Germaniyada 1 semestr davomida xarajatlari toʻliq qoplangan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi xalqaro almashinuv dasturi — International Excellence Scholarship Program (IES)
Germaniya Germaniya
30 Iyn, 2026 · 3 kun qoldi

Germaniyada 1 semestr davomida xarajatlari toʻliq qoplangan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi xalqaro almashinuv dasturi — International Excellence Scholarship Program (IES)

Almashinuv (Maktab) Almashinuv dasturi To'liq moliyalash

Tavsif

Copernicus Berlin International Excellence Scholarship Program (IES) - Germaniyaning nufuzli universitetlaridan birida bir semestr(6 oy) oʻqish imkonini beruvchi, xarajatlari toʻliq qoplanadigan xalqaro almashinuv dasturi.

Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo (jumladan Oʻzbekiston) davlatlaridan boʻlgan istalgan yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichi talabalaridan arizalar qabul qilinadi. Dastur talabalarga Germaniyadagi 4ta universitetlardan birida (HU Berlin, FU Berlin, HWR Berlin, University of Potsdam) oʻz sohasi boʻyicha bilimlarini chuqurlashtirish va nazariy bilimlarni 8 haftalik amaliyotlar (internship) orqali qoʻllash imkoniyatini beradi.

6 oy davomida talabalar nemis tilida soʻzlashadigan mezbon oilada yashash orqali, shuningdek madaniy tadbirlar va ijtimoiy uchrashuvlar yordamida nemis madaniyati bilan yaqindan tanishadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlaridan birida talaba sifatida oʻqiyotgan boʻlishi kerak (jumladan, Oʻzbekiston);

  • Stipendiya taqdim etiladigan vaqtda 28 yoshdan kichik va bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichi talabasi boʻlishi lozim;

  • Nemis tilini bilish darajasi kamida B1 va/yoki ingliz tilini bilish darajasi kamida B1 darajada boʻlishi kerak;

  • Darsdan tashqari mashgʻulotlar bilan shugʻullanadigan boʻlishi lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

IES dasturi doirasida, Copernicus Berlin toʻliq va qisman stipendiyalarni taklif etadi. Taqdim etiladigan stipendiya umumiy miqdorda taxminan €12,590 ni tashkil etadi.

1) Toʻliq grant dastur ishtirokchilarining quyidagi xarajatlarini qoplaydi:

  • Bir martalik kutib olish mablagʻi;

  • Oylik choʻntak puli beriladi;

  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi;

  • Bepul turar-joy bilan taʼminlanadi;

  • Roʻyxatdan oʻtish, javobgarlik sugʻurtasi, taʼlim sayohatlari, tadbirlar, til kurslari uchun toʻlovlar toʻgʻridan-toʻgʻri Copernicus Berlin tomonidan toʻlanadi.

2) Qisman Рlus grant dastur ishtirokchilarining safar va tibbiy sug'urta xarajatlaridan tashqari yuqоridagi barcha xarajatlarni qорlab beradi;

3) Qisman grant safar, tibbiy sug'urta va turarjoy xarajatlaridan tashqari barcha xarajatlarni qорlaydi.

Topshirish jarayoni

Grant uchun kerakli hujjat:

  1. CV (ingliz yoki nemis tilida). CV xronologik tartibda boʻlishi kerak. Shuningdek, CVda nomzodning fotosurati boʻlishi lozim.

Qabul qiluvchi universitet so’rashi mumkin bo’lgan hujjatlar:

  1. Maktab attestati/kollej yoki litsey diplomi nusxasi.

  2. Universitetdagi baholar(transkript). Faqat 1-kursning 1-semestrida oʻqiyotgan talabalar universitetda oʻqishi haqidagi maʼlumotnomani taqdim etishi mumkin

  3. Universitet baholarining ingliz yoki nemis tilidagi tarjimasi.

Eslatma: Ingliz va nemis tillarini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi. Nomzodning qanchalik tilni yaxshi bilishi intervyu vaqtida aniqlanadi.

Hujjat topshirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:

  1. Rasmiy sayt orqali onlayn ariza shakli toʻldiriladi.

  2. 1-bosqichdan oʻtgan nomzodlarga maxsus vazifa beriladi.

  3. Intervyu. 2-bosqichdan oʻtgan nomzodlar onlayn tarzda intervyu qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Max: 28

  • Imkoniyat turi

    Almashinuv dasturi

  • Daraja

    Almashinuv (Maktab)

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Format

    Offlayn

  • Davomiylik

    Kengaytirilgan (3-9 oy)

  • Ariza to'lovi

    Yo'q

Germaniya Germaniyada 1 semestr davomida xarajatlari toʻliq qoplangan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi xalqaro almashinuv dasturi — International Excellence Scholarship Program (IES)
30 Iyn, 2026
3 kun qoldi
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.