Barcha soha vakillari uchun Toshkent shahrida xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik xalqaro sammit — Young Public Diplomacy Summit

Barcha soha vakillari uchun Toshkent shahrida xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik xalqaro sammit — Young Public Diplomacy Summit

  • 28/01/2025 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 22.02.2025 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

The Young Public Diplomacy Summit (YPDS) dasturi diplomatiyaga qiziquvchi, yosh va intiluvchan turli soha vakillari uchun 3 kunlik sammit eʼlon qiladi.

Ushbu dasturda ishtirokchilar bir qator puxta ishlab chiqilgan modullar orqali zamonaviy xalq diplomatiyasi amaliyotlari, mahalliy xalqlarning tutgan oʻrni, sanʼat va faollikning kesishuvi hamda madaniy aloqalarning asosiy rolini oʻrganishadi.

Sammit 2025-yil 6-8-aprel kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Dasturga nomzodlar 3 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi.

  • Birinchi kategoriya dastur maʼmuriyati tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi. 
  • Ikkinchi kategoriya qisman moliyalashtirilib, unga 15 nafar ishtirokchi saralab olinadi va dastur xarajatlarining 50 foizi toʻlab beriladi. 
  • Uchinchi kategoriya uchun esa xarajatlar ishtirokchilar tomonidan toʻlanadi va bu $650 tashkil etadi.

 Barcha ishtirokchilarning turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi. Shuningdek, ularga bir qator imkoniyatlar yaratiladi.

Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 22-fevralgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturda 16-45 yoshdagi barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
  • Barcha soha vakillari dasturga ariza topshira oladi;
  • Ishtirokchilar diplomatiya, tinchlikni saqlash va shu kabi sohalarga qiziqishlari lozim;
  • Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan 3 kunlik sammitda qatnashish imkoniga ega boʻlishlari zarur;
  • Dasturga vaqtida roʻyxatdan oʻtish kerak, chunki belgilangan muddatdan soʻng qabul jarayoni yopiladi;
  • Dasturda til bilish darajasi boʻyicha sertifikat talab qilinmaydi.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga nomzodlar 3 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi. Birinchi kategoriya dastur maʼmuriyati tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi. Ikkinchi kategoriya qisman moliyalashtirilib, unda dastur xarajatlarining 50 foizi toʻlab beriladi. Uchinchi kategoriya uchun esa xarajatlar ishtirokchilar tomonidan toʻliq ($650) toʻlanadi. Uchala kategoriya qatnashchilari uchun ham quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  • 3 kunlik turar-joy bilan taʼminlanadi;
  • Oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi;
  • 10 haftalik virtual kursda qatnashish imkoniyati yaratiladi;
  • Dasturda qatnashganlik toʻgʻrisida sertifikat beriladi;
  • Dastur nomi tushirilgan materiallar tarqatiladi;
  • Strategiya va madaniy diplomatiya markazi stajirovka dasturlarida qatnashish imkoni mavjud boʻladi;
  • Dastur qatnashchilari va mutaxassislar bilan suhbatlashish hamda tajriba almashish mumkin boʻladi;
  • Nomzodlar shahar boʻylab sayohat qilish imkonini qoʻlga kiritishadi;
  • Shuningdek, ikkinchi kategoriya ishtirokchilari orasidan dastur soʻnggida eng faol ishtirokchi saralab olinadi va uning qaytish yoʻl xarajatlari qoplanadi.

Eslatma! Grant uchun ariza topshirgan nomzodlar oʻz hisobidan qatnasha olmaydi. Lekin ular xalq diplomatiyasi, identifikatsiyalar, davlat xizmatlari munosabatlari, sanʼat, falsafa va siyosat mavzularidagi 6-10 haftalik virtual dasturda qatnashish imkonini qoʻlga kiritishadi. Bu dastur yosh, qobiliyatli olimlar tomonidan oʻqitiladi va ular boy oʻqitish tajribasini taqdim etadi.

Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni quyidagicha:

  • Rasmiy sahifaga tashrif buyuring va “Apply now” tugmasini bosing;
  • Dastur va ariza topshirish shartlari bilan batafsil tanishib chiqing.
  • Barcha soʻralgan maʼlumotlarni toʻldiring;
  • Quyidagi hujjatlarni yuklang:

-Pasport;

-Profil;

-Toʻlov cheki.

  • 300 soʻzdan iborat biografiyangizni yozing;
  • Arizani oʻz vaqtida topshiring.

Eslatma! Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayonida toʻliq moliyalashtiriladigan kategoriya uchun $17,99 badal puli, oʻz hisobidan qatnashadiganlardan $650 soʻraladi.

Toʻliq moliyalashtiriladigan kategoriya orqali qatnashish uchun ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Oʻz hisobidan qatnashish uchun ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Nomzodlarni saralash jarayonida quyidagi jihatlar inobatga olinadi:

  • Ariza shaklining toʻldirilishi va undagi savollarga berilgan javoblar;
  • Taʼlim darajasi va ish tajribasi;
  • Erishilgan yutuqlar;
  • Yaratuvchanlik va muloqot qobiliyati;
  • Intervyu va ijtimoiy harakat dasturi.

The Young Public Diplomacy Summit galereyasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

-Facebook;

-Twitter;

-Instagram.

Oʻzbekiston
Barcha soha vakillari uchun Toshkent shahrida xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik xalqaro sammit — Young Public Diplomacy Summit

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar