Tavsif
Ushbu grant Helsinki universitetining magistratura kursida o’qishni istagan Yevropa Ittifoqi yoki EEA (Yevropa Iqtisodiy hududi) tarkibiga kiruvchi davlatlar va Shveytsariya fuqarosi bo’lmagan talablar uchun mo’ljallangan dastur hisoblanadi. Dastur davomida talabalar turli sohalar bo’yicha magistratura bosqichini bepul o’qiydi va stipendiya bilan ta'minlanadi. Grantning 2 xil turi mavjud:
- Kontrakt miqdorini to’liq qoplovchi grant uchun ariza topshirganlar 100% kontrakt summasidan ozod bo’ladilar;
- Kontrakt miqdorini yarmini qoplovchi grant uchun ariza topshirganlar 50% kontrakt to’lovidan ozod bo’lishadi.
Helsinki universiteti dunyoning nufuzli tadqiqot universitetlaridan biri hisoblanadi va eng yaxshi 100 ta universitetlar qatoriga kiradi.