AQShda huquq sohasida tahsil olish uchun Scholarships for International Leaders granti
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
31 Okt, 2025 · Muddat tugagan

AQShda huquq sohasida tahsil olish uchun Scholarships for International Leaders granti

Magistratura +1 To‘liq taʼlim Qisman moliyalash

Tavsif

AQShning Widener Universiteti Delaware Law Schooli Masters of Law (LLM), Doctor of Juridical Science (SJD) yoki Master of Jurisprudence (MJ) yoʻnalishlarida tahsil olishni istagan talabalar uchun SCHOLARSHIP FOR INTERNATIONAL LEADERS granti eʼlon qilinadi.

Grant talabalarning akademik koʻrsatkichi hamda moliyaviy ehtiyojiga tayangan holda taqdim etiladi. Nomzodlar xalqaro munosabatlar, biznes va boshqa huquqiy masalalarga qiziqishlari yuqori boʻlishi soʻraladi. Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi. 

Dastur haqida ushbu havola orqali to'liq ma'lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi umumiy talablar mavjud:

  • Nomzodlar AQSh fuqarosi boʻlmasligi lozim;
  • Ishtirokchilar grant uchun ariza topshirishdan avval MJ (Master of Jurisprudence), LLM (Masters of Law) yoki MJ (Master of Jurisprudence) dasturlaridan biriga ariza hamda kerakli hujjatlarni toʻliq topshirishlari kerak boʻladi;
  • AQShda oʻqish uchun ishtiyoqi baland boʻlishi va oʻz davlatidagi jamoat ishlari, volontyorlik va yetakchilik bilan faol shugʻullangan boʻlishi lozim;
  • Mukammal darajada ogʻzaki va yozma til koʻnikmalarida ega boʻlishi kerak. Til koʻnikmasi onlayn intervyu va yozma insho orqali tekshiriladi.

Ushbu grantda MJ, LLM va MJ dasturlaridan birida tahsil olish mumkin. Yuqoridagi talablardan tashqari, aytilgan har bir yoʻnalish uchun maxsus talablar mavjud:

  • MJ (Master of Jurisprudence) dasturi uchun:

-Nomzod AQSh yoki boshqa davlatda bakalavr darajasini tugatgan boʻlishi kerak. Ammo bakalavr darajasi huquq sohasida boʻlishi shart emas;

-Bakalavr diplomidagi baholari 4 ballik tizimda (GPA) kamida 3ga teng boʻlishi lozim. (100 ballik tizimda 75 ballga toʻgʻri keladi);

-TOEFL 83 yoki IELTS 6.5 sertifikati talab etiladi;

  • LLM (Masters of Law) dasturi uchun:

-Nomzod AQSh yoki boshqa davlatda bakalavr darajasini tugatgan boʻlishi kerak. Ushbu dastur uchun bakalavrni huquq sohasida tugatish talab qilinadi;

-Bakalavr diplomidagi baholari 4 ballik tizimda (GPA) kamida 3ga teng boʻlishi lozim. (100 ballik tizimda 75 ballga toʻgʻri keladi);

-TOEFL 83 yoki IELTS 6.5 sertifikati talab etiladi;

  • SJD (Doctor of Juridical Science) dasturi uchun:

-Nomzod AQSh yoki boshqa davlatda huquq sohasida magistr bosqichini tamomlagan boʻlishi kerak;

-Bakalavr diplomidagi baholari 4 ballik tizimda (GPA) kamida 3,3ga teng boʻlishi lozim. (100 ballik tizimda 82,5 ballga toʻgʻri keladi);

-TOEFL 94 yoki IELTS 7 sertifikati talab etiladi;

Grant haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi.

Eslatma! Dastur turar joy, oʻqishga qatnash, darsliklar va boshqa xarajatlarni oʻz zimmasiga olmaydi. Nomzodlardan oʻqish uchun yetadigan mablagʻ bilan kelishlari soʻraladi. LLM va SJD talabalariga kundalik xarajatlar uchun har bir akademik oʻquv yiliga $50,000 bilan kelish maslahat beriladi.

Dasturning foydali tomonlari haqida rasmiy havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda koʻrsatilgan uch xil yoʻnalishlardan biri tanlab, oʻquv yoʻnalishi va grant uchun alohida-alohida ariza topshiriladi. Har bir yoʻnalish uchun yiliga 3 marta arizalar qabul qilinadi. Har bir semestr uchun ariza topshirishning soʻnggi muhlatlari quyidagicha:

  • MJ (Master of Jurisprudence) dasturi uchun:

-Yozgi semestrda oʻqish uchun — 1-may;

-Kuzgi semestr uchun 1-avgust;

-Bahorgi semestr uchun- 15-dekabr;

  • LLM (Masters of Law) dasturi uchun:

-Yozgi semestrda oʻqish uchun — 1-mart;

-Kuzgi semestr uchun 1-may;

-Bahorgi semestr uchun- 1-noyabr;

  • SJD (Doctor of Juridical Science) dasturi uchun:

-Yozgi semestrda oʻqish uchun — 1-mart;

-Kuzgi semestr uchun 1-may;

-Bahorgi semestr uchun- 1-oktyabr;

Dasturdagi yoʻnalishlarga ariza topshirish uchun 60 AQSh dollari miqdoridagi toʻlov qilish talab qilinadi. 5-fevralgacha toshirganlar uchun ariza toрshirish to'lovi talab etilmaydi. 

Grant uchun arizani ushbu havola orqali toʻldirish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Grant LLM (Masters of Law) va MJ (Master of Jurisprudence) onlayn dasturlari uchun taqdim etilmaydi.

Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni ushbu havola orqali topish ham mumkin.

Oʻqish xarajatlari va boshqa moliyaviy masalalar haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    Magistratura, PhD

  • Soha

    Huquqshunoslik va qonunchilik

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

AQSh AQShda huquq sohasida tahsil olish uchun Scholarships for International Leaders granti
31 Okt, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.