Grin karta (Green Card) imtiyoz va majburiyatlari

Bugun Amerika Qo'shma Shtatlarida doimiy yashash huquqini beruvchi Grin karta (Green Card)ga ro'yxatga o'tish boshlanadi. Shu sababli bugun ushbu lotereyani yutishning imtiyoz va majburiyatlari haqida to'xtalib o'tmoqchimiz

 

 

Grin karta haqida umumiy ma'lumot

Grin kartaning rasmiy nomi - United States Permanent Resident Card deb nomlanadi. Bu mamlakatning rasmiy fuqarosi bo‘lmagan, lekin u bilan teng huquqlarga ega bo‘lgan shaxsning AQSHda doimiy yashash huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatdir. Grin kart egasi AQSHda hamma huquqlarga ega bo‘ladi, faqat saylovlarda ovoz bera olmaydi.

 

Grin kartaning imtiyozlari

 

  • AQSHda qonuniy yashash
    Grin kartaning mavjudligi mamlakatda 10 yil davomida qonuniy yashash huquqini beradi, shundan so‘ng karta uzaytiriladi.

 

  • AQSHga kirish / chiqish
    Bunda Grin karta egasi mamlakatni 6 oydan ortiq muddatga tark yetmasligi kerak. Aks holda migratsiya xizmatiga buning sababini ko‘rsatuvchi hujjat taqdim etishi kerak.

 

  • Mamlakat hududida erkin ishlash
    Grin karta egasi siyosiy faoliyatdan tashqari har qanday lavozimda ishlash huquqiga ega.

 

  • Pensiya va ijtimoiy nafaqalar olish huquqi.

 

  • Taʼlim uchun imtiyozlar
    Hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan grantlarga daʼvogarlik qilish va taʼlim uchun 3-4 baravar kam haq to‘lash imkoniyati beriladi.

 

Grin karta egasining asosiy majburiyatlari

 

  • AQSHning barcha mahalliy va shtat qonunlariga rioya qilish.

 

  • Yillik daromad deklaratsiyasini taqdim etish.

 

  • Grin karta amal qilish muddatining kamida yarmini AQSH hududida o‘tkazish.

 

Green Card rasmiy manbalari

 

 

 

Eslatma: Yuqoridagilar faqatgina ma'lumotlar bo'lib, biz sizga Grin kartadan ro'yxatdan o'tishda shaxsiy yordam yoki konsultatsiya taklif qila olmaymiz. 

Manba: TravelBook kanali (GrantGO sayti ushbu kanal bilan kelishuvga ega. Kontentni ikki tomon roziligisiz ko'chirish mualliflik huquqi buzilishi hisoblanadi)

Telegram: https://t.me/grantgouz 

Facebook: https://www.facebook.com/grantgouz/ 

Instagram: https://instagram.com/grantgouz 

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar