She Loves Tech 2024 — ayollar istiqbolini koʻzlaydigan texnologiyalar uchun dunyodagi eng katta akseleratsiya dasturi. $500,000gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati!

She Loves Tech 2024 — ayollar istiqbolini koʻzlaydigan texnologiyalar uchun dunyodagi eng katta akseleratsiya dasturi. $500,000gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati!

  • 20/05/2024 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Singapur Davlat
  • 15.07.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

She Loves Tech — ayollar va texnologiyalar uchun dunyodagi eng yirik startap tanlovi, jumladan, akseleratsiya dasturi, resurslarni moslashtirish va investorlar orqali mablagʻ jalb qilish uchun global pitch musobaqalarini oʻz ichiga oluvchi dasturdir. Dasturda dunyoning 70 dan ortiq mamlakatidan, barcha mintaqalaridan ayollar va qizlar qatnashib unutilmas taassurot va mustahkam bilimni egallash, oʻzlari kabi intiluvchan ayollar bilan tanishish va fikr almashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Dastur Accelerate Prosperity (Qirgʻiziston), shuningdek, Kite Accelerator (Moʻgʻuliston) kabi yetakchi biznes akseleratorlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. UEnter Oʻzbekistondagi hamkor sifatida ishtirok etmoqda.

She Loves Tech 2024 dasturi va musobaqasi quyidagi bosqichlardan iborat:

1. Skrining va tayyorlash (2024-yil aрrel-avgust):

Arizalar global skrining guruhi tomonidan baholanadi, yakuniy saralangan startaplar eksklyuziv oʻquv kursi va murabbiylik mashgʻulotlariga kirish huquqiga ega boʻladilar.

2. Saralash bоsqichi (2024-yil iyun-avgust:

Qisqa roʻyxatga kiritilgan startaplar oʻz bizneslarini tegishli bozorda mahalliy hakamlar hayʼati oldida taqdim etadilar. Eng yaxshi startaplar 10 ta mintaqaviy yarim finaldan biriga taklif qilinadi.

3. Mahalliy raundlar (2024-yil iyul-sentyabr):

Saralangan startaplar turli mamlakatlar va mintaqalarda oʻtkaziladigan oʻzlarining mahalliy bosqichlarida oʻz bizneslarini namoyish qilish uchun sahnaga chiqadilar. Har bir turning gʻolibi tanlovning global bosqichiga oʻtadi.

4. Bootcamp va Global final (2024-yil noyabr):

Finalchilar tengdoshlari bilan uchrashish va Osiyoning ayollar va texnologiyalar uchun global flagmani — She Loves Tech Global Competition musobaqasida qatnashish uchun Singapurga uchib ketishadi! Finalchilar oʻz bizneslarini sarmoyadorlar va korporatsiyalar auditoriyasi oldida namoyish qilish uchun sahnaga chiqishdan oldin salohiyatni oshirish boʻyicha seminarlar, qiziqarli panel munozaralari va turli tarmoq imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan bir haftalik lagerda qatnashadilar.

Tayyorgarlik dasturi va tanlov haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Tanlovda rivojlanishining ilk bosqichda boʻlgan startaplar:

  • $5 mln. dan koʻp boʻlmagan tashqi mablagʻ toʻplangan holda kamida minimal hayotiy mahsulot(MVP)ga ega boʻlgan;

Hamda quyidagi talablardan birini qoniqtiradigan startaplar ishtirok etishi mumkin:

  • Startap asoschisi ayol kishi boʻlgan;
  • Aksariyat foydalanuvchilari ayollar boʻlgan;
  • Aksariyat isteʼmolchilar ayollar boʻlgan;
  • Ayollarga ijobiy taʼsir etadigan texnologiyalar.

Hakamlar startaplarning bozor imkoniyatlari, kengayish va oʻsish potensiali, innovatsiya va ijodkorlik, asoschi va jamoaning kalibrlarini koʻrib chiqqan holda saralaydilar.

Tanlov talablari haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Singapur poytaxtiga sayohat qilish imkoniyati;
  • $20 mingdan $500 minggacha moliyaviy koʻmak jalb qilish;
  • She Loves Tech jahon konferensiyasiga bepul kirish All-Access imkoniyatini qoʻlga kiritish
  • Agar ishtirokchi saralashdan muvaffaqiyatli oʻtsa, tashkilotchilar yakuniy tanlovga tayyorgarlik koʻrish uchun murabbiylik va/yoki seminarlar oʻtkazish orqali yaqindan koʻmak beradi;
  • Global finalda ishtirokchiga murabbiylik, trening va texnologiya hamjamiyatidagi eng yaxshi investorlar va taʼsir oʻtkazuvchilar tarmogʻiga kirishni taʼminlash uchun maxsus tuzilgan bir haftalik bootcampda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Oʻtgan yillardagi startaplar dunyoning eng yirik investorlari, jumladan Sequoia Capital, Vertex Ventures, Wavemaker, Microsoft va Amazondan jami $300 000 000 dan ortiq mablagʻ yigʻgan.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun rasmiy sayt orqali roʻyxatdan oʻtib, onlayn ariza formasini toʻldirish lozim.

Onlayn ariza quyidagi boʻlimlardan iborat:

  • Bogʻlanish uchun aloqa maʼlumotlari;
  • Kompaniya haqida umumiy maʼlumot;
  • Taʼsischi/asoschi profili;
  • Bozor va gender obyektiv koʻrsatkichi;
  • Moliyaviy hujjatlar va mablagʻ yigʻish
  • Boshqa maʼlumotlar.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Tanlov haqida tez-tez soʻraladigan savollar boʻlimi - FAQs.

Murojaat uchun: info@shelovestech.org.

Singapur
She Loves Tech 2024 — ayollar istiqbolini koʻzlaydigan texnologiyalar uchun dunyodagi eng katta akseleratsiya dasturi. $500,000gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati!

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar