Barcha 16-35 yosh oraligʻidagilar uchun Malayziyada xarajatlari qoplanadigan xalqaro sammit — Universal Youth Leadership Summit 2024

Barcha 16-35 yosh oraligʻidagilar uchun Malayziyada xarajatlari qoplanadigan xalqaro sammit — Universal Youth Leadership Summit 2024

  • 25/07/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Malayziya Davlat
  • 23.08.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    16 yoshdan 35 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Universal Youth Movement (Umumjahon yoshlar harakati) hamjamiyati boʻlajak yetakchi yoshlarni kashf qilishga qaratilgan Universal Youth Leadership Summit 2024 dasturini taqdim etadi.

Sammit 2024-yil 21-noyabrdan 23-noyabrgacha Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida oʻtkaziladi.

Dasturda jami 100 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan:

  • 10 nafar — toʻliq moliyalashtiriladi;
  • 15 nafar — qisman moliyalashtiriladi;
  • 75 nafar — ishtirokchilarni oʻzi tomonidan moliyalashtiriladi.

Sammit ishtirokchilarda vatanparvarlik tuygʻusi asosida jamiyatga qanday foyda keltirish yoʻllarini oʻrgatadi, shuningdek, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish uchun dolzarb mavzularda tadbirlar oʻtkazadi. Sammitda butun dunyo boʻylab yosh liderlar oʻz jamiyatlarida yoshlarni himoya qilish, shuningdek, ularning imkoniyatlarini kengaytirish strategiyalarini muhokama qilish va almashish uchun yigʻiladi.

Sammitda quyidagi mavzular oʻrganiladi:

  • Universal Education;
  • Youth Governance;
  • Mental Health and Well-Being.

Dasturni tashkil qilishdan asosiy maqsad liderlik qobiliyatiga ega yoshlarni jalb qilish va ularga global muammolarni chuqurroq tushuntirishga qaratilgan. Sammit doirasida tashkil qilinadigan tadbirlar orqali yoshlarda nutq, munozara va yozish koʻnikmalarini hamda tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash oʻrgatiladi. Ishtirokchilar ushbu sammit orqali jamiyatdagi xilma xillik, diplomatik koʻnikmalar va global muammolar haqida bilimga ega boʻladilar.

Maʼlumot uchun: Universal Youth Movement (Umumjahon yoshlar harakati) — yuksak maʼnaviy-axloqiy tamoyillarni singdirish va shaxsiy halollik tuygʻusini shakllantirish orqali boʻlajak yetakchilarni yetishtirishni maqsad qilgan, yoshlarning oʻsib-ulgʻayishiga yordam berish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadigan jamoadir. Shunday qilib, ushbu hamjamiyat yosh avlodda vatanparvarlik va qadriyatlarga hurmatni oshiradigan hamda ularda xalqaro madaniyatni tarbiyalashga urgʻu beradigan taʼlimga asoslangan.

 Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • 16 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan qiziquvchan, gʻayratli talaba va yosh mutaxassislar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Ijtimoiy sohada tajriba va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlarga ustunlik beriladi.

Foydali tomonlari

Toʻliq moliyalashtiriladigan ishtirokchilar quyidagilarga ega:

  • Bir tomonlama havo qatnovi xarajatlari qoplanadi;
  • Viza uchun yordam; 
  • Bepul ovqatlanish va turarjoy bilan taʼminlanadi;
  • Dastur oxirida sertifikat beriladi;
  • Ishtirokchilar uchun tayyorlangan maxsus sammit toʻplami taqdim qilinadi;
  • Qatnashchilar aeroportdan kutib olish va ularni belgilangan manzilga yetkazish xizmati bilan taʼminlanadi;
  • Turli mukofotlarni yutib olish va tadbirlarda qatnashish imkoniyati.

Qisman moliyalashtiriladigan ishtirokchilar quyidagilarga ega:

  • Bepul ovqatlanish va turarjoy bilan taʼminlanadi;
  • Viza uchun yordam;
  • Dastur oxirida sertifikat beriladi;
  • Ishtirokchilar uchun tayyorlangan maxsus sammit toʻplami taqdim qilinadi;
  • Qatnashchilar aeroportdan kutib olish va ularni belgilangan manzilga yetkazish xizmati bilan taʼminlanadi;
  • Turli mukofotlarni yutib olish va tadbirlarda qatnashish imkoniyati.

Ishtirokchilarni oʻzi tomonidan moliyalashtiriladiganda 299 AQSH dollari toʻlovni amalga oshiradi va quyidagilarga ega boʻladi:

  • Ovqatlanish va turarjoy bilan taʼminlanadi;
  • Viza uchun yordam;
  • Dastur oxirida sertifikat beriladi;
  • Ishtirokchilar uchun tayyorlangan maxsus sammit toʻplami taqdim qilinadi;
  • Qatnashchilar aeroportdan kutib olish va ularni belgilangan manzilga yetkazish xizmati bilan taʼminlanadi;
  • Turli mukofotlarni yutib olish va tadbirlarda qatnashish imkoniyati.

Eslatma: Sammit tashkilotchisi viza jarayonini osonlashtirish uchun tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Eslatma: Ariza topshirish uchun $19 toʻlov qilish kerak. 
 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim sanalar:

  • Dasturga qabulning oxirgi muddati: 2024-yil 23-avgust;
  • Natijalar eʼlon qilinadi: 2024-yil 20-sentyabr;
  • Yakuniy tasdiqlashdan oʻtgan nomzodlar roʻyxati eʼlon qilish muddati: 2024-yil 20-oktabrgacha.
Malayziya
Barcha 16-35 yosh oraligʻidagilar uchun Malayziyada xarajatlari qoplanadigan xalqaro sammit — Universal Youth Leadership Summit 2024

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar