Niderlandiyaning Top 10 talik universitetlaridan birida magistratura darajasini o'qish uchun Radboud Encouragement Scholarship granti

Niderlandiyaning Top 10 talik universitetlaridan birida magistratura darajasini o'qish uchun Radboud Encouragement Scholarship granti

  • 01/10/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Niderlandiya Davlat
  • 01/02/2024 02:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Nemis tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan
  • IELTS talabi
    minimum 6.5

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Niderlandiyadagi Top 10talik universitetlar ro'yxatiga kiruvchi  Radboud University akademik jihatdan iqtidorli xalqaro talabalarga Radboud Encouragement Scholarship grant dasturini taqdim etadi. Grant ingliz tilida o'qitiladigan magistrlik dasturlari (Erasmus Mundus va qo'shma magistrlik dasturlari bundan mustasno) uchun amal qiladi. 

Grant sohibi magistratura darajasida o'qish to'lovidan to'liq ozod etiladi va yashash xarajatlarini qoplash uchun mablag' bilan ta'minlanadi.

2024-2025-o'quv yili uchun jami 7 ta fakultet bo'yicha 13 ta grant mavjud:

  • San'at fakulteti (1)
  • Huquq fakulteti (8)
  • Tibbiyot fanlari fakulteti (1)
  • Nijmegen boshqaruv maktabi (1)
  • Falsafa, ilohiyot va diniy fakultet (1)
  • Ilm-fan fakulteti (1)
  • Ijtimoiy fanlar fakulteti (1).

Maqbullik shartlari

  • Nomzod YI (Yevropa Ittifoqi)/YIH (Yevropa Iqtisodiy Hududi)ga kirmagan mamlakat fuqarosi bo'lishi kerak;
  • Bakalavr darajasini Niderlandiyadan boshqa davlatda tamomlagan bo'lishi kerak;
  • 2024-yil 1-sentyabrdan boshlanuvchi ingliz tilida o'qitiladigan magistrlik darajasida o'qishga qabul qilingan va to'liq ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak;
  • Magistratura dasturi bo'yicha so'ralgan ingliz tili talabini qondirishi kerak;
  • Nomzodga universitetda o'qish uchun moliyaviy ko'mak zarur bo'lishi kerak.

Grant dasturi haqida batafsil ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

Grant quyidagi xarajatlarni to'liq qoplaydi:

  • Kontrakt to'lovi va yashash xarajatlari (€11,520);
  • Viza olish xarajatlari;
  • Niderlandiyada yashash uchun ruxsatnoma, tibbiy sug'urta va javobgarlik sug'urtasi (Aon Student Insurance) xarajatalari.

Grant dasturining manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Hujjat topshirish

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun avval tanlangan magistrlik dasturiga ariza topshirish lozim.

  1. Studielink portalida ariza berish uchun ro'yxatdan o'tiladi (ariza to'lovi €75) va grant dasturi doirasidagi ingliz tilida o'qitiladigan magistrlik dasturiga ariza topshiriladi.
  2. OSIRIS tizimi orqali barcha talab etilgan hujjatlar ingliz, nemis yoki golland tilidagi tarjimasi (agar ko'rsatilgan tillarda bo'lmasa) bilan yuklanishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Bakalavr diplomi nusxasi;
  • Akademik transkript (bakalavr baholari);
  • Motivatsion xat (1 betdan oshmasligi kerak);
  • CV;
  • Til bilish sertifikati;
  • Tavsiyanoma (ko'rsatmadan foydalanish mumkin);
  • Bakalavr darajasida o'qigan fanlar ro'yxati (ushbu namunadan foydalanish mumkin).

Eslatma: tanlangan magistrlik dasturlariga qarab talab etiladigan hujjatlar o'zgarishi mumkin.

OSIRIS tizimda nomzodning Radboud Encouragement Scholarship grant dasturiga da'vogarlik qilishi ko'rsatilgandan so'ng qo'shimcha 2ta tavsiyanoma, CV (magistrlik dasturiga topshirilgan tavsiyanomalar va CV ni yuklash mumkin) va grant uchun motivatsion xat talab etiladi. 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Grant uchun tanlov natijalari haqida 2024-yil aprel oyining o'rtalarida xabar beriladi.

Grant uchun tanlov me'zonlari:

Akademik salohiyat
- O'qish sohasidagi ajoyib natijalar, masalan, baholar, test ballari, nashrlar orqali:
- Tugallangan bakalavr dasturining magistrlik dasturiga aloqadorligi.
- Bakalavr darajasini tamomlagan universitet reytingi.
Kuchli ishtiyoq
- Ikkita motivatsion xatning sifati va dolzarbligi (biri magistratura dasturi uchun, ikkinchisi esa grant uchun);
- Oldingi yutuqlar, tegishli o'qish sohasidagi ishlari;
- Hayotiy tajriba va/yoki darsdan tashqari mashg'ulotlar, masalan, amaliyot dasturlari yoki volontyorlik.
Tavsiyanomalar
- Ikkita tavsiyanomaning sifati.
Nomzodning dasturga bo'lgan qiziqishi
- Grant uchun taqdim etilgan motivatsion xat magistrlik dasturi uchun berilgan motivatsion xatdan farqli bo'lishi kerak. Grant uchun taqdim etilgan motivatsion xatda nomzodga nima uchun Radboud universitetida o'qish uchun grant kerakligi aniq ko'rsatilib berilishi lozim.

Qo'shimcha ma'lumot uchun rasmiy saytning shu qismida berilgan kontakt ma'lumotlaridan yoki scholarships@ru.nl. manzilidan foydalanish mumkin.

Niderlandiya
Niderlandiyaning Top 10 talik universitetlaridan birida magistratura darajasini o'qish uchun Radboud Encouragement Scholarship granti

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar