Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun  toʻliq moliyalashtiriladigan 5 kunlik Global Peace sammiti

Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan 5 kunlik Global Peace sammiti

  • 01/04/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • 15.05.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    16 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Global Peace Chain tashkiloti Youth Led Organization va Global Tours tashkilotlari bilan hamkorlikda dunyo boʻylab oʻz shaxsiy fikriga ega, tengdoshlari orasida yetakchi, qolaversa, bahs-munozarani sevuvchi barcha yoshlarni Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida boʻlib oʻtadigan 4 kunlik Global Peace Summitda ishtirok etishga taklif etadi. Ushbu dastur 2024-yil 8-12-sentyabr kunlari ingliz tilida olib boriladi.

Sammitning asоsiy mavzusi: Leadership Management & Conflict Resolution Certification.

Ushbu xalqaro sammit dunyoning rivojlanishiga taʼsir oʻtkazishni maqsad qilgan boʻlib, barcha yetakchilarni bir joyga toʻplaydi. Dasturning asosiy vazifasi esa 2030-yilgacha Birlashgan Millatlar Tashkilotining 17 Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish uchun butun dunyodan yoshlarni safarbar qilishdan iborat.

Global tinchlik mavzusiga bagʻishlangan ushbu sammit dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yosh, malakali va gʻayratli tinchlik qoʻllab-quvvatlovchi yoshlarga fikrlarini yanada kengaytirish va dunyo boʻylab tinchlikni yoʻlga qoʻyish uchun oʻz reja va maqsadlarini taqdim etish imkonini beradi. Ushbu sammit motivatsiyaga ega boʻlgan yoshlarni birlashtirish, ularning qobiliyatlarini kengaytirish, ularga fikrlarini va ular bilan aloqa (networking) oʻrnatishdan iborat. Shuningdek, sammitda zoʻravonlikka qarshi kurashda dinlararo totuvlik, mehr-shafqat va bagʻrikenglikni targʻib qilish uchun jamiyatga asoslangan tadbirlar va tinchlik muloqotlar oʻtkaziladi.

Sammitda jami 134 nafar ishtirokchilar qatnashishi mumkin. Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning barcha xarajatlari, jumladan, safar, turarjoy va oziq-ovqat xarajatlari moliyalashtiriladi. Bundan tashqari, sammit yakunida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Global Peace Chain tashkiloti yillar davomida yoshlarning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda. Dastur erishgan yutuqlar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda 16 yoshdan katta boʻlgan barcha xodimlar/talabalar, yosh faollar va yetakchilar ishtirok etishi mumkin;
  • Nomzod keng fikrli, kuchli motivatsiya va qiziqishga ega boʻlishi kerak;
  • Sammit ingliz tilida olib borilgani sababli ishtirokchilar ingliz tilini bilishi lozim. Sertifikat talab etilmaydi;
  • Maktab bosqichini tugatgan boʻlishi kerak;
  • Har qanday darajadagi ijtimoiy/taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishi lоzim.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dastur 15 ta toʻliq qoplanuvchi, 25 ta qisman qoplanuvchi grantlar va 94 ta pullik oʻrinlarni taklif qiladi.

Toʻliq qoplanuvchi grant egalariga:

  • Buyuk Britaniyaga sayohat uchun bepul aviachipta beriladi;
  • Kembrij universitetidan yotoqxona va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
  • Sammitda ishtirok etish uchun ruxsatnoma, sammit sumkasi, dastur soʻnggida sertifikat va yakuniy bayramda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Viza olish uchun amaliy yordam.

Qisman qoplanuvchi grant sohiblari aviachiptadan tashqari yuqoridagi barcha imkoniyatlarga ega boʻladi;

  • Sammit davomida tinchlik, taʼlim, yetakchilikni rivojlantirishga oid mavzularda seminar va amaliy mashgʻulotlar tashkil etiladi;
  • Professional tajribaga ega keng fikrli yosh ijtimoiy tadbirkorlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Barcha ishtirokchilarga “MAPS Global Tours agentligi tomonidan sayohat boʻyicha maslahat beriladi.

Dasturning manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

  • Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza shaklini tоʼldirish kerak.
  • Ariza topshirish narxi — £30;
  • Ariza topshirishda savollar tugʻilsa, queries@globalpeacechain.org elektron manzilga murojaat qilish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Sammitda ishtirok etish mumkin bоʼlgan mavzular bilan ushbu havоla оrqali tanishish mumkin.

Muhim sanalar:

  • 2024-yil 15-may — dastur uchun hujjat tорshirishning оxirgi muddati;
  • 2024-yil 20-may - natijalar eʼlon qilinadi;
  • 2024-yil 30-may — gʻоlib nоmzоdlar dasturda qatnashishini tasdiqlashning оxirgi muddati.

Eslatma: dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar sayohat qilish pasportiga (qizil pasport) ega boʻlishi zarur. Dasturning qanday oʻtishi, dastur agendasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dastur haqida koʻp berilgan savollar va ularning javobi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan 5 kunlik Global Peace sammiti

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar