Xitoyning Chjenjou Universitetida doktorantlar uchun toʻrt yillik toʻliq moliyalashtiriluvchi dastur

Xitoyning Chjenjou Universitetida doktorantlar uchun toʻrt yillik toʻliq moliyalashtiriluvchi dastur

  • 15/10/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Xitoy Davlat
  • 15.12.2023 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

Xitoyning tajribali oʻqituvchilar jamoasiga ega boʻlgan Chjenjou Universiteti doktorantura bosqichi uchun turar-joy xarajatlarini qoplaydigan va oyiga 3500 yuan stipendiya bilan taʼminlaydigan dastur boʻlib, turli xil yoʻnalishlarni qamrab oladi. Dastur turli xil tadbirlar, tennis mashgʻulotlari, fotosuratlar musobaqasi kabi tadbirlarni ham taqdim qiladi. Oʻquv yili davomiyligi — 4 yil.

Dasturga har yili 2 marta qabul ochiladi: bahorgi semestr (Mart) va kuzgi semestr (Sentabr). Ayni paytda bahorgi semestr uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda. Dedlayn: 15-dekabr, 2023-yil.

Maqbullik shartlari

  • Xitoy fuqarosi boʻlmagan, sogʻlom, sudlanmagan boʻlishi;
  • Xitoy Xalq Respublikasi va Chjenjou Universiteti qoidalariga rioya qilishi;
  • Malakali mutaxassis va tadqiqotchi boʻlish uchun intellektual salohiyatga ega boʻlishi;
  • Nomzodlar ariza topshirish vaqtida Xitoy universitetlarida doktorantura talabasi sifatida roʻyxatdan oʻtmagan boʻlishlari;
  • Xitoy tilida oʻqitiladigan dasturlarga hujjat topshiruvchi nomzodlar 210 ball toʻplagan HSK 5 darajasiga ega boʻlishlari;
  • Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga hujjat topshiruvchi nomzodlar (ona tili ingliz tili boʻlmagan) IELTS 6.5 va undan yuqori darajaga ega boʻlishlari.

Foydali tomonlari

  • Toʻliq oʻqish toʻlovi;
  • Toʻrt yil davomida turar joy xarajatlari uchun oyiga — 1000 yuan ($137);
  • Oylik stipendiya — 3500 yuan ($478)

Hujjat topshirish

Kerakli hujjatlar:

1. Ariza formasi. Yuklab olish.

2. Rezyume va pasport.

3. Bakalavr va magistratura darajalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning asl nusxalari:

  • agar nomzod oʻqishni tamomlamagan boʻlsa, talabalikni tasdiqlovchi hujjat va mehnat daftarchasini taqdim qilishi kerak;
  • xitoy va ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar ushbu tillarning biriga tarjima qilinib ilova qilinishi kerak.

4. Chjenjou universitetida tadqiqot olib borish uchun qiziqqanligingiz toʻgʻrisida xat. Kamida 2000 ta soʻz boʻlishi kerak.

5. Oʻqituvchilar tomonidan berilgan 2 ta tavsiyanoma. Tavsiyanoma beruvchining email va telefon raqami xatda kiritilishi kerak.

6. HSK, TOEFL, IELTS va boshqa tillarni bilishni tasdiqlovchi sertifikat nusxalari.

7. Jismoniy sogʻlomlik va qon tahlili toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (ingliz yoki xitoy tilida).

8. Sudlanmaganlik haqidagi notarial tasdiqlangan hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlarni tayyorlagach quyidagi saytdan roʻyxatdan oʻting va hujjatlarni yuboring: https://zzu.17gz.org/member/login.do

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Natijalar Universitet rahbariyati tomonidan barcha hujjatlar ko‘rib chiqilgandan so‘ng 4-6 haftadan keyin onlayn tarzda e’lon qiladi.

Xitoy
Xitoyning Chjenjou Universitetida doktorantlar uchun toʻrt yillik toʻliq moliyalashtiriluvchi dastur

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar