Tavsif
The New York Public Library olimlar va yozuvchilarga AQShdagi ushbu kutubxonada amaliyot oʻtash imkonini beruvchi dasturni eʼlon qiladi.
Nomzodlar kutubxonaning Stephen A. Schwarzman Buildingda faoliyat yuritishadi. Kutubxona oʻzining turli sohaga oid boy kitoblar manbai bilan mashhurdir. Bu yerda antropologiya, sanʼat, geografiya, tarix, tillar va adabiyot, falsafa, siyosat, ommaviy madaniyat, psixologiya, din, sotsiologiya, sport va boshqa sohalar boʻyicha kitoblar mavjud.
Dasturda ijodkor yozuvchilar, kitob yozish va yaratilishiga oid sohaga aloqador ingliz tilini biladigan barcha nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchilar 9 oy davomida 2025-yil 6-sentyabrdan 2026-yil 26-maygacha The New York Public Libraryda faoliyat olib borishadi. Dastur uchun 15 kishi saralab olinadi va ishtirokchilarga 85,000 AQSh dollari stipendiya taqdim etiladi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.