Rus tilini oʻrganish uchun eng yaxshi 10 ta YouTube kanal

Har qanday chet tilini birinchi marta oʻrganishni boshlaganingizda, oʻsha tilning alifbosi, tovushlar talaffuzi, lugʻat boyligi va albatta, grammatikasini oʻrganishdan boshlaysiz. Bularning barchasini birdaniga oʻrganish esa biroz qiyindek tuyulishi mumkin.

Rus tili grammatikasi boshqa tillarga qaraganda biroz murakkabroq boʻlganligi sababli, boshlanishida bor eʼtibor grammatika oʻrganishga va lugʻat yodlashga qaratiladi. Yetarlicha lugʻat boyligiga ega boʻlib, grammatik qoidalarning asosini oʻrganib olganingizdan soʻng, oʻrganganlaringizni amalda qo'llamasangiz, barchasi tezda yoddan chiqadi.

Biror tilda erkin muloqot qilishingiz uchun oʻqish, yozish, tinglash va gapirish koʻnikmalaringizni ham birdek rivojlantirish muhim hisoblanadi.

Quyida rus tilini o‘zbek tilida o‘rgatadigan 3 ta kanal bilan tanishib chiqamiz.

  1. Oootlichno - rus tilini o‘zbek tilida o‘rganuvchilar uchun mo'ljallangan platforma.

Daraja: boshlang'ich (beginner) darajadan o'rta darajagacha (intermediate) A1-B2

Subtitr: videolar o'zbek tilida

Kanalda rus tilini osonroq o‘rganish uchun tavsiyalar, grammatik mavzular va ko‘p berilgan savollarga javoblar asosida sifatli video kontent ishlab chiqilgan.

Kanal muallifi haqida:

Oootlichno kanalidagi aksariyat video darslar "Oootlichno" o'quv markazida ko'p yillardan beri ishlab kelayotgan tajribali mutaxassis Madina Rustamovna tomonidan tayyorlangan.

2. Rus tili 0 dan.

Daraja: boshlang'ich (beginner) darajadan o'rta darajagacha (intermediate) A1-B2

Subtit: videolar o'zbek tilida

Rus tili 0 dan kanalida ПОЕХАЛИ kitobidagi grammatik mavzular, so‘zlarga qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘shish, predloglar haqida, shuningdek hikoyalar, kinolar ko‘rish orqali o‘rganish haqida ma'lumot berilgan.

3. РУСИСТЫ.

Daraja: boshlang'ich (beginner) darajadan o'rta darajagacha (intermediate) A1-B2

Subtitr: videolar o'zbek tilida

РУСИСТЫ - rus tilini o‘zbek tilida o‘rgatadi. Ushbu kanalda rus tilida kundalik hayotimizda eng ko‘p ishlatiladigan gap strukturalari, eng ko‘p ishlatiladigan 3000 ta so‘zlar video dars shaklida tarjimalari bilan batafsil tushuntirilgan. Shuningdek, rus tilida matnlarni qanday o‘qish va ularni to‘g‘ri tarjima qilish o‘rgatilgan.

Endi esa rus tilini rus tili va/yoki ingliz tilida o‘rgatadigan, shuningdek Rossiya madaniyati va hayot tarzini o‘z ichiga olgan 7 ta qiziqarli kanallar bilan tanishib chiqamiz.

4. About Russian in Russian (О русском по-русски).

Daraja: boshlangʻichdan (beginner) oʻrta darajagacha (intermediate) A1-B2.

Subtitr: aksariyat videolar rus tilida (inglizcha subtitri bilan koʻrish mumkin).

Kanal muallifi haqida:

Rus tili grammatikasini o‘qitish boʻyicha koʻp yillik tajribaga ega mutaxassis;

Har bir darsni mavzusini doskaga yozib, sekin gapirib tushuntiradi;

Tilni endi oʻrganishni boshlaganlar ham bemalol tushuna olishadi;

Til oʻrganish boʻyicha turli xil maslahatlar beradi va rus tilini ikkinchi til sifatida oʻrganayotgan talabalari bilan jonli muloqotlar uyushtiradi.

5. Real Russian Club with Daria.

Daraja: boshlangʻichdan (beginner) yuqori darajagacha (advanced) A1-C1.

Subtitr: rus va ingliz tilida. Ba'zi videolar qisman yoki to'liq ingliz tilida tushuntirilgan.

Kanal haqida:

  • Kanal muallifi — Daria Rossiya tarixi boʻyicha PhD darajasini olgan, ko'p yildan beri rus tilini ikkinchi til sifatida o'qitib kelayotgan tajribali o'qituvchi;
  • Kanalda rus tili grammatikasiga qo'shimcha tarzda rus madaniyati va tarixini haqida ma'lumot beradi;
  • Mavzularni sekin gapirib tushuntirganligi uchun yangi til oʻrganuvchilariga qiyinchilik tugʻdirmaydi;
  • Zero to Fluency kursi rus tilini oʻrganishni endi boshlaganlar uchun mo‘ljallangan;
  • Boshlangʻich darajani yaxshi oʻzlashtirganlar uchun eshitib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish qaratilgan The Slow Russian kursi ishlab chiqilgan;
  • Dariaʼs travel vlogs va Fast Russian Series kursi rus tilini bemalol tushuna oladiganlar uchun mos keladi.

6. Russian with Max.

Daraja: boshlangʻichdan (beginner) yuqori darajagacha (advanced) A1-C1.

Subtitr: rus va ingliz tilida. Ba'zi videolari ingliz tilida.

Kanal haqida:

  • Max kanalida Xitoy va Rossiyadagi sayohatlari haqida qiziqarli videolar tayyorlagan. Sayohat qilishni va shu bilan birga til oʻrganishni istaydiganlar uchun sifatli kontent tayyorlagan;
  • Kanaldagi Comprehensive Russian Podcast kursi rus tilini oʻrta darajasini tugatib (intermediate), yuqori darajani endigina boshlagan (beginner advanced) oʻquvchilar uchun moslangan.

7. Russian with Dasha.

Daraja: boshlang'ichdan (beginner) yuqori darajagacha (advanced) A1-C1

Subtitr: rus va ingliz tilida. Aksariyat videolar rus tilida. Sayohat vloglarining ba’zilari ingliz tilida.

Kanal haqida:

  • Dasha kanalida rus madaniyati va tili haqida qiziqarli kontent yuklab boradi;
  • Har bir mavzuni sekin va muloyimlik bilan tushuntiriladi. Bu esa yangi til o’rganuvchilarni yaxshiroq tushunishiga yordam beradi;
  • Videolarida, asosan, Sibir, Sankt-Peterburg hayoti va buvisi haqida gapirib o‘tadi;
  • Learn with Dasha kursiga turli xil davlatdan (Yaponiya, Qozog’iston) o’quvchilari bilan qilgan podkastlarini yuklagan. Bu poskastlar o’rta darajadagi (intermediate) foydalanuvchilar uchun mos keladi.

8. Easy Russian.

Daraja: barcha darajalar uchun moslangan.

Subtitr: bir vaqtning o'zida rus va ingliz tilida ko’rsatiladi.

Kanal haqida:

  • Muallif videolarida tabiiy va kundalik vaziyatlarni, masalan, Moskva ko’chalari, bozor qilish va boshqa mavzularni qiziqarli tarzda ko’rsatgan;
  • Super Easy Russian for Beginners qismida rus tilini umuman bilmaydigan va endi boshlayotganlar uchun qiziqarli mavzular jamlangan;
  • Easy Russian’s fascinating street interview series qismida Sankt-Peterburg ko’chalarida jonli va tasodifan olingan videolar yuklangan. Bu videolar o’rta va yuqori darajadagi talabalar uchun mo’ljallangan. 

9. Russian Progres.

Daraja: boshlang'ichdan yuqori (low intermediate) yoki yuqori darajagacha (advanced); B1-C1. 

Subtitr: asksariyat videolar rus tilida, ba'zilari esa ingliz tilida.

Kanal haqida:

  • Muallif videolarida qanday qilib poliglot bo’lgani va til o’rganishda nimalarga ko’proq e’tibor berish haqida maslahatlar berib boradi;
  • Kanalda rus tilini o’rganish uchun musiqalar, kinolar haqida ma’lumot bergan;
  • Rus tilida qanday talaffuz qilsa to’g’ri bo’lishi, jargonlar haqida, til o’rganishdagi umumiy xatolar va ularni qanday to’g’irlash haqida videolar yuklagan.

10. RussianPod101.com.

Daraja: barcha darajalar uchun mo’ljallangan.

Subtit: videolar, asosan, ingliz tilida. Rus tilida subtitr orqali ko’rish mumkin.

Kanal haqida:

  • RussianPod101.com - rus tilini o'rganish uchun onlayn kanal va veb-sayt. YouTube kanalda videolar turli xil mavzularda ketma-ket joylangan.
  • Kanalda rus tilida kundalik ishlatiladigan so‘zlarni, suhbatlarni, lug‘at boyligini, grammatikani va tinglab tushunish mahoratlarini o'rganish mumkin;
  • Shuningdek, videolar orqali rus tilida gapirish, o‘qish, yozish va eshitish ko‘nikmalarini osonroq rivojlantirish mumkin;
  • Rus tilini o'rganish yanada tez bo'lishi uchun RussianPod101 kanali 24/7 jonli translatsiya qilib boradi. 

Yangi tillarni o‘rganish, yangi davlatlar va madaniyatlarni kashf qilishingizga yordam beradi. Bu yo'lda sizlarga omad tilaymiz!

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar