Umumiy maʻlumotlar
TechWomen — AQSh Davlat departamentining Taʼlim va madaniyat masalalari byurosi tashabbusi bilan dunyoning 20 dan ortiq mamlakatdagi STEM (matematika, muhandislik, texnologiya va ilmiy fanlar) yoʻnalishida tajribaga boʻlgan ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni bilimini yanada mustahkamlashga yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Dasturga qabul qilingan ayol-qizlar 5 hafta davomida AQShning San-Fransisko va Vashington shtatidagi nufuzli kompaniya va tashkilotlarda amaliyot oʻtaydilar va yangi gʻoya, bilim va tajriba orttirish imkoniga ega boʻladilar.
Dastur davomida foydali va professional tajribaga ega boʻlish imkoniyatini osonlashtirish uchun har bir ishtirokchidan oʻzining bilim va qiziqish sohasiga qarab TechWomen yoʻnalishida ishtirok etishi mumkin:
Ariza topshirish jarayonida har bir arizachi oʻz yoʻnalishini tanlashi kerak:
- Biotechnology - Biotexnologiya;
- Green technology — Yashil texnologiya;
- Information technology - Axborot texnologiyalari (IT);
- Internet - Internet;
- Science - Ilmiy fanlar;
- Telecommunications - Telekommunikatsiya
Seminarlar quyidagi mavzularni qamrab oladi:
- Ayollar va qizlarga maslahat berish;
- Tadbirkorlik va yuqori fikrlash darajasiga ega boʻlish;
- Innovatsion yetakchilik va shaxsning kuchli tomonlari;
- Silikon vodiysida oʻzaro kuchli aloqa;
- Shaxsiy notijorat tashkilot yoki ijtimoiy korxona yaratish va ishga tushirish;
- Omma oldida nutq soʻzlash qobiliyati
Dastur reja va maqsadlari haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Dasturning navbatdagi mavsumi 2024-yil sentyabr va oktyabr oylarida boʻlib oʻtadi va bu mavsum uchun 103 tagacha ishtirokchi saralab olinadi. Dasturga qabul qilinganlarning barcha xarajatlari tashkilot tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.
Dasturning avvalgi mavsumlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- Dasturda STEM (matematika, muhandislik, texnologiya va ilmiy fanlar) sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan ayol-qizlar ishtirok eta oladi;
- Kamida bakalavr (yoki ekvivalent) darajasiga ega boʻlishi lozim;
- Ingliz tilida erkin gapirish va yozish qobiliyatiga ega boʻlishi shart;
- Ijtimoiy va akademik jihatdan faol, yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlishi lozim;
- Dasturda ro'yxatda berilgan davlat fuqarolarigina ishtirok eta oladi. Oʻzbekiston roʻyxatda mavjud;
- AQSh J-1 viza talablariga javob berishi kerak;
- Oxirgi besh yil ichida Diversity Immigrant Visa, yaʼni Grin kartadan tashqari AQSh immigratsion vizasiga ariza topshirmagan boʻlishi lozim;
TechhWomen talablarga javob beruvchi barchaning, jumladan, nogironligi bor shaxslarnining ham ushbu dasturda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlaydi.
Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
- Borish-kelish xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi;
- San-Fransiskodan Vashington shahriga ichki aviachipta beriladi;
- Bepul turar joy, ichki transport, oziq-ovqat va Vashingtondagi mehmonxona xarajatlari qoplab beriladi.
Eslatma! Dasturga aloqasi boʻlmagan mashgʻulot, tadbir va sayohat xarajatlari tashkilot tomonidan moliyalashtirilmaydi. Dasturning manfaatli tomonlari bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar ushbu havola orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari lozim.
Birinchi bosqichdan saralangan nomzodlar email yoki telefon orqali intervyuga chaqiriladi va shu asosda final ishtirokchilari aniqlanadi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Ish tajribasi hisoblanayotganda yarim stavka ishlar, jumladan,haq toʻlanmaydigan amaliyot yoki volontyorlik harakatlari hisobga olinmaydi.
- Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng qabul qilingan arizalarga asoslanib semifinalistlar aniqlanadi va 2024-yil 30-aprelgacha xabardor qilinadi. Shundan soʻng saralanganlar AQSh elchixonasi tomonidan suhbatga chaqiriladi.
- Yakuniy natijalar 2024-yil may oyida eʼlon qilinadi.
- Dastur 2024-yil sentyabr va oktyabr oylarida boʻlib oʻtadi.
Qoʻshimcha savol va murojaatlar ushbu havola orqali berilishi mumkin.
Koʻp beriladigan savollar va uning javoblari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.