AQSHdagi oʻqish bepul boʻlgan va yashash xarajatlarini qoplab beruvchi Berea Kollejida bakalavr bosqichini oʻqish imkoniyati

AQSHdagi oʻqish bepul boʻlgan va yashash xarajatlarini qoplab beruvchi Berea Kollejida bakalavr bosqichini oʻqish imkoniyati

  • 10/08/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 31.12.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan
  • IELTS talabi
    minimum 6

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

AQSHdagi mashhur Berea kolleji 2025-yilning kuzidan boshlab oʻqish istagida boʻlgan barcha talabalarni irqi, yoshi, jinsi va millatidan qatʼi nazar, 100%grant asosida oʻqishga chorlaydi.
Talabalar deyarli barcha yoʻnalishlar boʻyicha ariza topshirishlari mumkin. Grant 4 yillik oʻquv davrining birinchi yilida toʻliq taqdim etilgani uchun, talabalarga taʼtil vaqtida qonunan ishlashga hamda oʻrtacha $2000 va undan yuqori miqdorda mablagʻ yigʻishga imkon beriladi.
Oʻqish davrida talabalar eng soʻnggi bilimlarni oʻzlashtiribgina qolmay, kerakli oʻquv jihozlari bilan ham taʼminlanadilar. Shuningdek, kollej moliyalashtirilgan amaliyot va chet elda oʻqish imkoniyati hamda bitiruvdan keyingi muvaffaqiyatlarni taʼminlash uchun zarur yordamni taqdim etadi.
Har yili dunyoning 70 dan ortiq davlat fuqarolari kollejda oʻqish uchun ariza topshiradilar va 30 ta eng kuchli nomzodga Berea kollejining xalqaro talabasi boʻlish nasib qiladi.

Maqbullik shartlari

  1. Jinsi, irqi, yoshi va millatidan qatʼi nazar, barcha dasturga ariza topshirishi mumkin.
  2. Moliyaviy yordam olish uchun belgilangan talablarga javob berishi lozim (moliyaviy yordam dasturiga mos kelish-kelmaslikni aniqlash uchun tezkor baholagichdan foydalanish mumkin).
  3. Baholari (GPA 3.50+) yoki ACT/SAT natijasi yuqori boʻlgani maʼqul.
  4. Grant ajratilishi uchun nomzod tanlagan yoʻnalishi talablariga mos kelishi hamda qabul qilinishi kerak.
  5. Ingliz tilini yetarli darajada yaxshi bilishi kerak (ESL dasturi mavjud emas. IELTS minimum 6 yoki shunga teng sertifikatlar soʻraladi).

Talablar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Talaba sifatida qabul qilingan xalqaro nomzodlarga 100% grant va yashash xarajatlari qoplab beriladi;
  • Keyingi yildan boshlab yashash xarajatlarini qoplashlari uchun talabalarga ishlashga (summer jobs) ruxsat beriladi (haftasiga 15-20 soat ishlab yiliga $2,000dan koʻproq jamgʻarish);
  • Birinchi oʻquv yilidanoq talabalar bepul noutbuklar bilan taʼminlanadilar (batafsil katalogdagi Systems & Services section boʻlimida oʻqing);
  • Moliyaviy yordam asosida qabul qilingan nomzodlar oʻquv muddati davomida talabalar tomonidan toʻlanadigan majburiy xarajatlarning katta qismidan ozod qilinadilar.

Hujjat topshirish

Arizachilar quyidagi tartibda hujjat topshirishlari lozim:

  1. Online ariza (MyCoalition boʻlimiga oʻtib, profil ochish shart).
  2. Shaxsiy insho (Personal Essay).
  3. Oʻrta taʼlim (maktab/litsey)dan olingan rasmiy attestat (oʻqish fanlari va baholari qamrab olingan hujjat) nusxasi va arizasi (ingliz tiliga tarjima qilinishi kerak).
  4. Asosiy fan (masalan: matematika, ingliz tili va b.) oʻqituvchisidan olingan tavsiyanoma (ingliz tilida topshirilishi shart).
  5. Moliyaviy taʼminot resurslari tasdiqlangan bitta ariza (ingliz tilida topshirilishi shart).
  6. TOEFL, IELTS, ACT, SAT yoki Duolingo imtihonlaridan kamida bittasining ballari toʻgʻrisidagi hisobotlarning nusxasi (minimal talablar bu yerda).

Muhim:

  • Ilgari ham Berea Kollejiga ariza berganlar yangidan ariza shaklini toʻldirishlari va hujjatlarni yangidan taqdim etishlari lozim;
  • Agar kollejga kirishdan oldin nomzod oliy taʼlimni bitirgan boʻlsa, uning ham rasmiy hujjatlarini taqdim qilishi lozim.

Hujjatlarga qoʻyilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishing.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Xalqaro talabalar 31-dekabrga qadar hujjat tорshirishlari kerak;
  • Arizaning yakuniy xulosa xabarnomasi martda (2024-yil) e’lon qilinadi;
  • Depositni qo‘yish uchun oxirgi muddat - 2024-yil, 1-may ($2,200 miqdorda).

Ariza beruvchini saralashda ko‘plab omillar hisobga olinadi:

- To‘g‘ri to‘ldirilgan ariza, rasmiy akademik hujjatlar, test ballari va nomzodning moliyaviy imkoniyati;

- Shuningdek, tavsiyanomalar/sertifikatlar, darsdan tashqari mashg‘ulotlardagi faollik (masalan, musiqa ansambllari, yengil atletika, teatr; jamoat ishlari), xarakter va shaxsiy fazilatlar, ijtimoiy yetuklik darajasi va kollejga bo‘lgan qiziqish ham inobatga olinadi.
Erta qabul uchun yuborilgan arizalar saralashda ustunlik berishi mumkin. 

Qoʻshimcha maʼlumot va savollarga javobni:

AQSh
AQSHdagi oʻqish bepul boʻlgan va yashash xarajatlarini qoplab beruvchi Berea Kollejida bakalavr bosqichini oʻqish imkoniyati

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar