Tavsif
2026-2027-o‘quv yili uchun Turkiya Burslari grant dasturi barcha bosqichda: bakalavr, magistratura, doktaranturada to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyatini beradi.
Ushbu grant dasturiga barcha davlar fuqarolari ariza yuborishlari mumkin, turk tilini avvaldan bilish talab etilmaydi. Agar nomzod turk tilini bilmasa, bir yil qo'shimcha til kursida o'qishi va C1 daraja olishi kerak, kurs puli ham dastur tomonidan qoplanadi. Agar nomzod turk tilini mukammal akademik darajada bilsa, til kursida qo'shimcha 1 yil o'qishi talab etilmaydi.
Dasturga topshirishdan avval nomzodlar o'zlariga mos yo'nalish va universitetni bu yerdan tanlab olishlari kerak. Shundan keyin dasturga ariza topshirish mumkin va arizani to'ldirish davomida tanlangan yo'nalish va universitet qayd etib o'tiladi.
Grant dasturi, faqat xalqaro talabalarni qabul qilganligi sababli, turli davlatlardan kelgan xalqaro talablar bilan o'qish imkoniyati mavjud bo'ladi.