Yetakchi yoshlar uchun AQShda 1 yil davomida amaliyot qilish uchun Community Engagement Exchange Program dasturi

Yetakchi yoshlar uchun AQShda 1 yil davomida amaliyot qilish uchun Community Engagement Exchange Program dasturi

  • 01/11/2022 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 30.11.2022 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    21 yoshdan 28 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

AQShning IREX tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Community Engagement Exchange (CEE) dasturi XXI asrning dolzarb muammolarini hal qilish qobiliyatiga ega boʻlgan innovatorlarning dinamik global tarmogʻidir. Ushbu dastur 100 dan ortiq mamlakatlarda koʻp tarmoqli yondashuvlarni ishlab chiqish, sogʻlom va faol hamjamiyatlarni barpo etishni maqsad qilgan.

CEE dasturi 21-28 yoshdagi ijtimoiy faol yetakchilariga jamiyat manfaati, xususan, adolatli boshqaruv va tinchlik oʻrnatish, ayollar muammosi, gender tengligi kabi masalalarda kuchli tajribaga ega boʻlish imkoniyatini taqdim etuvchi bir yillik dastur hisoblanadi.

Ushbu dastur quyidagi qismlardan iborat:

  • Three-month Practicum in the United States — AQShda 3 oylik amaliyot. Bunda ishtirokchilar IREX tomonidan butun Qoʻshma Shtatlardagi fuqarolik jamiyati tashkilotlariga joylashtiriladi. Tayinlangan rahbarlar koʻmagida 3 oy davomida amaliyot oʻtaydilar;
  • Leadership and Civic Engagement Academy — Liderlik va Fuqarolik ishtiroki akademiyasi. Bunda ishtirokchilar xizmat koʻrsatish koʻnikmasi, yuzma-yuz trening, murabbiylik soatlari va global tarmoqqa kirish kabi mashgʻulotlarni oʻz ichiga olgan interfaol oʻquv dasturida ishtirok etadilar;
  • Community Engagement Project (CEP) — Hamjamiyat ishtiroki loyihasi. Bunda AQSHdagi mezbon tashkilot va murabbiylar yordamida CEE stipendiatlari uyga qaytganlaridan keyin amalga oshirish uchun jamoatchilik ishtiroki loyihasini ishlab chiqadilar. Ishtirokchilar AQShdan joʻnab ketganlaridan soʻng, ular ushbu loyihalarni oʻz vatanida amalga oshiradilar;
  • Community Engagement Project (CEP) Exchange — Hamjamiyat ishtiroki loyihasi almashinuvi. Bunda tanlangan amerikalik mezbonlar va CEE mutaxassislari CEE bitiruvchisi mamlakatiga sayohat qilishadi. Dastur loyihasini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash, qolaversa, Amerika Qoʻshma Shtatlari yoki borgan davlatlarida jamiyatni mustahkamlash uchun oʻrgangan bilimlarni amalda qoʻllash uchun hamkorlikda ishlaydi.

Dastur davomida safar xarajatlari qoplanadi va ishtirokchilarga xarajatlar uchun oylik stipendiya beriladi.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod berilgan davlat fuqarosi boʻlishi (Oʻzbekiston roʻyxatda mavjud) va 21-28 yosh oraligʻida boʻlishi boʻlishi kerak;
  • Dasturga ariza topshirish vaqtida kamida 2 yillik ish yoki volontyorlik tajribasiga ega boʻlishi shart;
  • Hozirda oʻz vatanida yashayotgan va ishlayotgan, qolaversa, jamiyatini rivojlantirishga yetarli hissa qoʻshayotgan, ijtimoiy jihatdan faol va tashabbuskor boʻlishi darkor;
  • Ingliz tilidan mukammal ogʻzaki va yozma bilimga ega boʻlishi shart. (Yarim finalchilar TOEFL yoki IELTS sertifikati yoki imtihonini topshirishlari kerak boʻladi);
  • AQShga 3 oy davomida sayohat qila olishi va Hamjamiyat ishtiroki loyihasini (CEP) yakunlash uchun vataniga qaytishi kerak;
  • AQSh J-1 vizasi talablariga javob berishi lozim;
  • Hozirgi IREX xodimi yoki maslahatchisi va ularning yaqin oila aʼzolari dasturda ishtirok eta olmaydi.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • AQShga borish-kelish xarajatlari toʻliq qoplanadi;
  • Yashash va oziq-ovqat xarajatlari uchun oylik stipendiya bilan taʼminlanadi;
  • Tibbiy sugʻurtaga ega boʻladi;
  • J-1 vizasini olishda yordam beriladi.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun ishtirokchilar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari va ariza topshirishlari lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Har bir ishtirokchi dastur davomida beshta mavzudan biriga eʼtibor qaratishi shart:

  • Civic dialogue and peacebuilding — Fuqarolik muloqoti va tinchlik oʻrnatish;
  • Open and participatory government - Ochiq va xalqqa xizmat qiluvchi hukumat;
  • Resilience and sustainable development - Bardoshlilik va barqaror rivojlanish;
  • Women and gender — Ayollar va jender tengligi;
  • Youth engagement — Yoshlarning faolligi.

Dastur bo'yicha tez-tez so'ralgan savollarga javoblar bu yerda.

Savollar bo'yicha: apply.CEE@irex.org.

AQSh
Yetakchi yoshlar uchun AQShda 1 yil davomida amaliyot qilish uchun Community Engagement Exchange Program dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar