15-30 yosh oraligʻidagi barcha uchun “Duel” Respublika yosh ijodkorlari tanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — 424 million soʻm!

15-30 yosh oraligʻidagi barcha uchun “Duel” Respublika yosh ijodkorlari tanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — 424 million soʻm!

  • 01/05/2024 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 29.05.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    15 yoshdan 30 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Respublika yosh ijodkorlar Kengashi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tоmоnidan ijodkor yoshlar oʻrtasida “Duel” tanlovi oʻtkazilmоqda. Mukofot jamgʻarmasi — 424 million soʻm!

Tanlоv yoshlarni adabiy did va saviyasini oshirish, ularning adabiyotga qiziqishi va ishtiyoqini yuksaltirish bilan bir qatorda kattalar sheʼriyati va bolalar sheʼriyati yoʻnalishlarida ijod qilayotgan yosh ijodkorlarning isteʼdodini sogʻlom raqobat asosida shakllantirish maqsadida tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qatʼiy nazar 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar tanlovda ishtirok etish huquqiga ega. Ishtirokchilar talabidan kelib chiqib, ularning tanlov jarayonida oʻzbek va qoraqalpoq tillaridan foydalanishiga ruxsat beriladi.

Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:

  • Saralash bosqichi ;
  • Viloyat bosqichi;
  • Respublika bosqichi.

Duelda ikki nafar finalchi qolgunga qadar ishtirokchilar bir-birlari bilan bellashishadi. Finalga chiqqan ishtirokchilar 3 tadan sheʼr oʻqishadi. Soʻngra Tanlov hakamlari tomonidan avvaldan tayyorlangan 5 konvertdan biri kelishilgan holda tanlanadi va konvert ichidagi mavzu doirasida belgilangan vaqt (1 soat) ichida sheʼr yozish sharti belgilanadi.

Tanlоv gʻоliblari qimmatbahо sоvgʻa va belgilangan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlov toʻliq nizomi bilan bu yerda tanishish mumkin

Maqbullik shartlari

  • Tanlovda kattalar va bolalar she’riyati yo‘nalishida ijod qilayotgan 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha shoirlar qatnashishlari mumkin.

Foydali tomonlari

  • Tanlovning Viloyat bosqichi gʻoliblari 1-oʻrin planshet va 2-oʻrin elektron kitob (bookreader) bilan taqdirlanadi;
  • Respublika bosqichi finalchilari (1- va 2-oʻrin gʻoliblaridan tashqari) 5 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
  • Tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblari 1-oʻrin 50 million soʻm va 2-oʻrin 40 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Hujjat topshirish

  • Ishtirok etish uchun ijodkorlardan Tanlov nizomi bilan tanishib chiqishlari va belgilangan tartibda hujjat yuborishlari soʻraladi;
  • Tanlovda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish @duel_ariza_bot orqali amalga oshiriladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qоʼshimcha maʼlumot uchun: (95) 662-20-24

Oʻzbekiston
15-30 yosh oraligʻidagi barcha uchun “Duel” Respublika yosh ijodkorlari tanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — 424 million soʻm!

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar