PhD darajasini olgan yoki davom ettirayotgan olimlar uchun Garvard universitetidan to‘la moliyalashtirilgan 2 yillik Academy Scholars dasturi; stipendiya miqdori - $70,000.

PhD darajasini olgan yoki davom ettirayotgan olimlar uchun Garvard universitetidan to‘la moliyalashtirilgan 2 yillik Academy Scholars dasturi; stipendiya miqdori - $70,000.

  • 01/06/2021 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 01/10/2021 20:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Garvardning Academy Scholars dasturi ilmiy tadqiqoti Kanada va AQShdan tashaqari boshqa mamlakatlar tarixi va madaniyati, shuningdek, huquqini yoritishga qaratilgan olimlar va endigina olimlik ostonasiga qadam qo‘yganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. 

Dastur har yili 4-6 nafar olimlarga Kembrij, MA, Garvard xalqaro va hududiy tadqiqotlar akademiyasida ikki yil tadqiqot qilish imkonini beribgina qolmay, stipendiya taqdim qiladi va barcha xarajatlarni qoplashni ko‘zda tutadi. 

Katta olimlar, Garvard universiteti katta o‘qituvchilarining taniqli guruhi dastur davomida Akademiya ustozlari sifatida nomzodlarga ko‘mak berishadi.

Maqbullik shartlari

  1. Dasturga millati, jinsi va irqidan qat'i nazar, barcha malakali mutaxassislar qatnashishi mumkin;
  2. Nomzod ijtimoiy fanlar yoki huquq fanlari bo‘yicha yaqindagina PhD darajasini olgan yoki mazkur fanlar doktoranti bo‘lishi kerak;
  3. PhD  dissertatsiyasini davom ettirayotganlar stipendiyaga topshirish vaqtida barcha tadqiqot ishlarini tugatgan va dissertatsiyani yozish bilangina shug‘ullanayotgan bo‘lishi lozim;
  4. PhD darajasini tugatganlar dissertatsiya himoyasini 2021-yil 1-oktabrga qadar 3 yil ichida (2018-yil, 30-sentabrdan keyin) amalga oshirgan bo‘lishi shart.

Eslatma: Har yili 4- 6ta nomzodlar 2-yillik stipendiya dasturi uchun tanlab olinadi. Ulardan, ilgari tadqiqot maqsadida tashrif buyurmagan taqdirlarida, dastur davomida Boston va Kembrijda yashash so‘raladi.

Foydali tomonlari

Nomzodlar uchun quyidagi imtiyozlar belgilangan:

  1. PhD darajasi bor olimlar $70,000, hali yakunlamaganlar yakunlagunlariga qadar $35,000 stipendiya bilan ta’minlanadilar;
  2. Konferentsiya va tadqiqot sayohatlari, ilmiy yordamchilar va tibbiy sug'urta puli qoplab beriladi.

Hujjat topshirish

Arizachilar quyidagi tartibida hujjat topshirishlari kerak:

  1. Onlayn arizani to‘ldirish;
  2. Nomzodning ilmiy sohasi, ixtisoslashgan mamlakati yoki mintaqasi hamda amalga oshirmoqchi bo‘lgan tadqiqot mavzusi qisqacha bayon etilgan xat (Cover letter);
  3. Ilmiy nashrlar ro‘yxatini qamrab olgan rezumye/CV;
  4. 2500 ta so‘zdan oshmagan, intellektual maqsadlar va qo‘llanilishi kutilayotgan metodoligiya, ixtisoslik ishini yoritgan tadqiqot taklifi (Research proposal);
  5. PhD darajsining ilova nusxasi;
  6. 3 ta tavsiyanoma xati.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Eng yuqori 30 talikka kirgan nomzodlardan doktorlik darajasi ilovasining rasmiy/tasdiqlangan nusxasini Garvard akademiyasiga yuborish so‘raladi. Arizani birdaniga to‘ldirish shart emas. Tugallanmagan arizani saqlash uchun chiqishdan oldin SAQLASH (SAVE) ni bosish kifoya. Keyingi safar login identifikatori (elektron pochta manzili) va parolni kiritish orqali jarayonni davom ettirish mumkin, ammo muddat yakunlanishidan oldin ariza topshirishni yakunlash qat’iy tavsiya qilinadi. 

 

Qo'shimcha ma’lumotlarni:

AQSh
PhD darajasini olgan yoki davom ettirayotgan olimlar uchun Garvard universitetidan to‘la moliyalashtirilgan 2 yillik Academy Scholars dasturi; stipendiya miqdori - $70,000.

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar