Yozuvchilar uchun dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Stenford universitetidan Wallace Stegner almashinuv dasturi

Yozuvchilar uchun dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Stenford universitetidan Wallace Stegner almashinuv dasturi

  • 06/11/2021 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 01/12/2021 12:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    22 yoshdan 75 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yozuvchilar uchun dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Stenford universiteti Wallace Stegner stipendiya dasturini taklif qiladi. 2 yil davom etadigan ushbu dasturga har yili 10 ta ishtirokchi: 5 ta badiiy va 5 ta sheʼriyat yoʻnalishiga qabul qilinadi.

Ishtirokchilar millati, davlati va yoshidan qatʼi nazar ariza topshirishlari mumkin, shuningdek ulardan hech qanday xalqaro sertifikatlar: GRE, IELTS yoki tavsiyanomalar talab qilinmaydi.

Ishtirokchilarni saralashda eng koʻp eʼtibor beriladigan jihatlardan biri ularning qay darajada ijodkorlik bilan yoza olishlari hisoblanadi.

Dasturda ishtirokchilarning oʻqish, yashash, sugʻurta xarajatlari Creative Writing dasturi tomonidan toʻliq qoplab beriladi. Dastur toʻliq akademik jadvalga asoslangan holda olib borilishi sababli, ishtirokchilar bor eʼtiborlarini shunga qaratishlari kerak, yaʼni bu dastur bilan birgalikda boshqa dasturlarda ham oʻqishlari tavsiya etilmaydi. Har kungi trening, oʻqish va tadbirlarda qatnashish uchun nomzodlar Stenford universitetiga yaqin joyda yashashlari kerak boʻladi.

Dastur davomida qaysi ustozlardan tahsil olish mumkinligi haqida bu yerda batafsil o'qish mumkin.

2024-2026-yilga moʻljallangan ushbu dasturga ariza topshirishning oxirgi kuni 2023-yil 1-dekabr soat 12:59.

Maqbullik shartlari

  • Millati va davlatidan qatʼi nazar, 22 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan yozuvchi va shoirlar qatnashishlari mumkin;
  • Nomzodlardan GRE, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar yoki tavsiyanomalar talab qilinmaydi.

Foydali tomonlari

  • Dastur treninglarda bepul qatnashish imkoniyatini beradi;
  • Shuningdek, yashash uchun $50,000 yillik stipendiya beriladi; o'qish puli va tibbiy sugʻurta xarajatlarini qoplanadi.

Hujjat topshirish

Ariza topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Nomzodning ushbu dasturga loyiqligini tasdiqlovchi 2 ta shaxsning kontakt maʼlumotlari (bu yerda tavsiyanoma nazarda tutilmagan);
  • Badiiy adabiyot yoʻnalishi uchun 9000 ta soʻzdan oshmagan ijod namunasi;
  • Sheʼriyat yoʻnalishi uchun 15 bet yoki 1000 ta soʻzdan oshmagan ijod namunasi;
  • Dasturga onlayn ariza topshiriladi va ariza topshirish uchun kredit karta orqali $55 to'lov qilinishi kerak (fee waverga, ya'ni ariza badalini to'lamaslikka ariza berish ham mumkin).
  • Arizalarni havola orqali onlayn yuborish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

  1. Telefon: 650-723-0011
  2. Elektron pochta orqali murojaat qilish uchun:

Tez-tez so'raluvchi savollarga javoblar bu yerda.

AQSh
Yozuvchilar uchun dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Stenford universitetidan Wallace Stegner almashinuv dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar