PhD tadqiqotchi olimlariga OCIS - Oksford Islom Tadqiqotlari Markazida 6 oylik amaliyot o‘tash imkonini beruvchi to‘la moliyalashtirilgan Chevening granti

PhD tadqiqotchi olimlariga OCIS - Oksford Islom Tadqiqotlari Markazida 6 oylik amaliyot o‘tash imkonini beruvchi to‘la moliyalashtirilgan Chevening granti

  • 12/09/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • 07/11/2023 08:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Oksford islom tadqiqotlari markazi (OCIS) besh va undan yuqori yillik tajribaga ega professional tadqiqotchilar uchun Chevening almashinuv dasturi ochiq ekanligini ma’lum qiladi. 

2024-yilning oktabr oyida boshlanib, 6 oy davom etadigan dastur uchun 2023-yilning 7-noyabriga qadar hujjat topshirish davom etadi.

Dastur davomida nomzodlar islom dunyosi, jumladan, islom tarixi va klassik islom fanlari, iqtisod va islomiy moliyani o'z ichiga olgan masalalarni Oksford Islom markazida olimlar davrasida muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shu bilan birga, o‘zlari o‘rganayotgan mavzu yuzasidan Oksfordda tadqiqot o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi, bu bilan ular islom madaniyati va sivilizatsiyasi hamda zamonaviy musulmon jamiyatlari ilmiy akademiyasi doirasida doimiy muloqot va hamkorlikni rag‘batlantirish va rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Biroq, olimlardan Buyuk Britaniyaga kelgunga qadar o‘zlari ishtirok etadigan ilmiy tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish so‘raladi.

Maqbullik shartlari

  1. Ro‘xtada keltirilgan davlatlardan birining fuqarosi bo‘lish (O'zbekiston nomi qayd etilgan; to‘liq ro‘yxat uchun);
  2. Yetakchilik va ta’sir o‘tkaza olish qobiliyatini hamda bu potentsialni aks ettiruvchi shaxsiy, intellektual va shaxslararo fazilatlarni namoyish etish;
  3. Dastur tugagach, vataniga qaytib kelish;
  4. Ariza topshirish vaqtida doktorlik darajasiga yoki  unga teng ilmiy darajaga ega bo‘lish;
  5. Kamida 5 yillik professional va/yoki ilmiy tadqiqot tajribasiga ega bo‘lish;
  6. Ingliz tilini, hech bo‘lmasa, minimal darajada bilish;
  7. Britaniya fuqaroligini olgan yoki ikki davlat fuqaroligini olgan (shulardan biri Buyuk Britaniya bo‘lsa) shaxslar topshira olmaydilar;
  8. Ilgari mukofotlanganlar kamida 5 yil tanaffus olgan, bu vaqt orasida sermahsul ijod qilganlarini tasdiqlay olgan taqdirlaridagina qayta topshirishlari mumkin.

Foydali tomonlari

Nomzodlar uchun quyidagi imtiyozlar belgilangan:

  1. Oksford Islom Markazida olti oylik tadqiqot qilish imkoniyati;
  2. Dastur davomida yashash xarajatlari va Britaniyaga borish-kelish uchun chipta xarajatlari qoplanadi;
  3. Tadqiqot bilan bog‘liq tadbirlar uchun stipendiya beriladi;
  4. FCDO va Chevening kotibiyati tomonidan tashkil etiladigan madaniy tadbirlar va dasturlarda ishtirok etish huquqi beriladi.

Hujjat topshirish

Arizachilar quyidagi tartibida hujjat topshirishlari kerak:

  1. Onlayn arizani to‘ldirish;
  2. 2 ta tavsiyanoma xatini yuklash;
  3. Tadqiqot rejasini yozish.

Eslatma:

Onlayn arizani to‘ldirishdan oldin, arizani qanday jo‘natish haqida tayyorangan video-roliklni ko‘rib chiqish va tavsiyanoma xatiga qo‘yilgan talablar bilan tanishib chiqish qat’iy tavsiya etiladi. Shuningdek, kerakli hujjatlarga qo‘yilgan talablar tanlangan dasturdan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin. 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Arizalarni qabul qilish muddati yakunlangach, 1 kun ichida talabga javob berish-bermasligiga ko‘ra birlamchi saralash bosqichi o‘tkaziladi. Noyabr o‘rtasiga qadar alohida komitetlar hujjatlarga baho berib, Buyuk Britaniyaning elchixonalariga/yuqori komissiyalariga taqdim etadilar. Shundan so‘ng, dekabrning o‘rtasiga qadar intervyu uchun loyiq nomzodlar ro‘yxati shakllantiriladi va elektron pochta orqali xabar jo‘natiladi. 2024-yilning fevral-aprel oylarida muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlardan tavsiyanoma xatlari va o‘quv hujjatlari yuborish so‘raladi. Intervyu natijalari 2024-yilning iyul oyida e’lon qilinadi. 

Sentabr/oktabr oylaridan boshlab 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan almashinuv dasturi boshlanadi.

Qo‘shmcha ma’lumotlarni:

Buyuk Britaniya
PhD tadqiqotchi olimlariga OCIS - Oksford Islom Tadqiqotlari Markazida 6 oylik amaliyot o‘tash imkonini beruvchi to‘la moliyalashtirilgan Chevening granti

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar