Pochta indeksi (Zip code)ni aniqlash usullari

Birinchi usul. O'zbekiston Pochtasi sayti orqali

O'zbekiston hududida pochta indeksini aniqlashning eng oson usullaridan biri bu O'zbekiston Pochtasining rasmiy sayti pochta.uz ning interaktiv xizmatidan foydalanish hisoblanadi. Buning uchun:

1. https://pochta.uz saytiga kiriladi.

2. Saytning tepa qismidagi ushbu joydan Ru - rus tilini tanlanadi. Biz ko'rsatmoqchi bo'lgan usul, afsuski saytning o'zbekcha versiyasida yo'q ekan.
 

3. Меню сайта bo'limini ochiladi.
 

4. Интерактивные услуги bo'limidan Поиск отделений почтовый связи qismiga kiriladi.

5. Ushbu bo'limdan По адресу доставки qismi tanlanadi
 

6. Ko'rsatilgan qismlardan Viloyat (Регион), Shahar (Город), Tuman (Район), Ko'cha (Улица) va Uy (Дом) tanlanadi va Поиск tugmasi bosiladi

7. Shunda quyidagi rasmdagi kabi konvert rasmi ichida pochta indeksingiz hamda shu hududga qarashli pochta bo'limi ma'lumotlari paydo bo'ladi. Quyidagi misolda pochta indeksi - 170120

P.S: Ushbu usulni topishda yordam bergan Oybek Abduvaliyev va uning YouTube sahifasiga minnatdorlik bildiramiz. Quyidagi video orqali yanayam aniqroq tasavvurga ega bo'lishingiz mumkin

Ikkinchi usul. Goldenpages sayti orqali

Birinchi usul qulay bo'lishiga qaramay unda ba'zi shahar va tumanlarni topa olmadik, masalan Farg'ona shahrini. Agar shunday holat kuzatilsa, 2-usuldan foydalanish mumkin. 

1. Buning uchun https://www.goldenpages.uz/uz/pochta/ havolasiga kiriladi 

2. Sahifa pastki qismida viloyatlar ro'yxati berilgan 

3. Kerakli viloyat ustiga bosilsa quyidagidek uzun jadval paydo bo'ladi. Shu jadvaldan o'zingiz yashash hududingizni aniqlab uning pochta indeksini bilib olishingiz mumkin. Bunda Новые qismidagi indekslardan foydalanish kerak!

 

Uchinchi usul. Mapdevelopers saytining What is My Zip Code? xizmati

Bu usuldan faqat yuqoridagi 2 usul qandaydir sabablarga ko'ra ish bermaganda foydalanish tavsiya etiladi. Sababi bu yerdan topilgan ma'lumotlar aniq bo'lmasligi mumkin. 

1. https://www.mapdevelopers.com/what-is-my-zip-code.php ushbu havolaga kiriladi

2. Pastroqda chiqadigan xaritadan kerakli manzil izlab topiladi.

3. Kerakli joyning ustiga bosilganda yuqoridagi Zipcode yozuvi ostida pochta indeksi - zipcode paydo bo'ladi

 

Yuqoridagi keltirilgan yo'llar orqali doimiy turar joyingiz yoki hozirgi yashash manzilingiz, umuman istalgan korxona yoki uy manzili qaraydigan pochta indeksini topishingiz mumkin. 

Maqola foydali bo'lgan bo'lsa uni do'stlaringiz bilan ham ulashishni unutmang!

Telegram: https://t.me/grantgouz 

Facebook: https://www.facebook.com/grantgouz/ 

Instagram: https://instagram.com/grantgouz 

 

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar