TalpynUp: London Imperial Kolleji va Qozog’iston biznes-trenerlari uyushmasidan tadbirkor ayollar uchun 6 oylik biznes-mentorlik dasturi

TalpynUp: London Imperial Kolleji va Qozog’iston biznes-trenerlari uyushmasidan tadbirkor ayollar uchun 6 oylik biznes-mentorlik dasturi

  • 13/03/2024 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 18.04.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Rus tili
  • Yosh chegarasi
    21 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

London Imperial kolleji Qozogʻiston biznes-trenerlari uyushmasi bilan hamkorlikda oʻz biznesiga ega tadbirkor ayollar uchun 6 oylik TalpynUp biznes-mentorlik dasturini taqdim etadi.

Dastur savdo koʻnikmalari, soliq va moliyaviy qonunchilik, kadrlar boshqaruvi, biznes rejalashtirish, marketing va tarmoq kabi mavzular boʻyicha intensiv onlayn treningning olti modulini oʻz ichiga oladi va 2024-yil 20-apreldan 3-noyabrgacha davom etadi. Bu yil Qirgʻiziston va Oʻzbekiston ishtirokchilari uchun 30 ta grant oʻrinlari, Qozogʻiston uchun yana 120 ta grant oʻrinlari ajratilgan.

Ishtirokchilar quyidagi sohalarda aniq amaliy bilimlarga ega boʻladi:

  • Biznesda qoʻrqmasdan harakat qilish va samarali natijalarga erishish;
  • Biznesni tizimlashtirish;
  • Moliya;
  • Soliqlar;
  • Biznes jarayonlari;
  • HR boshqaruvi;
  • Marketing strategiyasini ishlab chiqish;
  • Mahsulotni qanday qadoqlash va sotishni oʻrganish;
  • Oʻziga boʻlgan ishonchni mustahkamlash;
  • Biznesni rejalashtirish.

Dasturdan keyin quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlish mumkin:

  • Biznes daromadni 1,5 baravar yoki undan koʻproq oshirish;
  • Biznes jarayonlarini 35% ga yaxshilaydigan strategiyani yaratish;
  • Yetakchilik salohiyatini 30% ga oshirish;
  • Qozogʻiston boʻylab tadbirkor ayollar bilan mustahkam aloqalar tarmogʻini yaratish;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda va tadbirlarda notiqlik mahoratini egallash;
  • Mijozlarni 20% ga oshirish uchun marketing strategiyasidan foydalanish.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda 21 yoshdan yuqori va oʻz biznesiga ega tadbirkor ayollar qatnashishi mumkin;
  • Qozoq yoki rus tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim.
  • Dasturda qatnashish uchun maxsus toʻlov mavjud. Biroq quyidagi ishtirokchilarga grant taqdim etiladi:
    • 29 yoshgacha boʻlgan ayollar, koʻp bolali onalar yoki rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning onalari;
    • 1 yildan 3 yilgacha faoliyat yuritadigan biznes egalari.

Foydali tomonlari

  • Kurs yakunida maxsus diplom beriladi;
  • Dastur tadbirkor ayollarga biznesda aniq natijalarga erishish uchun qimmatli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish imkoniyatini taqdim etadi:
    • 35 nafar mutaxassis tomonidan oʻquv darslari;
    • Biznes-trenerlar bilan 192 soatlik amaliy mashgʻulotlar;
    • 250 daqiqalik oʻquv videolari.
  • Eng yaxshi ustoz va murabbiylar maxsus mukofotlar bilan ragʻbatlantiriladi;
  • Biznes reja yozish oʻrgatiladi;
  • Qozogʻiston boʻylab ishbilarmon ayollar bilan aloqa qilish imkoniyati.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 18-aprel, 2024-yil;
  • Tel: +7 708 848 55 11.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Oʻzbekiston
TalpynUp: London Imperial Kolleji va Qozog’iston biznes-trenerlari uyushmasidan tadbirkor ayollar uchun 6 oylik biznes-mentorlik dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar