ICYF International Young Volunteers Camp 2026 — Turkiyada xarajatlari qoplanadigan Xalqaro yosh volontyorlar oromgohi
Turkiya Turkiya
14 Fev, 2026 · Muddat tugagan

ICYF International Young Volunteers Camp 2026 — Turkiyada xarajatlari qoplanadigan Xalqaro yosh volontyorlar oromgohi

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Islom hamkorlik yoshlar forumi Turkiya Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi bilan hamkorlikda hozirda davom etayotgan gumanitar falokatlar haqida xabardorlikni oshirish, ushbu muammolarga samarali javob berish va tiklanish jarayoniga faol hissa qoʻshish maqsadidagi yoshlar uchun Xalqaro yosh volontyorlar lagerini tashkil qilmoqda. 

Dastur 2026-yil 3-apreldan 15-aprelgacha Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi:

  • Erkaklar uchun — 3-apreldan 8-aprelgacha;
  • Ayollar uchun — 10-apreldan 15-aprelgacha.

Dastur quyidagi aniq maqsadlarga erishishni rejalashtirgan:

  • Yosh volontyorlarning gumanitar falokat va tabiiy ofatlardan xabardorligini oshirish;
  • Favqulodda vaziyatlar va ofatlarga qarshi zaruriy tayyorgarlik koʻrish va kerakli javob berish koʻnikmalari hosil qilish;
  • Tabiiy ofatlarni boshqarish va falokatdan keyingi tiklanish uchun interfaol texnika hamda taʼlim usullaridan foydalangan holda bilim va koʻnikmalarini oshirish;
  • Volontyorlik orqali yoshlarni global tinchlik va barqaror taraqqiyotga jalb qilish;
  • Turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda interfaol treninglar va amaliy seminarlar oʻtkazish orqali yosh volontyorlarning salohiyatini oshirish;
  • Tabiiy ofatlarni tiklash bosqichida mutaxassislar rahbarligida psixologik va ijtimoiy yordam koʻrsatish koʻnikmalarini rivojlantirish.

Maʼlumot uchun: Volontyorlik yoshlarning jamiyatga ijobiy taʼsir koʻrsatish boʻyicha samarali amaliy harakatlaridan biridir. Gumanitar falokat esa tabiiy ofatlar, inson omili sabab boʻlgan falokatlar yoki murakkab favqulodda vaziyatlar boʻlishi mumkin. Bunday holatlar odamlarning katta guruhiga oziq-ovqat, toza suv yoki xavfsiz boshpana kabi asosiy ehtiyojlaridan foydalanishga toʻsqinlik qiladigan bir necha omillar yoki hodisalar natijasida yuzaga keladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat fuqarolari yoki ushbu tashkilotga aʼzo boʻlmagan davlatdagi musulmonlar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi);
  • Nomzodlar tabiiy ofatlar va gumanitar falokatlar sabab yuzaga kelgan mahalliy va global muammolarini tushunishi lozim;
  • Volontyorlik tajribasi va yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlish kerak;
  • Jamoa bilan ishlash qobiliyati talab qilinadi;
  • Lagerdagi oʻquv dasturida toʻliq qatnashish uchun masʼuliyatli boʻlish lozim.

Eslatma: Tanlov komissiyasi arizalarni muvofiqlik talablari asosida baholaydi. Agar komissiya qoʻshimcha maʼlumot olishni xohlasa, tanlovning oxirgi bosqichi sifatida onlayn suhbat qilishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul ishtirok etish mumkin;
  • Turkiyada istiqomat qilayotgan ishtirokchilar uchun ichki transport xarajatlari qoplanadi (maksimal 3,500 turk lirasigacha);
  • Dasturda toʻliq qatnashgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi;
  • Turarjoy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
  • Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi (Istanbul aeroporti/Istanbul avtovokzalidan lager hududigacha va lager hududidan Istanbul aeroporti/Istanbul avtovokzaligacha);
  • Tashkilotchilar viza arizasi uchun zarur boʻladigan nomzodning dasturda ishtirok etishini tasdiqlovchi xat taqdim etadi. Biroq ishtirokchilar viza xarajatlarini oʻzlari qoplashi kerak.

Eslatma: xalqaro safar xarajatlari to’liq qoplab berilmaydi, ammo tashkilotchilar $250 gacha mablag’ ajratishi mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Natijalar faqat saralangan nomzodlarga elektron pochta orqali yuboriladi;
  • Oxirgi muddat: 15-fevral, 2026-yil;
  • Email: youthcamp@icyforum.org

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Atrof-muhit va Geologiya fanlari

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Turkiya ICYF International Young Volunteers Camp 2026 — Turkiyada xarajatlari qoplanadigan Xalqaro yosh volontyorlar oromgohi
14 Fev, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.