Tavsif
Hurford yoshlar dasturi (Hurford Youth Fellowship Program) liderlik va tashkilotchilik koʻnikmalarini shakllantirish, oshirish hamda demokratiya sohasida dunyoning yetakchi liderlaridan saboq olishga moʻljallangan uch oylik, toʻliq moliyalashtiriluvchi dasturdir.
Dastur davomiyligi 3 oy boʻlib, 2025-yilning 1-martidan 31-mayiga qadar nomzodlar demokratiya sohasidagi asosiy muammolar boʻyicha strategik uchrashuvlarga qatnashish, tadqiqot va taqdimotlar oʻtkazish, maʼlumot almashinuv seanslari, onlayn muhokamalar tashkil etish imkoniyatga ega boʻlishadi.
Ular quyidagi mavzularda boʻlishi lozim:
• Yoshlar uchun fuqarolik makonini kengaytirish (Expanding Civic Space for Young People)
• Dezinformatsiyaga qarshi kurash (Countering Disinformation)
• Fuqarolar uchun javobgarlikni shakllantirish (Building Citizen-Centric Accountability)
• Demokratiyani taʼminlash (Delivering Democracy)
Batafsil maʼlumotni dastur yoʻriqnomasida oʻqish mumkin.