OSCE akademiyasi tomonidan talabalar uchun Bishkek va Issiqko’lda barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi maktab

OSCE akademiyasi tomonidan talabalar uchun Bishkek va Issiqko’lda barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi maktab

  • 07/05/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Qirgʻiziston Davlat
  • 06/06/2024 17:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Bishkekdagi Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YXHT) Akademiyasi Markaziy Osiyodagi yagona YXHT taʼlim loyihasi hisoblanadi. Ushbu Akademiya Markaziy Osiyoda tashkilotning asosiy qadriyatlarini keng yoyish maqsadida tashkil etilgan.

Akademiya tomonidan tashkil etilayotgan barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktabda bitiruvchi bosqich talabalari, bakalavriatni tugatganlar ikkita keng ilmiy tadqiqot mavzusida yaʼni “Siyosat va xavfsizlik” va “Iqtisodiy boshqaruv va taraqqiyot” yoʻnalishlari boʻyicha magistrlik dasturlariga tayyorgarlik kurslarida ishtirok etishadi. Shuningdek, Akademiyaning dasturlaridan biriga yoki boshqa biror bir xalqaro magistratura kursiga kirish uchun zarur boʻlgan ingliz tilida akademik yozish qobiliyatini ham oʻzlashtiradilar.

Dastur 5-30-avgust kunlari Bishkek va Issiqko'l shahrida boʻlib oʻtadi. Unda barcha Markaziy Osiyo davlatlari: Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston va Turkmaniston yoshlari ishtirok etishadi. Dastur orqali oʻz koʻnikmalaringizni oshirish bilan birgalikda yangi doʻstlar orttirish va Qirgʻizistonga sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻlish mumkin.

Yozgi maktab ishtirokchilari quyidagi sohalar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishadi:

  1. Birinchi yoʻnalishda:
  • “Iqtisodchilar uchun matematika” kursida matritsaning asosiy nazariyasi va koʻp oʻlchovli funksiyalarning differensial hisobi oʻrganiladi. Ushbu kurs quyidagi mavzularni oʻz ichiga oladi: matritsalar va ularni chiziqli tenglama tizimlariga tatbiq etish, oddiy va qisman hosilalar, total differensial, Teylor teoremasi, noaniq va aniq integrallar, cheklanmagan va cheklangan optimallash usullari. Barcha tushunchalar iqtisodiy qoʻllanmalar bilan tasvirlangan.
  • Ingliz tilida Akademik yozish kursi yozuv uslubi, shakli va tashkiliy tuzilishi toʻgʻrisida bilimlaringizni oshirishga yordam beradi. Ushbu kursda namunaviy matnlarni tahlil qilish va ularning elementlarini aniqlash orqali yozish mahoratingizni oshirishga erishish mumkin.

  2. Ikkinchi yoʻnalishda:

  • “Ijtimoiy fanlar boʻyicha tadqiqot usullariga kirish” kursi aspirantlar va magistratura talabalarining mustaqil tadqiqot loyihalariga tayyorgarlik koʻrishlariga yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Kurs talabalarni tadqiqot usullarining xilma-xilligi, har bir uslubning mantiqiyligi va dolzarbligi, konseptual qurilish materiallari va ijtimoiy tadqiqotlarning falsafiy asoslari bilan tanishtiradi. 
  • Ingliz tilida Akademik yozish kursi yozuv uslubi, shakli va tashkiliy tuzilishi toʻgʻrisida bilimlaringizni oshirishga yordam beradi. Ushbu kursda namunaviy matnlarni tahlil qilish va ularning elementlarini aniqlash orqali yozish mahoratingizni oshirishga erishish mumkin.

Dastur kurslari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

Maqbullik shartlari

  • Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari topshira oladi;
  • Iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik va shunga aloqador sohalar bo'yicha bakalavriatning oxirgi kurs talabalari va uni tugatganlar topshirishi mumkin;
  • Ingliz tilini yaxshi (kamida B2 darajada) bilish kerak;
  • Markaziy Osiyodagi xalqaro munosabatlarga qiziqishi kerak.

Foydali tomonlari

  • 4 hafta uchun 450 yevro stipendiya ajratiladi;
  • Markaziy Osiyo davlatlaridan Bishkekkacha aviachipta qoplanadi;
  • Viza masalasida yordam beriladi.

Eslatma: Dastur ishtirokchining tibbiy sugʻurtasi va oila aʼzolarining xarajatlarini qoplamaydi. Biroq, Bishkekka sayohat qilish va shaharda yashash joyi topish bilan bogʻliq barcha masalalarda yordam beradi. Moliyaviy mablagʻ bilan qoʻllab-quvvatlash dastur fondiga bogʻliq va fond tanlov asosida ajratiladi.

Hujjat topshirish

Ushbu havola orqali registratsiyadan oʻtish kerak va yoʻnalishlardan birini tanlab hujjatlarni taqdim etish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qoʻshimcha savollar uchun: 

ma-admission@osce-academy.net

Qirgʻiziston
OSCE akademiyasi tomonidan talabalar uchun Bishkek va Issiqko’lda barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi maktab

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar