Amerika Vizasini olishdagi elchixonadagi suhbat bo'yicha tavsiyalar

Elchixonadagi yuzma-yuz suhbat Amerika vizasini olishning ajralmas qismidir. Ammo bu kabi suhbatlar odamni asabiylashtirishi va hayajonlantirishi tabiiy hol. Shu sababli suhbatga tayyorgarlik ko'rish juda muhim hisoblanadi. Ushbu postimizda bu jarayon bo'yicha ba'zi tavsiyalarni berib o'tmoqchimiz. 

 

What Questions Should You Ask Before Joining A Startup?

 

Belgilangan suhbat kuni kelishidan oldin quyidagi savollarga tayyor turishingizni tavsiya qilamiz:

- Kimligingiz va nima ish bilan shug‘ullanishingiz.

- Qayerga jo‘nab ketayotganingiz.

- Safaringiz yakuniga yetgach, rejalaringiz qanday?

- Ushbu sayohat xarajatlarini kim qoplaydi?

- To‘plagan hujjatlaringizning nomlarini bilish.

 

Suhbat davomida konsullar quyidagilarga eʼtibor berishadi:

- AQSHda qayerda yashashingiz;

- moliyaviy holatingiz (bankdagi shaxsiy hisobingizda AQSHda yashash uchun har haftaga $300 pulingiz borligini ko‘rsatishingiz kerak);

- hozirda qayerda ishlashingiz;

- hujjatlar to‘plamiga alohida eʼtibor berish lozim. Konsulda sizning hujjatlaringiz bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lmasligi kerak.

 

Suhbatda o‘zingizni qanday tutishingiz kerak:

- O‘zingizni yo‘qotmang;

- Sayohatingizning maqsadini aniq va lo‘nda ayta olishingiz lozim (qayerga ketyapsiz, nima uchun, qayerda yashaysiz);

- Shunday javob beringki, konsulda biron bir narsani aniqlashtirishga hojat qolmasin.

 

Esda tutish lozim:

- Konsullar juda sinchkov psixolog bo‘lishadi. 

- Suhbat davomida yolg‘on aralashtirish tavsiya etilmaydi. 

- Konsulning ko‘zlariga tik qarab javob berishingiz kerak, aks holda u sizni o‘ziga ishonchi past va yolg‘on gapiryapti deb o‘ylaydi.

- AQSHning dunyodagi istalgan konsulligiga kirishda hech qanday qurilma, jumladan telefonni ham olib kirish taʼqiqlanganligini unutmang!

 

Interviewing in India - GoinGlobal Blog

 

Eslatma: Yuqoridagilar faqatgina tavsiyalar bo'lib, biz sizga viza olishda shaxsiy yordam yoki konsultatsiya taklif qila olmaymiz. 

Manba: TravelBook kanali (GrantGO sayti ushbu kanal bilan kelishuvga ega. Kontentni ikki tomon roziligisiz ko'chirish mualliflik huquqi buzilishi hisoblanadi)

Telegram: https://t.me/grantgouz 

Facebook: https://www.facebook.com/grantgouz/ 

Instagram: https://instagram.com/grantgouz 

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar