Maktab oʻquvchilari uchun iqlim oʻzgarishiga bogʻliq mavzuda Ocean Awareness Contest ijodiy ishlar tanlovi. Gʻoliblar $1000 gacha pul va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Maktab oʻquvchilari uchun iqlim oʻzgarishiga bogʻliq mavzuda Ocean Awareness Contest ijodiy ishlar tanlovi. Gʻoliblar $1000 gacha pul va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadi.

  • 01/11/2023 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 11/06/2024 08:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Har yili Bow Seat Ocean Awareness Programs tashkiloti tomonidan 11 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan dunyo boʻylab barcha maktab oʻquvchilari uchun Ocean Awareness Contest tanlovini oʻtkazib kelinmoqda.

Tanlovdan koʻzlangan maqsad yoshlarni sanʼat va ijodiy muloqot orqali atrof-muhit muammolarini yechish, ularning oʻzgaruvchan dunyoga munosabatini oʻrganish va ijobiy oʻzgarishlar tarafdori boʻlishga undashdan iborat.

Ocean Awareness Contest 2024 tanlovi oʻquvchilarni iqlim oʻzgarishi va uning okeanga taʼsiri haqida maʼlumot olishga hamda iqlim inqirozining dolzarbligini keng targʻib qilishning yangi usullarini oʻrganishga chaqiradi. Tanlovning ushbu 11-mavsumida ishtirokchilar tasviriy sanʼat, sheʼr, kreativ yozish, film, ijro sanʼati, interaktiv va multimediaga oid ijodiy ishlari bilan qatnashishlari mumkin. Ijodiy ishlar Tell your climate story mavzusiga doir boʻlishi kerak. Bunda ishtirokchilar yumor, satira, pozitivlik, parodiya, kinoya va boshqa usullardan foydalanib ijodiy ishlarini yanada boyitishlari va innovativ tarzda taqdim etishlari lozim.

Tanlov ishtirokchilari yosh kategoriyasi boʻyicha quyidagi guruhlarga boʻlinadi:

  • Junior Devision - 11 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar;
  • Senior Devision — 15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar.

Tanlov gʻoliblari Bow Seat Ocean Awareness tomonidan tashkil etiladigan har xil koʻrgazma, video/film namoyishlarida ishtirok etish bilan birga katta miqdorda pul mukofotiga ham ega boʻladilar.

Tanlovning oʻtgan yilgi mavsumi haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun oʻquvchilar ushbu talablarga javob berishi lozim:

  • Tanlovda 11 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan barcha maktab yoki kollej/litsey oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin. Universitet talabalari qatnasha olmaydi;
  • Tasviriy sanʼat, sheʼr, ijodiy yozish, film, ijro sanʼati, interaktiv va multimediaga qiziqishi va shu yoʻnalishlardan birida Climate Heroes in Action mavzusiga doir ijodiy ish qila olish qobiliyatiga ega boʻlishi lozim;
  • Ijodiy ishga qoʻshimcha tarzda kamida 100 soʻzdan iborat ingliz tilida tavsifnoma (reflection) yozish talab etiladi;
  • 13 yoshga toʻlmagan ishtirokchilar ota-onasi yoki qonuniy vakillari tomonidan Bolalarning onlayn maxfiyligini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun (COPPA) ota-ona/vasiy roziligi shaklini toʻldirishlari kerak;
  • Barcha nomzodlar Adult Sponsor, yaʼni ota-onasi, oʻqituvchisi yoki mentorining kontakt maʼlumotlarini taqdim etishi kerak;

Tanlovda ishtirok etish talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Har 6 yoʻnalish boʻyicha tanlov gʻoliblari yosh guruhlariga qarab quyidagicha taqdirlanadi:

  • Junior Devision (11-14 yoshdagilar):
    • Oltin — $1,000;
    • Kumush — $750;
    • Bronza — $250;
    • Olmos - $150;
    • Alohida eʼtirof etilgan nomzod — $100.
  • Senior Devision (15-18 yoshdagilar):
    • Oltin — $1,000;
    • Kumush —  $750;
    • Bronza — $250;
    • Olmos - $150;
    • Alohida eʼtirof etilgan nomzod — $250.
  • Barcha gʻoliblar Bow Seatʼs global community jamoasiga aʼzo boʻlishi va Future Blue Youth Council konsulligining maxsus imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin;
  • Tanlovga qatnashish davomida ishtirokchilar odamlar bilan oʻzaro aloqa qilish qobiliyatlarini yanada oʻstirish va oʻz portfoliolarini yaratish yoxud uni yanada boyitish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Tanlovning manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashchilar oʻz ijodiy onlayn roʻyxatdan oʻtishlari va kerakli maʼlumotlarni toʻldirgandan soʻng oʻz ijodiy ishlarini taqdim etishlari lozim. Ijodiy ishlar bilan birga ingliz tilida 100 soʻzdan kam boʻlmagan reflection, yaʼni tavsifnoma yozish ham talab etiladi.

Roʻyxatdan oʻtishdan avval ariza topshirish koʻrsatmalari bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Tanlov quyidagi 6 yoʻnalishda ijodiy ishlarni qabul qiladi:

  • Art — Vizual sanʼatga oid barcha ishlar qabul qilinadi. Avvalgi yillarda gʻolib boʻlganlar ishlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin;
  • Creative Writing — Ijodiy yozish, yaʼni qisqa hikoya, narrativ, blog postlar yoki publitsistik maqolalar qabul qilinadi. Barcha ishlar ingliz tilida yozilishi kerak;
  • Film - 2-4 daqiqalik video, film, animatsiya va hujjatli filmlar qabul qilinadi;
  • Interactive & Multimedia — interaktiv va kommunikativ sayt, ilova, video oʻyinlar, podkast yoki TikTok videolar qabul qilinadi. Ushbu yoʻnalishda gʻolib boʻlgan ishtirokchi ishi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin;
  • Performing Arts: Music & Dance — original, ishtirokchi oʻzi tomonidan ijro etilgan raqs, qoʻshiq, musiqalar qabul qilinadi. Ushbu yoʻnalishda gʻolib boʻlgan ishtirokchi ishi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin;
  • Poetry & Spoken Word — ishtirokchi tomonidan yozilgan yoki oʻqilgan sheʼr, taʼsirli nutq kabi ishlar qabul qilinadi. Ushbu yoʻnalishda gʻolib boʻlgan ishtirokchi ishi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Barcha yoʻnalishdagi ishlar uchun alohida talab va qoidalar mavjud. Batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish lozim.

Koʻp beriladigan savollar va ularning javoblari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

AQSh
Maktab oʻquvchilari uchun iqlim oʻzgarishiga bogʻliq mavzuda Ocean Awareness Contest ijodiy ishlar tanlovi. Gʻoliblar $1000 gacha pul va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar