Talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun Armanistonda xarajatlari toʻliq qoplanadigan yozgi maktab — YES Summer School

Talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun Armanistonda xarajatlari toʻliq qoplanadigan yozgi maktab — YES Summer School

  • 15/05/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Gruziya Davlat
  • 31/05/2024 01:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Armanistonda joylashgan Yerevan Iqtisodiyot Maktabi (Yerevan Economic School) tomonidan iqtisod va moliya boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan YES Summer School yozgi maktabi tashkil qilinmoqda.

Yozgi maktabda quyidagi soha mutaxassislaridan taʼlim olish mumkin:

  • VLADIMIR ASRIYAN, CREI – Macrofinance;
  • RUBEN ENIKOLOPOV, Universitat Pompeu Fabra – Applied Econometrics;
  • KATE KOPPY, New Economic School, Yerevan Economic School – Academic Communication;
  • MATTIAS POLBORN, Vanderbilt University – Microeconomics;
  • GERHARD TOEWS, New Economic School, University of Stavanger – Energy Economics;
  • VICTORIA VANASCO, CREI – Macrofinance.

Dastur Armanistonning Dilijon shahrida 2024-yil 8-iyuldan 12-iyulgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olishingiz mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda magistratura va PhD talabalari, karyerasining dastlabki bosqichidagi yosh tadqiqotchi hamda professorlar qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar iqtisod va moliya yoʻnalishida tadqiqot olib borayotgan boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi).

Eslatma: Ishtirokchilar dasturda boshidan oxirigacha toʻliq ishtirok etishlari talab qilinadi.

Foydali tomonlari

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Turarjoy, ovqatlanish va mahalliy transport bilan taʼminlanadi;
  • Armanistonga safar xarajatlari uchun grant beriladi (cheklangan miqdorda);
  • Turli intensiv kurs va seminarlar tashkil qilinadi;
  • Ishtirokchilar oʻz tadqiqot ishlarini sohadagi taniqli olimlar bilan muhokama qilishlari mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ariza shaklini toʻldirib yes.summerschool2024@gmail.com elektron pochta manziliga yuborishi kerak.

Ariza topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Nomzod oʻqiyotgan taʼlim muassasasi;
  • Tadqiqot ishi mavzusi;
  • Tadqiqot ishining yakunlanish sanasi;
  • CV (maksimal 4 bet).

Eslatma: Ishtirokchilar tanlov komissiyasi tomonidan ariza shakllariga kiritilgan maʼlumotlar asosida saralanadi. Shuning uchun maʼlumotlar toʻliq va aniqligiga ishonch hosil qilish kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 31-may, 2024-yil (01:00);
  • Natijalar haqida ishtirokchilarga 2024-yil 7-iyuniga qadar elektron pochta orqali xabar qilinadi;
  • Email: yes.summerschool2024@gmail.com.
Gruziya
Talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun Armanistonda xarajatlari toʻliq qoplanadigan yozgi maktab — YES Summer School

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar