Chet elda oʻqish uchun top 10 ta shahar

Mundarija:

  • Boston, AQSh;
  • Syurix, Shvetsariya;
  • Berlin, Germaniya;
  • Sidney, Avstraliya;
  • Parij, Fransiya;
  • Myunxen, Germaniya;
  • Melburn, Avstraliya;
  • Seul, Janubiy Koreya;
  • Tokio, Yaponiya;
  • London, Buyuk Britaniya.

Rasm manbasi

Siz xorijda taʻlim olishni istaysiz, lekin qayerda oʻqishni tanlay olmayapsizmi? Unda sizga Chet elda oʻqish uchun top 10 ta davlat va Oʻzbekistonlik talabalarga chetda oʻqish uchun top davlat nomli maqolalarimiz yordam berishi mumkin. Ushbu maqolalarda chet davlatlari haqida maʼlumot keltirilgan boʻlsa, bu galgi maqolada esa chet elda oʻqish uchun top 10 ta shahar haqida batafsil maʼlumot beramiz.

10. Boston, AQSh.

Rasm manbasi

Rasm manbasi

🎓 Top universitetlar: Massachusetts Institute of Technology (1), Harvard University (4).

💰 Semestr uchun oʻrtacha oʻqish narxi: $59,000.

🏠 Oʻrtacha oylik yashash narxi, shu jumladan, ijara: $5,269.

QS Best Student Cities 2024 reytingida 10-oʻrinni egallagan Boston Nyu-Yorkni ham ortda qoldirib, AQShning eng yaxshi talaba shahri maqomiga ega bo’ldi.

Boston, shubhasiz, dunyodagi eng mashhur akademik markazlardan biri boʻlib, shaharda dunyoga mashhur Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) va Garvard Universiteti joylashgan. MIT va Garvardning akademik qudratiga qoʻshimcha ravishda, Bostonda yana oltita xalqaro reytingga ega universitetlar joylashgan boʻlib, u “Amerikaning Afinasi” nomini olgan intellektual faoliyat markazini tashkil qiladi.

MIT va Garvard tufayli Boston universitetlar reytingida juda yuqori koʻrsatkichga ega. Biroq u aslida ish beruvchilar faoliyati boʻyicha ham eng yuqori oʻrinni egallaydi, bunga sabab esa ta’lim muassasalari bitiruvchilarnining butun dunyo bo'ylab ish bilan ta’minlash darajasi yuqoriligidadir.

Boston jonli va qiziqarli madaniy hayotga ega. Sport, musiqa, raqs, teatr va sanʼatni qamrab oluvchi tadbirlarga toʻla shaharda zerikmaysiz!

9. Syurix, Shvetsariya.

Rasm manbasi

Rasm manbasi

🎓 Top universitetlar: ETH Zurich (7), University of Zurich (91).

💰 Semestr uchun oʻrtacha oʻqish narxi: $2,100.

🏠 Oʻrtacha oylik yashash narxi, shu jumladan, ijara: €1,700 ($1,882).

Syurix oʻzining ajoyib manzarasi, boy tarixi va madaniy xilma-xilligi bilan mashhur. Shahar biznes, moliya va texnologiya uchun global markaz boʻlib, bu yerda koʻplab transmilliy korporatsiyalar joylashgan. Bu talabalarga amaliy tajriba orttirish va oʻz sohalarida professional aloqalarni oʻrnatish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Syurix boy tarix va madaniyatga ega rang-barang va kosmopolit shahardir. Syurixda oʻqish talabalarga mahalliy madaniyatga shoʻngʻish va Shvetsariya urf-odatlari hamda anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi.

Syurix doimiy hayot sifati boʻyicha dunyodagi eng yaxshi shaharlar qatorida turadi. Shahar yuqori turmush darajasi, xavfsizlik, toza muhit, keng koʻlamli dam olish va madaniy maskanlarni taklif etadi.

8. Berlin, Germaniya.

Rasm manbasi

Rasm manbasi

🎓 Top universitetlar: Free University of Berlin (98), Humboldt University of Berlin (120).

💰 Semestr uchun oʻrtacha o'qish narxi: 3,960€ ($3,958).

🏠 Oʻrtacha oylik yashash narxi, shu jumladan, ijara: 2,000€ ($2,194).

Berlinning xalqaro taʼlim darajasi tobora ortib borayotgani qisman ingliz tilida, xususan, aspiranturada koʻplab kurslarga ega boʻlganligi bilan bogʻliq. Berlindagi uchta universitet QS World University Rankings 2024 reytingidan oʻrin olgan.

Berlindagi talabalarning 20 foizini xalqaro talabalar tashkil qiladi. Germaniya davlat universitetlarida mahalliy va xalqaro talabalar uchun barcha bakalavriat toʻlovlari bepul.

Berlin oʻzining yuqori turmush sifati, arzon uy-joy va sayohat imkoniyatlari hamda sogʻliqni saqlash tizimi bilan mashhur. Bitiruvchilar katta ish istiqbollariga ega, chunki xalqaro firmalar ham Germaniya universitetlari bitiruvchilarini ishga qabul qilishni istashadi.

7. Sidney, Avstraliya.

Rasm manbasi

Rasm manbasi

🎓 Top universitetlar: University of Sydney (19), University of New South Wales (19).

💰 Semestr uchun oʻrtacha oʻqish narxi: $29,000.

🏠 Oʻrtacha oylik yashash narxi, shu jumladan, ijara: $2,042.

Melburn Avstraliyaning yetakchi talabalar shahri sifatida tojni egallagan boʻlsa-da, Sidney oʻtgan yilgi oʻrnidan ikki pogʻona yuqorilab, QS Best Student Cities 2024 reytingida yettinchi oʻrinni egalladi.

Sidney, shuningdek, ish beruvchilar faoliyati boʻyicha ham dunyo shaharlari orasida 27-oʻringa ega. Shaharda oʻqishni tugatgandan soʻng Avstraliyada ishlashni xohlovchilar uchun ham koʻplab imkoniyatlar mavjud.

Sidney talabalarga qishi yumshoq va yozi iliq boʻlgan ajoyib iqlimni taklif etadi. Sidneyda oʻqish jahon darajasidagi taʼlim, jonli madaniy xilma-xillik, ajoyib tabiat manzarasi va joʻshqin shahar muhitini taklif etadi. Shahar nufuzli universitetlar, gullab-yashnayotgan sanʼat va madaniyat sahnasiga ega. Oʻzining goʻzal plyajlari, faol mehnat bozori va boy tarixi bilan Sidney butun dunyodagi talabalar uchun boy va xilma-xil akademik va hayotiy tajribani taqdim etadi.

6. Parij, Fransiya.

Rasm manbasi

Rasm manbasi

🎓 Top universitetlar: University PSL (24), Sorbonne University (59).

💰 Semestr uchun oʻrtacha oʻqish narxi: €15,428 ($15,407).

🏠 Oʻrtacha oylik yashash narxi, shu jumladan, ijara: €1,995 ($2,189).

Bu yil ish beruvchilar faolligi reytingida yettinchi oʻrinni egallagan Parij bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʻyicha katta mavqeyga ega. Shahar biznes hududida joylashgan boʻlib, bu yerda koʻplab xalqaro firmalar mavjud va ular tez-tez malakali bitiruvchilarni ishga qabul qiladi.

Fransuz madaniyati jozibasini inkor etib boʻlmaydigan madaniyatdir. Parij har bir burchakda tarix, sanʼat va adabiyot bilan nafas oladi. Luvr va Orse muzeyi kabi muzeylar koʻp asrlik badiiy yorqinlik haqida hikoya qiluvchi xazinaga ega. Shahar meʼmorchiligi esa oʻtgan davrlar haqida hikoya qiladi.

Yevropa chorrahasida joylashgan Parij qitʼani oʻrganish uchun ideal markaz boʻlib xizmat qiladi. Uning hududiy joylashuvi talabalarga qoʻshni mamlakatlarga osongina chiqish va sayohat qilish imkonini beradi.

5. Myunxen, Germaniya.

Rasm manbasi

Rasm manbasi

🎓 Top universitetlar: Technical University of Munich (37), Ludwig Maximilian University of Munich (54).

💰 Semestr uchun oʻrtacha oʻqish narxi: $300.

🏠 Oʻrtacha oylik yashash narxi, shu jumladan, ijara: €1,183 ($1,307).

Germaniyaning xalqaro taʼlim yoʻnalishi sifatida oʻsib borayotgan maqomiga koʻra, mamlakat bu yilgi QS Best Student Cities 2024 reytingi oʻntaligida ikkita oʻrinni band qildi. Myunxen Berlinni ham ortda qoldirib, beshinchi oʻrinni egallab, talabalar uchun dunyodagi eng yaxshi shaharlardan biriga aylandi.

Myunxenning bunday muvaffaqiyatiga, shubhasiz, shaharning boshqa Yevropa markazlari bilan solishtirganda arzon narxlari, hayot sifati, sayohat qilish qulayligi va ish beruvchilar faolligi sabab boʻldi.

Myunxenda mamlakatning bir qancha sayohatbop maskanlari joylashgan. Botanika bogʻlari, tabiiy qoʻriqxonalar, Alp togʻlari, oʻrmonlar va koʻllar shaharni sarguzashtsevar va tabiatga oshno talabalar uchun ideal manzilga aylantiradi.

4. Melburn, Avstraliya.

Rasm manbasi

Rasm manbasi

🎓 Top universitetlar: University of Melbourne (14), Monash University (42).

💰 Semestr uchun oʻrtacha oʻqish narxi: $29,400.

🏠 Oʻrtacha oylik yashash narxi, shu jumladan, ijara: $1,400 - $3,920.

Melburn xalqaro talabalar uchun juda jozibali shahar boʻlib, xilma-xil talabalar hamjamiyatlariga mezbonlik qiladi . Melburndagi yettita universitet QS World University Rankings 2024da koʻrsatilgan boʻlib, ularning eng yuqori reytingi Melburn universiteti, dunyoda 14-oʻrinda, shuningdek, Avstraliyadagi eng yuqori reytingdagi universitetdir.

Melburn Avstraliyaning eng xilma-xil shaharlaridan biri boʻlib, shaharda butun dunyo boʻylab 94 mingga yaqin xalqaro talabalar tahsil oladi. Shu bilan birga, Melburn aholisining qariyb 40 foizi xorijda tugʻilgan.

Melburnda talabalar transport haqida qaygʻurishiga hojat yoʻq. Sababi shaharda poyezdlar, tramvaylar va avtobuslarning keng tarmogʻi mavjud boʻlib, ular shaharda harakatlanishni osonlashtiradi.

Melburn ajoyib kafelari, nonushta madaniyati, shuningdek, Osiyodan tashqaridagi eng yaxshi osiyo taomlari bilan Avstraliyaning oziq-ovqat poytaxti sifatida tanilgan.

3. Seul, Janubiy Koreya.

Rasm manbasi

Rasm manbasi

🎓 Top universitetlar: Seoul National University (41), Yonsei University (76).

💰 Semestr uchun oʻrtacha o'qish narxi: $6,300.

🏠 Oʻrtacha oylik yashash narxi, shu jumladan, ijara: ₩1,600,000 ($1411)

Seul dunyodagi eng yaxshi talaba shaharlaridan biri hisoblanadi. Seuldagi kamida 20 ta universitet QS World University Rankings 2024 reytingidan joy olgan. Ushbu universitetlar qatʼiy akademik standartlari bilan mashhur boʻlgan keng koʻlamli dasturlarni taklif qiladi.

Seul oʻzining jonli madaniyati, zamonaviy infratuzilmasi va iqtisodiy imkoniyatlari bilan mashhur. Shahar koʻplab transmilliy kompaniyalar va startaplarga ega rivojlangan iqtisodiy markazdir. Bu yerda oʻqishni yakunlash Janubiy Koreyada ham, xalqaro miqyosda ham turli sohalarda ish imkoniyatlarini yaratishi mumkin.

Seul oʻzining texnologik yutuqlari va innovatsiyalari bilan mashhur. Shaharda siz texnologiyaning soʻnggi kashfiyotlari va yutuqlaridan bahramand boʻlishingiz mumkin, bu muhandislik, IT yoki informatika kabi fanlarni oʻrganayotgan talabalar uchun foydali boʻlishi mumkin.

2. Tokio, Yaponiya.

Rasm manbasi

Rasm manbasi

🎓 Top universitetlar: University of Tokyo (28), Tokyo Institute of Technology (91).

💰 Semestr uchun oʻrtacha o'qish narxi: $8,600.

🏠 Oʻrtacha oylik yashash narxi, shu jumladan, ijara: ¥200,000 ($1,500).

Dunyodagi eng gavjum shaharlardan biri boʻlgan Tokio katta shaharda oʻqishni istovchilar uchun toʻgʻri tanlov boʻlishi mumkin. Tokio QS Best Student Cities 2024 reytingida Osiyodagi xalqaro talabalar uchun eng yaxshi shahar boʻlib, umumiy hisobda Londondan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Shaharda 18 ta xalqaro reytingga ega universitetlar joylashgan.

Tokioning oʻzgachaligi shundaki, u xilma-xil va kosmopolit yashash muhitini taklif qiladi. Nyu-York va London bilan bir qatorda dunyoning uchta yetakchi moliyaviy markazlaridan biri sifatida, Tokio ish imkoniyatlari koʻrsatkichi boʻyicha doimiy ravishda dunyodagi eng yaxshi shaharlardan biri boʻlib kelmoqda.

Bitiruvchi talabalarning ish bilan taʼminlanishining yuqori reytingi bilan bir qatorda, shaharda yashashning umumiy sifati ham yuksak darajada boʻlib, bu boʻlajak xalqaro talabalarning oʻqish uchun Tokioni tanlashlariga sabab boʻlishi mumkin.

1. London, Buyuk Britaniya.

Rasm manbasi

Rasm manbasi

🎓 Top universitetlar: Imperial College London (6), UCL(University College London (9).

💰 Semestr uchun oʻrtacha oʻqish narxi: 25,098£ ($28,750).

🏠 Oʻrtacha oylik yashash narxi, shu jumladan, ijara: 2,481£ ($3,148).

London QS Best Cities Ranking 2024 reytingida yana bir bor talabalar uchun dunyodagi eng yaxshi shahar deb topildi.

London Buyuk Britaniya shaharlari orasida eng koʻp universitetga ega boʻlib, ulardan uchtasi dunyodagi eng yaxshi 50 ta universitetlar roʻyxatiga kiradi.

Shaharda dunyodagi eng yaxshi muzeylar, jumladan, Tabiat tarix muzeyi, Britaniya muzeyi, Imperial urush muzeyi, Viktoriya va Albert muzeyi joylashgan. Eng qizigʻi shundaki, ularning barchasi bepul, shuning uchun siz xalqaro talaba sifatida ham Buyuk Britaniya va jahon madaniyati namunalaridan keng miqyosda bahramand boʻlishingiz mumkin.

London hududining deyarli yarmi “yashil maydon” hisoblanadi. Shaharning 47 foizi istirohat bogʻlari, dam olish maskanlari, ochiq maydonlar va boshqalardan iborat. Shunday qilib, siz katta shaharda boʻlganingizda ham, tabiat bilan hamnafas boʻlishingiz mumkin.

Eslatma!

Ushbu keltirilgan ro’yxatlarda barcha universitetlar qamrab olinmaganligi va top shaharlar ro’yxati ham keyinchalik kengayib yoki o'zgarib borishi mumkinligini eslatib o'tmoqchimiz. Bundan tashqari har bir universitet saytidan universitetga doir ma’lumotlarni ko’rib chiqishingiz mumkin.

Agar maqola foydali bo’lgan bo’lsa, uni do’stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang!

©️ GrantGO saytida e’lon qilingan har bir maqola jamoa mualliflik ishi hisoblanib, ulardan loyiha asoschilari ruxsatisiz har qanday tarzda foydalanish va ko’chirish mumkin emas!

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar