Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasidan U-23 Osiyo kubogida volontyor sifatida ishtirok etish imkoniyati

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasidan U-23 Osiyo kubogida volontyor sifatida ishtirok etish imkoniyati

  • 05/02/2022 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 15/04/2022 23:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Koreys tili, Yapon tili, Xitoy tili
  • Yosh chegarasi
    17 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimiz maydonlarida boʻlib oʻtadigan yirik turnir — U-23 Osiyo kubogida volontyor sifatida ishtirok etish uchun koʻngillilarni taklif etadi.

Dastur bir necha bosqichni: mezbonlik qiluvchi jami 3 shahardan koʻngillilarni saralab olish, maxsus tayyorgarlik va turnir davomida ularning ishlarini tashkil etishni oʻzi ichiga oladi.

2022-yilgi U-23 Osiyo kubogida yuzlab volontyorlarni qamrab olish koʻzda tutilgan. Koʻngillilar ommaviy axborot vositalarida, mehmonlar bilan ishlash jarayonlarida, jamoaviy xizmatlarda, tibbiy hamda doping nazorati va boshqa sohalarda yordam koʻrsatishi rejalashtirilgan.

Ushbu xalqaro turnirning tashkilotchilaridan biriga aylanish va katta tajribaga ega boʻlish uchun talabgorlar ingliz tilidagi soʻrovnomani toʻldirishlari kerak.

Dastur boʻyicha batafsil maʼlumotlarni rasmiy telegram sahifasidan olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Nomzodlar quyidagi me'zonlar asosida saralanadilar:

  • 18 yoshdan katta bo'lgan, jinsi, millati, jismoniy imkoniyatlaridan qatʼi nazar, HOZIRDA Toshkent shahri, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yashovchi barcha qatnashishi mumkin;
  • Hujjat topshirish vaqtida kamida ikkinchi kurs universitet/kollej talabasi bo'lish (majburiy emas, ammo afzallik berishi mumkin);
  • Ko'ngillili yordamchi sifatida tajribaga ega bo'lish tanlab olinish imkonini oshiradi;
  • Muloqot qobiliyati yaxshi shakllangan, madaniyatlararo muloqot qilishda tajribasi bo'lishi;
  • Ingliz tilini mukammal bilish (kamida upper-intermdiate darajada. Lekin hech qanday sertifikat talab etilmaydi);
  • Ikkinchi chet tilini (koreys, xitoy, arab, yapon) bilish qo'shimcha afzallik berishi mumkin;
  • Qattiq mehnat qilish va qo'shimcha mas'uliyatni o'z zimmasiga ola bilish.

Xullas, quvnoq, harakatchan, sog‘lom turmush tarzini olib boruvchi, xorijiy tillarni yaxshi biladigan, keng kasbiy mahoratga ega va yuqoridagi talablarga javob bera oluvchi barcha dasturda qatnashishi mumkin.

Foydali tomonlari

Dastur nomzodlarga quyidagi imtiyozlarni taklif qiladi:

  • Koʻngillilar uchun moʻljallangan maxsus forma;
  • Smenalarda bepul ovqatlanish;
  • Suvenirlar;
  • Mahalliy transportdan bepul foydalanish;
  • Bebaho tajriba;
  • Yangi doʻstlar;
  • Ishtirokchi diplomi.

Shuningdek, nufuzli sport tadbirida toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etish va Osiyo sport industriyasiga yanada yaqinroq boʻlish uchun katta imkoniyatni qoʻlga kiritadilar.

Hujjat topshirish

Nomzodlar bir necha bosqich orqali saralanadilar:

  1. Dastlab soʻrovnomani toʻldirishlari kerak (taxminan 5 daqiqa vaqtni oladi). Soʻrovnomani 2022-yil 15-apreldan kechiktirmay toʻldirish lozim.
  2. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar Toshkent shahrida joylashgan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida suhbatga chaqiriladilar. Toshkentdan tashqarida boʻlgan nomzodlar uchun suhbat jarayoni yuzma-yuz yoki onlayn tarzda tashkil etiladi;
  3. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar keyingi bosqichga — treninglarga taklif qilinadilar.

Barcha mashgʻulotlar muvaffaqiyatli yakunlangach, ishtirokchilar 2022-yilgi OFK U-23 Osiyo kubogiga koʻngilli sifatida ishtirok etish uchun akkreditatsiya oladilar.

Eslatma: soʻrovnoma ingliz tilida tuzilgan, nomzodlar bilan bogʻlanish uchun kontakt maʼlumotlarini berish qatʼiy soʻraladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Soʻrovnomalarni saralash jarayoni umumiy qabul tugagach boshlanadi. 2022-yilgi OFK U-23 Osiyo Kubogi Mahalliy tashkiliy qoʻmitasi (MTK) jamoasi nomzodlar taqdim etgan maʼlumotlarni tekshiradi va nomzodlar mezonlarga mos kelish yoki kelmasligini hal qiladi.

Suhbat — ikkinchi bosqich saralash natijalari 2022 yilning 1-mayidan kechiktirmay eʼlon qilinadi.

Trening mashgʻulotlar Toshkent shahrida joylashgan Oʻzbekiston futbol assosiatsiyasida tashkil etiladi. Treninglar haqidagi barcha maʼlumotlar boʻlajak volontyorlarga elektron pochta yoki telegram orqali yuboriladi.

Dastur boʻyicha batafsil maʼlumotlarni rasmiy telegram sahifasidan olish mumkin.

Oʻzbekiston
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasidan U-23 Osiyo kubogida volontyor sifatida ishtirok etish imkoniyati

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar