Tavsif
The Geneva Challenge — The 2026 Advancing Development Goals musobaqasi magistratura talabalari uchun yoshlar imkoniyatlaridan kelib chiqadigan muammolarni hal qilish uchun innovatsion va pragmatik yechimlarni taqdim etishga va butun dunyo boʻylab magistratura talabalari oʻrtasida fanlararo hamkorlikni ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Dasturning bu yilgi mavzusi: “The Challenges of the future work”
Ushbu tanlovda magistratura talabalari 3 nafardan 5 nafargacha aʼzodan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin. Tanlov ishtirokchilari nazariy jihatdan asoslangan va “Migratsiya muammolari” dan kelib chiqadigan muhim ijtimoiy, siyosiy yoki iqtisodiy muammoga pragmatik yechimlarni taklif qilishi kerak. Shuningdek, innovatsion amaliyotlar, jarayonlar yoki texnologiya bilan bog'liq loyihalarni ishlab chiqishi talab etiladi.
Tanlovga taqdim etilgan ishlar uch bosqichda va ikkita alohida hakamlar hayʼatida baholanadi.
Finalga chiqqan jamoalar uchun mukofot sifatida ajratilgan budjet 25 000 CHF dan iborat.
Tanlov haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali oʻqish mumkin.