Samarqand shahrining turistik jozibasini koʻrsatib berishga qaratilgan 30 million mukofotga ega video-ssenariylar tanlovi

Samarqand shahrining turistik jozibasini koʻrsatib berishga qaratilgan 30 million mukofotga ega video-ssenariylar tanlovi

  • 01/03/2024 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 31.03.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Rus tili, O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi tomonidan mamlakatimiz durdonasi boʻlmish Samarqand shahrining turistik salohiyatini namoyish qilish maqsadida “Samarqand — Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” mavzusidagi videorolik uchun professional darajadagi ssenariylar tanlovi eʼlon qilinadi. Ssenariy Samarqandning diqqatga sazovor joylarini targʻib qilishga asoslangan boʻlishi kerak. Tanlov 2024-yil 1-martdan 31-martga qadar oʻtkaziladi. Tanlovdan bir nafar gʻolib saralab olinadi va u joriy yil 20-aprelga qadar 30 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Koʻhna va navqiron Samarqand shahrining jozibasini va oʻz salohiyatingizni namoyish etishga shoshiling!

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Ssenariy 3 minutlik videorolik uchun moʻljallangan boʻlishi kerak;
  • Ssenariy Samarqandning diqqatga sazovor joylarini targʻib qilishga asoslangan boʻlishi kerak;
  • Ssenariy yozish talablariga toʻgʻri kelishi kerak (ekspozitsiya, kulminatsiya, final);
  • Adabiy til normalariga javob berishi kerak. Ssenariylarni oʻzbek yoki rus tilida topshirish mumkin;
  • Asoslantirilgan maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak;
  • Salbiy taassurotga ega boʻlmasligi kerak;
  • Tanlov ishtirokchisi (ssenariy muallifi) sifatida Oʻzbekiston fuqarolari, Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham qatnashishlari mumkin;
  • Tanlov ishtirokchisi faqat bitta ssenariy bilan tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga taqdim etiladigan ssenariyda quyidagilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:

  • Millatlararo janjallarni qoʻzgʻatuvchi mazmunidagi millatchilik va ekstremistik chaqiriqlar, giyohvand moddalarni tarqatishga, davlatga va Konstitutsiyaga qarshi mazmundagi taqiqlangan bayonotlar hamda shu kabi bayonotlarga xizmat qiluvchi lavhalar;
  • Zoʻravonlik, buzgʻunchilik sahnalari, shuningdek odamlar va hayvonlarning jismoniy azoblanishini aks ettiruvchi sahnalari boʻlgan ssenariylar;
  • Qoʻrqinchli, stressli hissiyotlar va hayajonlarni koʻrsatuvchi matnlar, sahnalar, ovoz effektlari bor ssenariylar.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Tanlovdan bir nafar gʻolib saralab olinadi va u joriy yil 20-aprelga qadar 30 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Dastur foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashish jarayoni quyidagicha:

  • Tanlovga ssenariylar 2024-yil 1-martdan 31-martga qadar qabul qilinadi;
  • Tanlovga joʻnatiladigan ssenariy “Samarqand — Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” mavzusidagi videorolik uchun professional darajadagi ssenariylarni ushbu elektron manzil orqali joʻnatish lozim;
  • Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan ssenariylar tanlov tashkilotchilari tomonidan baholanadi.

Eslatma! Ishtirokchi taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiqligi uchun javobgardir.

Tanlov materiallarini ushbu havola orqali joʻnatish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Maʼlumot uchun:

Tel: +998 71 200 00 88 (Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju;)

Manzil:100015, Toshkent sh, Oybek koʻchasi 18-uy

Oʻzbekiston;

Call-markaz: 1173;

Savollar uchun: info@nationalprcentre.com

Tanlov haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham maʼlumot olish mumkin:

-Facebook;

-Instagram;

-Pinterest;

-Telegram;

-YouTube;

-Twitter.

Oʻzbekiston
Samarqand shahrining turistik jozibasini koʻrsatib berishga qaratilgan 30 million mukofotga ega video-ssenariylar tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar