UNICEF tashabbusidagi kosmonavtika sohasiga qiziquvchi qizlar uchun UniSat STEM dasturi

UNICEF tashabbusidagi kosmonavtika sohasiga qiziquvchi qizlar uchun UniSat STEM dasturi

  • 08/11/2022 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 27/11/2022 23:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    15 yoshdan 24 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

UNICEF, Tech4Impact NNT va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan fazo ilmiga qiziquvchi Oʻzbekiston qizlari uchun UniSat STEM dasturi tashkil etildi.

Ushbu dasturda 15 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan muhandislik, matematika, IT va fazo ilmi sohalariga qiziquvchi bacha qizlar ishtirok etishlari mumkin. 

UniSat missiyasi — qizlarda jamoada ishlash, omma oldida chiqishlar qilish, vaqtni samarali boshqarish, ijtimoiy moslashuvni oshirish bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalarni rivojlantirish. Bu ilm-fan, kosmik texnologiyalar, STEM-ta’limni ommalashtirish va keng jamoatchilik e’tiborini O‘zbekistonning ilg‘or yoshlari orasida texnologik sohalarda gender masalasiga jalb qilish dasturi.

Ishtirokchi qizlar dasturiy va apparat taʼminotini ishlab chiqish sohasidagi yetakchi mutaxassislardan CubeSat formatidagi haqiqiy nanoyoʻldoshni yigʻish va uni stratosferaga uchirishni oʻrganishadi, kosmik texnikani 3D-modellashtirish, kommunikatsiyalarni boshqarishning dasturiy bloklarini loyihalashtirish boʻyicha bilimlarga va Linux ostiga dasturlashtirish asoslariga ega boʻlishadi.

Dasturning faoliyati haqida batafsil ushbu havola yoki nizom orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Oʻzbekistonning istalgan hududidan 15 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan qizlar qatnashishi mumkin;
  • Maxsus maʼlumot va koʻnikmalar talab qilinmaydi.

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dasturga qabul qilingan qizlar 4 oylik onlayn va oflayn seminarlar, amaliy mashgʻulotlar davomida, taniqli olimalar, kosmonavtlar, matematiklar, muhandislar bilan uchrashadilar;
  • 20 nafar eng yaxshi ishtirokchi qizlar Toshkentda InnoLab laboratoriyasida CubeSat’ni yig‘ish bo‘yicha stajirovkadan o‘tadi;
  • Har biri 10 nafar ishtirokchi qizdan iborat 2 ta ekipaj 2023-yil bahorida o‘zlari yasagan CubeSat’ni stratosferaga uchirish bo‘yicha musobaqalarda qatnashadi;
  • Dastur davomida qizlar quyidagi bilimlarga ega boʻladilar:
    • Jamoani shakllantirish va vaqtni rejalashtirish;
    • Yoʻldoshning dastlabki dizayniga va 3D modellashtirishga kirish;
    • Dasturiy taʼminot integratsiyasi va uskunalarni yigʻish;
    • UniSat nanoyoʻldoshini loyihalashtirish va ishlab chiqishga muhandislik yondashuvi;
    • UNISAT tomonidan qoʻllanadigan Yevropa kosmik sanoat standarti (ECSS);
    • Maʼlumotlar tahlili va boshqa koʻplab qiziqarli fanlar

Dasturning manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashish uchun qizlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur nizomi haqida ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Shuningdek, facebook, instagram va telegram sahifalarida ham tanlov bo'yicha atrofli tanishish mumkin.

Oʻzbekiston
UNICEF tashabbusidagi kosmonavtika sohasiga qiziquvchi qizlar uchun UniSat STEM dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar