Ayollarga turli sohalardagi kurslarda bepul tahsil olish imkonini beruvchi “Oʻzbegim gavhari” dasturi

Ayollarga turli sohalardagi kurslarda bepul tahsil olish imkonini beruvchi “Oʻzbegim gavhari” dasturi

  • 06/08/2024 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 28.08.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    13 yoshdan 45 yoshgacha

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

“Oʻzbegim Gavhari” loyihasi Fargʻona viloyati hokimligi, Fargʻona viloyati Yoshlar ishlari agentligi, va Fargʻona shahridagi Prezident maktabi hamkorligida ayollar uchun noyob taʼlim imkoniyatlarini taqdim etish maqsadida ishga tushirilmoqda.

Loyiha doirasida quyidagi yoʻnalishlarda grant asosida oflayn kurslar taklif etiladi:

  • IT va Dasturlash
  • Ingliz tili
  • Rus tili
  • Mobilografiya
  • Qoʻl mehnati orqali onlayn savdo
  • Biznes yuritish
  • Oʻz-oʻzini himoya qilish va Psixologiya

Dasturni tashkil etishdan maqsad jamiyatdagi ayollarning taʼlim olish imkoniyatlarini oshirish, ularning faoliyatini ragʻbatlantirish va ularni sifatli zamonaviy bilimlar bilan taʼminlashdir. Dasturda faqatgina 13-45 yosh oraligʻidagi, dastur doirasidagi yoʻnalishlardan biriga qiziquvchi ayollar qatnashishlari mumkin. Saralab olingan nomzodlar kurslarda 100% grant asosida oʻqish, jonkuyar va tajribali ustozlardan zamonaviy fanlar boʻyicha taʼlim olish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 28-avgustgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturda faqatgina ayollar qatnashishlari mumkin;
  • Nomzodlar 13-45 yosh oraligʻida boʻlishi kerak;
  • Ishtirokchilarda quyidagi kurslardan biriga kuchli qiziqish boʻlishi lozim:

- IT va dasturlash;

-Ingliz tili;

-Rus tili;

-Mobilografiya;

-Qoʻl mehnati orqali onlayn savdo;

-Biznes yuritish;

-Oʻz-oʻzini himoya qilish va psixologiya.

  • Dasturga istalgan viloyatdagilar hujjat topshirishi mumkin, lekin kurslar Fargʻona viloyati, Fargʻona shahrida boʻlib oʻtadi.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

“Oʻzbegim Gavhari” loyihasi ishtirokchilariga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Kurslarga 100% grantlar ajratiladi;
  • Jonkuyar va tajribali ustozlardan zamonaviy fanlar boʻyicha taʼlim olish imkoniyati;
  • Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyati;
  • Darslarga innovatsion yondashuv.

Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 28-avgustgacha davom etadi.

Loyihada qatnashish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur haqida batafsil maʼlumot yoki savollarga javob olish uchun ushbu havola orqali murojaat qilish mumkin.

Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham maʼlumot olish mumkin:

-Telegram;

-Instagram;

-You Tube.

Oʻzbekiston
Ayollarga turli sohalardagi kurslarda bepul tahsil olish imkonini beruvchi “Oʻzbegim gavhari” dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar