Amerikaning Toshkentdagi elchixonasidan talabalar uchun 6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi

Amerikaning Toshkentdagi elchixonasidan talabalar uchun 6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi

  • 26/11/2025 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 08.12.2025 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

AQShning Toshkentdagi elchixonasining Boshqaruv bo'limining Inson resurslari boshqarmasi (HRO) boʻlimida (Human Resources Office (HRO) of the Management Section)  6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi taqdim etiladi.

Amaliyot dasturi yarim kunlik boʻlib, haftasiga 20 soatni (dushanbadan jumagacha) tashkil qiladi. 

Dasturdan asosiy maqsad qobiliyatli yoshlarni jalb qilish va dasturga qiziqqanlarga xalqaro tashkilotda ishlash kabi ajoyib imkoniyatni taqdim etishdan iborat. Dastur davomida amaliyotchilar oʻzlaridagi mavjud bilimlarni yanada oshirishadi hamda yuqori darajada malakali insonlardan iborat jamoada ishlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • AQSh fuqarosi boʻlmagan va hozirda Oʻzbekistonda qonuniy istiqomat qiluvchi bakalavriat bosqichining 1-3-kurs talabalari qatnashishi mumkin;
  • Ishtirokchilar 18 yosh yoki undan yuqori boʻlishi shart;
  • Nomzod oʻrta maktab yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtini tamomlagan va joriy taʼlim muassasasida yuqori akademik koʻrsatkichlarga erishgan boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilini bilish qatʼiy talab, oʻzbek va/yoki rus tillaridan birini yaxshi bilish kerak;
  • Nomzod kompyuter/internet va mijozlarga xizmat koʻrsatish koʻnikmalarini yaxshi egallagan boʻlishi lozim;

Amaliyotchining asosiy vazifalari:

  • HR ma'lumotlarini qayta ishlashda va ofisga xos elektron jadvallarga kiritishda yordam berish;
  • Xodimlar yozuvlarini tuzish, yuritish va yangilash;
  • Samarali hujjatlashtirish va arxivlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Pochta va hisobotlarni saralash va tarqatish;
  • HR ofis tadbirlarini tashkil etishda yordam berish;
  • HR intervyulari, taqdimotlari va tadbirlar uchun uchrashuvlar va konferensiya xonalarini rejalashtirish;
  • VARlarni tayyorlash va zarur hollarda intervyu/tadbirlarga tashrif buyuruvchilarni kuzatib borish;
  • Har doim maxfiylik va yuqori darajadagi halollikni saqlash;
  • Bo'lim tomonidan tayinlangan boshqa vazifalarni bajarish.

Foydali tomonlari

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Amaliyоt yakunida sertifikat beriladi;
  • Xalqaro tashkilotda noyob ish tajribasiga ega boʻlish imkoniyati;
  • Turli tadbirlarida faol ishtirok etish orqali ingliz tili koʻnikmasini oshirish va tadbirlarni rejalashtirish/dasturlarni boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar quyidagi talab qilingan hujjatlarni TashkentRecruitment@state.gov elektron manziliga yuborishlari kerak:

  • Ariza shakli;
  • Pasport nusxasi;
  • Oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotganini tasdiqlovchi hujjat;
  • Hozirgi oʻqish joyidan akademik transkriptlar;
  • Tavsiyanoma va sertifikatlar (ixtiyoriy).

Muhim: Emailning sarlavha qatoriga FNSIP 2025/04 - “HR Internship Program” deb yozish kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Suhbat uchun faqat saralangan nomzodlar bilan bogʻlanadi hamda ular taʼlim muassasasining yozma ruxsati va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etishi kerak;
  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 8-dekabr, 2025-yil;
  • Elchixonaning Inson resurslari boʻlimi: +99878 120 54 50;
  • Tel: +998 781205450;
  • Faks: +998 781206335.
Oʻzbekiston
Amerikaning Toshkentdagi elchixonasidan talabalar uchun 6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar