Grantlar yutish uchun nimalar kerak?! Chet el grantlari turlari va ularni yutish uchun IELTS, baholar, maqola va sertifikatlar hamda shu kabi narsalarning ahamiyati

Hozirgi vaqtda juda ko'pchilikni “Qanday qilib chet elda grant asosida o'qishim mumkin?", “Buning uchun nimalar talab qilinadi?”, “IELTSdan yuqori ball olsam grant yuta olamanmi?” yoki “Grant yutish uchun baholar ahamiyatlimi?" degan savollar qiynaydi. Ushbu postimiz orqali bu savollarga imkoni boricha qisqa va aniq javob berishga harakat qilib qolamiz. 

Grantlarni yutish uchun nimalar kerak ekanini gapirishdan oldin ularning turlari va farqlari haqida ozgina gapirib o'tishimiz kerak bo'ladi. 

Chet el grantlari turlari va ularning farqlari

3 Ways to Increase Multi-function Copier Output | Peter Paul Office  Equipment

Chet el grantlari, asosan, 3 turga bo'linadi: 

  • universitet tomonidan beriladigan grantlar,
  • hukumat tomonidan beriladigan grantlar
  • tadqiqotlar uchun beriladigan grantlar.

Bu grantlar qaysi yo'nalishlarda o'qish uchun berilishi hamda grant miqdori (to'liq xarajatlarni qoplovchi, faqat o'qish xarajatlarini qoplovchi, qisman xarajatlarni qoplovchi hamda stipendiya) ga qarab bir-biridan farq qiladi. 

Universitet tomonidan beriladigan grantlar

College and University Scholarships and Grants: The Ultimate Guide

Odatda qaysi bosqichlar uchun

  • Bakalavr
  • Magistr

Moliyalashtirish turi: 

  • Asosan kontrakt puli qisman;
  • Ba'zi hollarda to'liq qoplanadi;
  • Kamdan kam holatlarda to'liq moliyalashtirish turi ham uchrab turadi

Nimalar talab etiladi:

  • Universitet va tanlangan yo'nalish kirish talablariga javob berish
  • Tanlangan yo'nalishga o'qishga kirish
  • Grant turiga qarab qo'shimcha talablar qo'yiladi
  • Grantni doimiy saqlab qolish uchun o'qish davomida aktiv bo'lish va semestrlarni yuqori baholarga yopish

Grant yutish uchun nimalar rol o'ynaydi

  • Oldingi o'quv bosqichidagi yuqori baholar
  • Ushbu yo'nalishga doir yutuqlar (tajriba, loyihalar va ilmiy ishlar)
  • Motivatsion xat, ya'ni
    • nima uchun aynan shu yo'nalishda o'qimoqchilik haqidagi maqsadlar va rejalar aniqligi
    • qolganlardan ajralib turuvchi jihatlar
    • liderlik
    • universitet uchun qanday foyda keltira olish va
    • kelajak rejalar 
  • Yaxshi yozilgan akademik tavsiyanoma
  • Bakalavr bosqichi uchun yuqori SAT ballari
  • Magistr uchun yuqori GRE yoki GMAT ballari
  • IELTS kabi til sertikatlari balli kirish talabi bo'lib, IELTSdan yuqori ballga ega bo'lish grant yutish uchun kamdan kam hollardagina yordam beradi
  • Sertikatlar deyarli yordam bermaydi. Faqatgina eng muhimlari haqida motivatsion xatda eslab ketish mumkin. Muhimi ular orqali to'plangan tajriba hisoblanadi

Yutish qay darajada oson

  • Universitet darajasidan kelib chiqadi
  • Raqobat o'rta darajada

Qanday hujjat topshiriladi

  • Universitet grantlariga ko'p hollarda alohida hujjat topshirish talab qilinmaydi. Hujjat topshirgan barcha abiturientlar talablarga mos keluvchi grantlarga avtomatik nomzod sifatida olinadi
  • Ba'zi hollarda ularga alohida hujjat topshirish talab qilinadi. Bu stipendiyaga qarab farq qiladi.

Hukumatlar tomonidan beriladigan grantlar

Government Grant Definition

Odatda qaysi bosqichlar uchun

  • Magistr
  • Almashinuv dasturlari (maktab yoshidagilar uchun ham)
  • Tajriba almashinuv dasturlari
  • Bakalavr

Qaysi grantlar misol bo'la oladi

  • Fulbright (AQSh)
  • Chevening (Buyuk Britaniya)
  • DAAD (Germaniya)
  • Erasmus Mundus (Yevropa davlatlari)
  • GKS (Koreya)
  • UGRAD (AQSh)
  • FLEX (AQSh) va hokazo

Moliyalashtirish turi: 

  • Ko'p hollarda barcha: o'qish, turar joy, safar va yashash xarajatlari to'liq qoplanadi

Nimalar talab etiladi:

  • Grant maxsus talablariga javob berish;
  • Grant yutgandan keyin talab doirasidagi universitet va yo'nalishga o'qishga kirish;
  • Ko'p hollarda o'qish va grant davri tugagach o'z vataniga qaytish

Grant yutish uchun nimalar rol o'ynaydi

  • Yuqori baholar talab qilinmaydi, lekin foydali hisoblanadi 
  • Motivatsion xatlar. Quyidagi sifatlarga ega bo'lish va xatlarda ularni ochib bera olish
    • Ijtimoiy faollik: tashkilotchilik, volontyorlik, jamiyatga foydali bo'lgan har qanday loyihalardagi faol ishtirok
    • Liderlik qobiliyati va potensiali
    • Kelajak rejalar, potensial va ambitsiyalar
    • O'qishda va o'qishdan tashqarida ham faol va yetakchi bo'lish
    • O'qish yo'nalishiga doir yutuqlar (tajriba, loyihalar va ilmiy ishlar)
  • Juda ko'p hollarda bu grantlarga hujjat topshirishda IELTS umuman ro'l o'ynamaydi
  • Grant taklif qilayotgan davlat tili va madaniyatidan xabardor bo'lish
  • Kuchli akadamik va o'qishdan tashqaridagi odamdan olingan tavsiyanomalar
  • Bakalavr bosqichi uchun yuqori SAT ballari
  • Magistr uchun yuqori GRE yoki GMAT ballari
  • Sertikatlar deyarli yordam bermaydi. Faqatgina eng muhimlari haqida motivatsion xatda eslab ketish mumkin. Muhimi ular orqali to'plangan tajriba hisoblanadi

Yutish qay darajada oson

  • Taklif etayotgan davlat darajasidan kelib chiqadi
  • Raqobat o'ta darajada yuqori

Qanday hujjat topshiriladi

  • Ko'pincha grant uchun alohida universitet uchun alohida topshiriladi

Tadqiqotlar uchun beriladigan grantlar

DAAD Scholarship Programme for Cooperative Research - Academic Hive

Odatda qaysi bosqichlar uchun

  • Magistr (tadqiqot turi)
  • PhD (doktorantura)
  • Post doktorantura
  • Tadqiqot loyihalari ustida ishlash

Qaysi grantlar misol bo'la oladi

  • The University of Melbroune Scholarships (Research)

Moliyalashtirish turi: 

  • Ko'p hollarda barcha: o'qish, tadqiqot, turar joy, safar va yashash xarajatlari to'liq qoplanadi
  • Bundan tashqari ba'zi hollarda oilali tadqiqotchilar oilaviy xarajatlari uchun alohida mablag' ajratiladi

Nimalar talab etiladi:

  • Yuqori bilim va tadqiqot salohiyatiga ega bo'lish;
  • Tadqiqotlar bo'yicha tajribaga ega bo'lish;
  • Tadqiqot yo'nalishida o'qish va tadqiqot loyihlari, ilmiy ishlar ustida ishlash;
  • Tilni yuqori darajada bilish va yozish qobiliyati

Grant yutish uchun nimalar rol o'ynaydi

  • Tadqiqot salohiyati, ya'ni
    • Tanlangan tadqiqot mavzusida tajribaga ega bo'lish
    • Ilmiy ishlarda qatnashganlik
    • Xalqaro darajadagi jurnallardagi chop etilgan maqolalar
    • Ilmiy ishga doir yozilgan kitoblar va yutuqlar
  • Tadqiqot rejasi (Research proposal)
    • Tadqiqot ishining ahamiyati va potensialini yoritib bera olish
  • Tanlangan yo'nalish doirasidagi fanlardan yuqori baholar
  • IELTS ballari ro'l o'ynamaydi, lekin tilni bilish yuqori darajada bo'lishi kerak
  • Ilmiy rahbar tomonidan olingan tavsiyanomalar
  • Yuqori GRE ballari. Bu kabi yo'nalishlarda GMATdan ko'ra GRE yaxshiroq hisoblanadi.

Yutish qay darajada oson

  • Nomzod salohiyatidan kelib chiqadi
  • Raqobat nisbatan past va yutish ehtimoli tepadagi ikki grant turidan ko'ra yuqoriroq

 

Musayev blogidan maxsus GrantGO uchun tayyorlandi!

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar