Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilindi. Mazkur tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliya va axborot texnologiyalari yoʼnalishlari boʼyicha bakalavriat (kunduzgi oʼqish shakli) soʼnggi bosqichida hamda magistratura yoʼnalishlarida taʼlim olayotgan talabalar tanlov asosida ishtirok etishlari mumkin.
Stipendiyani qoʻlga kiritgan nomzodlarga respublika hududida oʻrnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda stipendiya belgilanadi. Markaziy bankning tegishli tarkibiy boʼlinmalarida har kunlik (kuniga 3 soatgacha, haftada koʼpi bilan 15 soatdan oshmagan holda) amaliy malaka oʼtaydilar.
Dasturga ariza topshirishning soʻnggi muddati — 2024-yil 13-sentabr.