida 2024-2025 oʻquv yilida oʻqishni xohlovchilar uchun grant tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:

  • 1-bosqichda arizalar qabul qilinadi;
  • 2-bosqichda nizom talablariga javob bergan talabalar (taʼlim yoʻnalishiga qarab) bir taʼlim dasturi dekani tomonidan suhbat qilinadi va suhbat natijasiga koʻra universitetga qabul qilinadi.
  • 3-bosqichda universitetga qabul qilingan nomzodlar vazirlik stipendiyasi uchun hujjat topshiradi.

Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha jami 20 nafar nomzodga stipendiyalar ajratiladi:

  • Circular Есоnоmу (Aylanma iqtisodiyot) — 7;
  • Forestry and Environmental Sciences (О'rmоn xo'ialigi va atrof-muhit fanlari) — 6;
  • Plant biotechnology for Food and Global Health (Oziq-ovqat vа Global Salomatlik uchun о'simlik biotexnologiyasi) — 7.

Arizalar 2024-yiling 25-aprelidan 24-mayigacha qabul qilinadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi talabalari hamda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi mutaxassislar qatnashishi mumkin;
  • Nomzod 1993-yil 31-dekabrdan keyin tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi kerak;
  • Ishtirokchilar 2016-yil 31-dekabrdan keyin Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasining bakalavr darajasiga ega boʻlgan yoki 2024-yil 31-iyulgacha bakalavr darajasini oladigan bitiruvchi talaba boʻlishi lozim;
  • Bakalavr darajasidagi oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi (GPA) Italiya baholash tizimi boʻyicha kamida 27/30 ballni tashkil etishi zarur;
  • Ingliz tilida kamida В2 xalqaro sertifikatiga (IELTS, САЕ, TOEFL, PITMAN, ESD, Pearson) ega boʻlish talab qilinadi.

Vazirlik stipendiyasiga nomzodlar malaka talablari asosida tanlanadi va baholash jarayoni tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Nomzodlar quyidagi mezonlarning asosida baholanadi:

  • Yoshi;
  • Taʼlim yoʻnalishi va oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi;
  • Ingliz tili sertifikati va/yoki boshqa malakalar;
  • СV va boshqa shaxsiy koʻnikmalarni baholash;
  • Motivatsion xat;
  • Ikkinchi bosqichdagi suhbat natijalari.

Muhim: Italiya universitetlarida bakalavr va magistratura bosqichida taʼlim olgan shaxslar tanlovda ishtirok etishi mumkin emas. Nomzodlar toʻplagan ballar teng boʻlgan taqdirda еng yosh nomzodga ustunlik beriladi. Vazirlik stipendiyasini qoʻlga kiritgan talabalar taʼlim olish davrida Italiya hukumati yoki Yevropa ittifoqi tomonidan eʼlon qilingan boshqa stipendiyani olishi mumkin emas.

Tanlovning asosiy shart va qoidalari bilan ushbu Nizom orqali toʻliq tanishib chiqish mumkin. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar tegishli qonunchilik hujjatlari asosida javobgarlikka tortiladi.

Foydali tomonlari

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Oʻqishga qabul qilingan talabalarning oʻqish xarajatlari toʻliq qoplanadi;
  • Kunlik xarajatlar uchun bir akademik oʻquv yiliga 7,000 yevro, safar xarajati va oʻquv adabiyotlari xarajatlari uchun 2,500 yevro miqdorida stipendiya beriladi.

Eslatma: Vazirlik tomonidan ikki yillik taʼlim dasturlarida oʻqishga yuboriladigan 20 nafar talabalar uchun jami З10,000 yevro miqdoridagi xarajatlar Yevropa Ittifoqining “Byudjetni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Onlayn ariza shakli;
  • Amaldagi xorijga chiqish pasporti;
  • Bakalavr diplomi (agar nomzod soʻnggi bosqich talabasi boʻlsa, bakalavr darajasini 2024-yil 31-iyulga qadar olishi toʻgʻrisida ingliz tilida maʼlumotnoma);
  • Davlat imtihoni natijalari koʻrsatilgan diplom ilovasi (yoki maʼlumotnoma – Reyting daftar tarjimasi) va baholash tizimi haqida maʼlumotnoma;
  • B2 darajadagi ingliz tili sertifikati (IELTS, CAE, TOEFL, Pitman, ESD, Pearson) yoki toʻliq ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavr dasturida qatnashganligini tasdiqlovchi hujjat;
  • Ingliz tilida yozilgan maʼlumotnoma (CV);
  • Motivatsion xat (Qiziqishlari haqida insho koʻrinishida);
  • Oʻqishga qabul qilinganlik xati (acceptance letter – ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga beriladi).

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 24-may, 2024-yil;
  • Saralash tanlovi 2024-yilning aprel-iyun oylari oraligʻida oʻtkaziladi. Saralash tanlovi haqidagi maʼlumotlar vazirlikning veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bevosita eʼlon qilib boriladi;
  • Vazirlik komissiyaning saralash tanlovi natijalarini tasdiqlash haqidagi qarori tanlov oʻtkazilgandan soʻng 30 ish kuni ichida eʼlon qilinishini taʼminlaydi. Saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar elektron pochta orqali xabardor qilinadi;
  • Saralash tanlovining barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar hujjatlarini tegishli tarzda rasmiylashtirilgan holda chop etilgan shaklda va belgilangan muddatda vazirlikka taqdim etadilar;
  • Email: better.regulation@agro.uz.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Italiya
Italiyada magistratura bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqishni xohlovchi oʻzbekistonlik talabalar uchun maxsus grant

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar