Yevropada turizm menejmenti yoʻnalishini ERASMUS MUNDUS dasturi orqali 3 ta universitetda oʻqish imkoniyati

Yevropada turizm menejmenti yoʻnalishini ERASMUS MUNDUS dasturi orqali 3 ta universitetda oʻqish imkoniyati

  • 30/12/2021 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • Yevropa Davlat
  • 31.03.2022 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    7 yoshdan
  • IELTS talabi
    minimum 6.5

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

EMTM (The European Master in Tourism Management) — Yevropada Turizm yoʻnalishida oʻqish imkoniyatini beruvchi dastur hisoblanib, unga bakalavr, magistratura bosqichini yuqori baholar bilan quyidagi yoʻnalishlarda tamomlagan yoshlar ariza topshirishlari mumkin:

  • turizm
  • iqtisodiyot
  • biznes boshqaruvi
  • geografiya
  • ijtimoiy yoki gumanitar fanlardagi boshqa tegishli sohalar

EMTM ning asosiy maqsadlari:

  • Turizim sohasidagi mutaxassislarni strategik boshqarish va va samarali qarorlar qabul qilishga tayyorlash;
  • Boʻlajak mutaxassislarga turizmni rivojlantirish dinamikasi, boshqaruv tamoyillari, atrof-muhit muammolari, innovatsiyalar uchun madaniy xilma-xillik va ijodkorlikning roli va turistik tarmoqlarni boshqarish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini boshqarish boʻyicha mukammal bilimlar berish;
  • Turizmni boshqarish sohasida yetakchi tadqiqotchilarni tayyorlash.

Dastur ikki yilga mo'ljallangan bo'lib, shu yillar ichida Yevropadagi eng nufuzli 3 ta universitetda o'qish imkoniyatini beradi: 

  • Girona universiteti (Kataloniya, Ispaniya) - Turizm sohasida tadqiqot, sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqish va manzillarni boshqarish boʻyicha izlanishlari bilan mashhur;
  • Janubiy Daniya universiteti (Daniya) - Turizmni barqaror rivojlantirish sohasidagi tadqiqotlari va taʼlimi yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro miqyosda tan olingan;
  • Lyublyana universiteti (Sloveniya) - Turizm siyosatini loyihalash va turizmni atrof-muhitini boshqarish, iqtisodiyot boʻyicha tan olingan universitet.

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga Turizm Menejmenti sohasida qoʻshma diplom (Master of Science in Tourism Management) darajasi beriladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin:

Maqbullik shartlari

  • Nomzodlar bakalavr yoki magistratura bosqichini turizm, iqtisod, biznes boshqaruvi, geografiya yoki ijtimoiy/gumanitar fanlar boʻyicha tamomlagan boʻlishlari;
  • Universitetni yuqori akademik koʻrsatkichlar bilan tamomlagan boʻlishlari (saralash jarayonida bu jihatiga alohida eʼtibor beriladi);
  • Ingliz tilidan til sertifikatlari: kamida TOEFL iBT 88 ball, IELTS 6.5, CAE testidan C1 Advanced, CPE testidan C yoki C2 darajasi boʻlishi talab etiladi;
  • Til sertifikatlari topshirilayotgan vaqtda olinganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi kerak, TOEFL ITP qabul qilinmaydi.

Eslatma: Bakalavr bosqichini ingliz tilida soʻzlashuvchi davlatlardan birida: AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya yoki Irlandiyada tamomlagan nomzodlardan til sertifikatlari talab qilinmaydi.

Dastur talablari haqida ushbu havoladan batafsil bilib olish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Dastur g'olibi kontrakt toʻlovidan ozod etiladi (Yevropa fuqarosi bo'lmaganlar uchun ikki yillik to'lov 14.000 EUR ni tashkil etadi).

Dastur imkoniyatlari haqida bu yerda batafsil bilib olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga hujjatlarni yuborish quyidagi 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich quyidagi hujjatlarni tayyorlash:

  • CV;
  • Universitet diplomining asl nusxasi va ingliz tiliga tarjimasi;
  • Universitetda oʻqigan kurslari va ulardan olgan baholari;
  • Bu dasturda nega oʻqimoqchi ekanligi haqida Motivatsion xat. Xatda shu yoʻnalish boʻyicha tajribaga ega boʻlsa koʻrsatib oʻtishlari maqsadga muvofiq;
  • Ikkita tavsiyanoma xati. Xatda tavsiyanoma yozgan professorning elektron pochta manzili, telefon nomeri va manzili koʻrsatilishi kerak;
  • Pasport nusxasi

Eslatma: Yuqorida koʻrsatilgan barcha hujjatlar skaner qilinishi va ingliz tiliga rasmiy holatda tarjima qilinib bu yerda koʻrsatilgan nomlar bilan saqlanib .pdf shaklida joylanishi shart.

2-bosqich:

  • Yuqorida soʻralgan hujjatlarni barchasini .zip yoki .rar fayl shaklida yuklash soʻraladi. Fayllarning umumiy hajmi 10 MB dan oshmasligi kerak.

3-bosqich:

  • Soʻralgan barcha hujjatlarni .zip yoki .rar fayl shaklida onlayn yuborish soʻraladi.

Dasturga hujjat topshirish bo‘yicha ushbu havoladan batafsil bilib olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qoʻshimcha savollar yuzasidan quyidagi manzillarga murojaat qilish mumkin:

EMTM dasturing ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Yevropa
Yevropada turizm menejmenti yoʻnalishini ERASMUS MUNDUS dasturi orqali 3 ta universitetda oʻqish imkoniyati

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar