Tavsif
Sharqiy, Markaziy Yevropa, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyo talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Gamburg universiteti COPERNICUS — Kopernik nomidagi xalqaro stipendiyani taqdim etadi.
Dastur Huquqshunoslik, Iqtisod, Siyosatshunоslik, Kompyuter fanlari, Tabiiy fanlar va Ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishida oʻqiydigan talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, 1 semestrlik oʻqish, amaliyot, stipendiya, bepul turarjoy va boshqa imtiyozlarni qamrab oladi.
Bundan tashqari, stipendiatlar shahar madaniy hayoti bilan yaqindan tanishish va butun dunyo talabalari bilan fikr almashish mkoniyatini qoʻlga kiritadilar.
Dasturga arizalar har yili 2 marta qabul qilinadi:
- 1-aрreldan bоshlanadigan bahоrgi semestr uchun: 1-sentyabrgacha;
- 1-оktyabrdan bоshlanadigan kuzgi semestr uchun: 1-martgacha.
Dastur xaritasi bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.